1. Elektr ta’minoti fani to‘g‘risida


Download 155 Kb.
bet1/16
Sana19.04.2023
Hajmi155 Kb.
#1365116
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
javob


1.Elektr ta’minoti fani to‘g‘risida
“Elektr ta’minoti” kursini organish talabalarni “Elektr energiyasini uzatish va taqsimlash”, “Elektr mexanikasi”, “Stantsiya va podstantsiyalarning elektr qismlari”, “Rele ximoyasi va avtomatika”, “Avtomatlashtirilgan elektr yuritma”, “Elektr apparatlari” fanlaridan olgan bilimlariga asoslanadi. Sanoat korxonalari, shaxarlar va qishloq xojaligi obyektlari elektr ta’minoti taraqqiyoti toьrisidagi qisqacha tarixiy maolumotlarni korib chiqamiz. Sanoat korxonalarining elektr ta’minoti tarixi M.O.Dolivo-Dobrovolpskiy (1862-1919) tomonidan ozgaruvchan tokning uch fazali uzatish sistemasini, uch fazali transformatorni yaratganidan boshlandi deyish mumkin. Bu soxaning muxim masalalari bolgan sanoat podstantsiyalarini yuklamalar markaziga yaqinlashtirish, elektr yuklamalarini xisoblash, elektr ta’minoti uzluksizligini taominlash, reaktiv quvvatni o`rnini qoplash va kuchlanishni rostlash va boshqalar 50-60 yillarda A.S.Liberman, G.M.Kayalov, S.D.Volobrinskiy, I.A.Siromyatnikov, A.A.Fedorov, N.A.Melpnikov, L.A.Soldatnika, N.S.Afoninlar tominidan ishlab chiqildi. Xozirgi paytda zamonaviy komppyuter sistemalari yordamida elektr ta’minoti sistemasining barcha texnik va iqtisodiy talablarga javob beruvchi parametrlarini va asosiy elementlarini tanlash yolga qoyilgan. Bu masalalarni muvaffaqiyatli xal etishda Moskva energetika texnika universitetining “Sanoat korxonalarining elektr ta’minoti“ kafedrasining olimlari A.A.Fedorov, V.A.Venikov, S.I. Gamazin, T. V. Ancharova, B.N. Neklepayevlarning mexnatini aloxida taokidlab otish kerak. Elektr ta’minoti sistemasi (ETS) kuchlanishi 1000 V gacha va undan yuqori bolgan elektr tarmoqlari xamda transformatorli va ozgartirgichli podstantsiyalarni oz ichiga oladi. Uning vazifasi xalq xojaligi oboyektlaridagi elektr ishlatuvchilarni va iste’molchilarni kerakli korsatkichlarga ega bo`lgan elektr energiyasi bilan taominlashdan iboratdir. Elektr ishlatuvchilarga elektr energiyasini texnologik jarayonni yurgizish uchun qabul qiluvchi turli mashina va mexanizmlarning elektr motorlari, elektr pechlar, elektroliz qurilmalari, payvandlash mashinalari, yoritish tizimi va boshqalar kiradi. Elektr ishlatuvchilarning maolum guruxiga elektr iste’molchilari deyila

Download 155 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling