mexanik
harakat deyiladi. Jismlarning mexanik harakatini o’rganganda ko’pincha ularning
shakllari va o’lchamlarini hisobga olmasa ham bo’ladigan hollar uchraydi. Bunday
sharoitlarda jismni
moddiy nuqta deb qarash mumkin. Masalan, bir bola uyidan
maktabgacha ma’lum masofa bosib o’tsa, bolaning harakatini o’rganganda uni moddiy
nuqta deb qarash masalani osonlashtiradi. Lekin shu bola qo’l va oyoqlarini qimirlatib
gimnastika bilan shug’ullansa, uni endi moddiy nuqta deb qarash mumkin
bo’lmaydi. Xuddi shunday yerning Quyosh atrofida aylanishini o’rganganda yerni
moddiy nuqta deb qarash mumkin, lekin yerni o’z o’qi atrofida sutkalik aylanishini
ko’rganda yerni moddiy nuqta deb qarash mumkin emas. Demak, moddiy nuqta deb
ko’rilayotgan masalada shakli va o’lchamlarini hisobga olmaslik mumkin bo’lgan jismga
aytiladi.
Jismning vaziyatini yoki harakatini har doim boshqa jismga nisbatan ko’riladi, shu
sababli oxirgi jismni sanoq jismi deyiladi. Fizikada sanoq sistemasi
sifatida
Do'stlaringiz bilan baham: |