1. Экология фани, унинг предмети ва вазифалари Ekоlоgiya grеkchа so‘z bo‘lib, «oikos» uy, yashаsh jоyi, «logos» fаn dеmаkdir. «ekоlоgiya»


Чанг одам организмига қандай таъсир қилади?


Download 177.19 Kb.
bet7/14
Sana16.06.2023
Hajmi177.19 Kb.
#1496433
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Ekologiyaaa



10. Чанг одам организмига қандай таъсир қилади?

Chang — har qanday modda va jismlarning havoda muallaq holatda turadigan qattiq mayda zarrachalaridir.


Qattiq moddaning havoda muallaq holatda bo‘laoladigan eng mayda zarrachalari chang aerozollari deb ataladi.
Changlar hosil bo‘lishiga ko‘ra organik va noorganik tarkibga ega bo‘ladi. Organik changlar jumlasiga o‘simlik changi, yog‘och changi va boshqalar kiradi. Anorganik chang jumlasiga mineral chang (kvars, azbest changi) havodagi metal changi (cho‘yan, alyuminiy v.x.) kiradi. Changlarning fizik va kimyoviy xossalari ularning dispersligi, zarrachaning shakli, erish-qobiliyati hamda kimyoviy tarkibiga bog‘liq.
Changlarning havoda muallaq holatda bo‘lish davomiyligi, nafas olish organlariga kirib borish chuqurligi, fizik kimyoviy aktivligi va boshqa xossalari chang zarrachalarining o‘lchamlariga bog‘liq. Chang asosan nafas olish yo‘llariga zararli ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni ular yuqori nafas organlari hamda o’pkani kasallantiradi, shuningdek teri va ko’zga ta’sir qiladi. Portlatish, tuproq qazish, ortish-tushurish va boshqa ishlarni bajarayotganda chang hosil bo‘ladi.
Chang odam organizmga ta'siri bo'yicha quyidagicha tasniflanadi: 
1) fibrogen
2) zaharli
3) allergenli 
4) kantserrogen
5) qichituvchi
6) ionlantiruvchi 
Dispersligi (o'lchamlari) bo'yicha: 
1. ko'rinadigan chang - kattaligi 10 mkm dan yuqori
2. mikroskopik chang - o'lchami 10 dan 0,25 mkm gacha; 
3. submikroskopik chang - kattaligi 0,25 mkm dan kichik changlar.
Changlarning dispersligi ularning havodagi turg'unligi, nafas yo'llariga kirish va qancha chuqurlikka kirib borish imkoniyatini belgilaydi. Changlarning o'lchami qancha kichik bo'lsa, ular nafas yo'llariga shuncha chuqur kirib boradi, o'pkada shuncha ko'p ushlanib qoladi va fibrogenlik hususiyatini oshiradi. Nafas olganda alveolalarga asosan 5 mkm gacha kattalikdagi zarrachalari kiradi. Fibrogenlik hususiyati bo'yicha 1-2 mkm bo'lgan changlar juda havfli hisoblanadi.
Changning ko'rish organlariga ta'sir qilishi, yallig'lanishni (kon'yunktivit), professional kataraktani keltirib chiqarishi va ko'zning shilliq qavati va shox pardasiga kuchli sezuvchanlik ta'sirini ko'rsatishi mumkin. Terining ifloslanishi, har xil tarkibdagi chang har xil turdagi dermatit va ekzemalarni keltirib chiqaradi. 
Changning organizmga ta'sirining har xil ko'rinishda bo'lishini ularning kimyoviy tarkibi belgilaydi. Changning asosiy ta'siri eng avvalo nafas olganda vujudga keladi. Changli havo bilan nafas olish asosan nafas organlarining zararlanishi: bronxit, pnevmokonioz yoki umumiy zararlanish rivojlanishini vujudga keltirishi mumkin. Ba'zi bir changlar qo'shimcha kasalliklarni keltirib chiqarishi xususiyatiga ega. Bularga yuqori nafas yo'llari, ko'zning shilliq qavati, teri qoplami kasalliklari kiradi. Changning o'pka yo'liga kirishi pnevmoniya, sil, o'pka rakining kelib chiqishiga sharoit yaratishi mumkin. Nafas olish tizimini himoya qilish uchun changga qarshi respiratorlar qo'llaniladi. Himoya ko'zoynaklari ko'zlarni chang zarralari ta'siridan himoya qilish uchun ishlatiladi. 



Download 177.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling