1. Экология фани, унинг предмети ва вазифалари Ekоlоgiya grеkchа so‘z bo‘lib, «oikos» uy, yashаsh jоyi, «logos» fаn dеmаkdir. «ekоlоgiya»


Табиат муҳофазаси борасида Ўзбекистон Республикаси қонунчилиги


Download 177.19 Kb.
bet2/14
Sana16.06.2023
Hajmi177.19 Kb.
#1496433
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Ekologiyaaa

2. Табиат муҳофазаси борасида Ўзбекистон Республикаси қонунчилиги
50-modda. Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar. 54-modda. Mulkdor mulkiga o'z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar etkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart. 55-modda. Yer, er osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir. 100-modda. Mahalliy hokimiyat organlari ixtiyoriga quyidagilar kiradi: mahalliy kommunal xo‘jalikka rahbarlik qilish; atrof-muhitni muhofaza qilish;

3. Экологик мониторинг ва экологик экспертиза
Ekologik ekspertiza – ekologik huquqiy mexanizmning tarkibiy qismi sifatida atrof tabiiy muhitning barqarorligini saqlash, tabiiy boyliklardan unumli va samarali foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga egadir.
Monitoring – tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida ma’lum bir hudud tabiiy sharoitining holatini kuzatish, nazorat qilish va boshqarish tizimidir. Monitoringning asosiy maqsadi tabiiy muhitning inson faoliyati ta’sirida o‘zgarishini kuzatish, olingan ma’lumotlar asosida baholash va tegishli boshqaruv tadbirlarini qo‘llashdir. Monitoring asosida atmosfera havosi, suv havzalari, yerosti suvlari, tuproq, o‘simlik qoplamining turli chiqindilar, zaharli kimyoviy moddalar, radioaktiv elementlar bilan ifloslanishi kuzatiladi. Kuzatish ishlari insonning ma’lum ekologik sharoitda yashashining buzilishiga qaratiladi. Atrof muhitning o‘zgarish darajasi hali ifloslanmagan tabiiy sharoit holatiga nisbatan olinadi. Akademik I.P.Gerasimov tomonidan monitoring tashkil qilishning bioekologik, geoekologik va biosfera bosqichlari ajratilgan. Biologik monitoring bosqichida atrof-muhitning ifloslanishi uning inson salomatligiga ta’siri nuqtayi nazaridan kuzatiladi. Geoekologik monitoring bosqichida, asosan, tabiiy, tabiiy-antropogen geotizimlar, rekreatsion hududlar kuzatiladi va nazorat qilinadi. Biosfera monitoringi bosqichining asosiy vazifasi atrof-muhitni dunyo miqyosida kuzatishdan iborat. Bunda atmosferaning changlanishiga, Dunyo okeanining ifloslanishiga va boshqa ko‘rsatkichlarga ko‘proq e’tibor beriladi.


Download 177.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling