1. Ekotizim haqida tushuncha Moddalar va energiya almashinuvi Asosiy tushunchalar
Download 35.94 Kb.
|
1 2
Bog'liqREFERAT.Ekotizimda moddalar almashinuvi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahsuldorlik
- Ekologik piramidalar
REFERAT MAVZU: EKOTIZIMDA MODDA VA ENERGIYA О‘ZGARISHI. REJA: 1.Ekotizim haqida tushuncha 2.Moddalar va energiya almashinuvi Asosiy tushunchalar: Produtsentlar (odatda oʻsimliklar va boshqa fotosintezlovchi organizmlar) energiyani oziq toʻriga olib kiruvchi darvoza vazifasini bajaradi. Mahsuldorlik bu bir guruh organizmlar (masalan, produtsentlar) tanasiga energiyaning biomassa koʻrinishida qoʻshilish koʻrsatkichidir. Yalpi mahsuldorlik energiya tutib qolinishining umumiy qiymati hisoblanadi. Sof mahsuldorlik pastroq boʻlib, organizmlar nafas olish, metabolizmni amalga oshirishda foydalanadigan energiyaga aylantiriladi. Trofik darajalar oʻrtasida energiya uzatilishining samaradorligi kam. Sof mahsuldorlikning faqatgina \sim10\%∼10%\sim, 10, percent i keyingi darajaning sof mahsuldorligiga aylanishi bilan yakunlanadi. Ekologik piramidalar bu energiya oqimi, biomassa jamlanishi va turli trofik darajalardagi individlar sonining vizual ifodasi hisoblanadi. Yer yuzidagi barcha oʻsimliklar (suvoʻtlar va bakteriyaga oʻxshash boshqa fotosintezlovchi organizmlar ham) gʻoyib boʻlsa, nima yuz berishi mumkinligiga hech qiziqib koʻrganmisiz? Bizning betakror sayyoramiz aniq huvullab qolgan va gʻamgin koʻrinish tus olgan boʻlar edi. Bu bilan biz kislorod manbasini ham yoʻqotgan boʻlardik (kislorod bizning nafas olishimizda va metabolizm jarayonini amalga oshirishimizda oʻta muhimdir). Havodagi ortiqcha karbonat angidrid tozalanmaydi va bu haroratning oshib ketishiga sabab boʻladi, buning natijasida Yer yuzasi tezlikda isib ketadi. Eng muammoli ehtimol bu Yer yuzidagi barcha tirik jonzotlar birin-ketin oziq-ovqatdan mahrum boʻlishi va nobud boʻlishi mumkinligidir. Nega bunday holat sodir boʻladi? Deyarli barcha ekotizimlarda fotosintezlovchi organizmlar energiya oqimini oziq toʻri (bir organizm boshqasi bilan oziqlanishi tizimi)ga olib kiruvchi “darvoza” vazifasini bajaradi. Agar fotosintezlovchi organizmlar nobud boʻlsa, energiya oqimi toʻxtaydi va boshqa barcha organizmlar oziq-ovqatdan mahrum boʻladi. Shu sababli fotosintezlovchi organizmlar yorugʻlik qabul qiluvchi har bir ekotizimning asosini tashkil qiladi. Produtsentlar energiya darvozasidir Oʻsimliklar, suvoʻtlar va fotosintezlovchi bakteriyalar produtsentlar hisoblanadi. Produtsentlar karbonat angidriddan oʻzlari uchun zarur boʻlgan organik molekulalarni yaratuvchi avtotroflar yoki “oʻzini oʻzi oziqlantiruvchi” organizmlar deb ataladi. Oʻsimliklar kabi fotoavtotrof organizmlar karbonat angidriddan qand moddalarini hosil qilish uchun yorugʻlik energiyasidan foydalanadi. Energiya molekulalarning kimyoviy bogʻlarida zaxiralanadi hamda oʻsimliklar bu energiyadan yonilgʻi va quruvchi material sifatida foydalanadi. Ekotizimda mavjud boʻlgan organizmlar oʻsimliklar bilan oziqlanganda (yoki oldin oʻsimlik isteʼmol qilgan hayvonlar bilan oziqlanganda) oʻsimliklardagi organik molekulalar koʻrinishida zaxiralangan energiya boshqa organizmlarga oʻtadi. Shunday qilib, ekotizimdagi barcha konsumentlar yoki geterotrof organizmlar (boshqalardan oziqlanuvchi organizmlar), yaʼni oʻtxoʻr, goʻshtxoʻr hayvonlar va redutsentlar ekotizimning produtsent organizmlari energiyasiga tayanadi. Agar ekotizimdagi oʻsimlik yoki boshqa produtsentlar yoʻq boʻlsa, energiyaning oziq toʻriga kirishi uchun hech qanday yoʻl qolmaydi va ekologik jamoa vayron boʻlishi mumkin. Chunki bunda energiya qayta ishlanmaydi: aksincha, energiya ekotizim boʻylab harakatlangani sari issiqlik sifatida sarflanadi va u qayta tiklanishi kerak. Download 35.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling