1. Elektr ta’minoti fani to‘g‘risida
Tog` qazish sanoatida elektr dvigatellari bo`lgan elektr energiya ishlatuvchilar va iste’molchilar
Download 155 Kb.
|
javob
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13. Kimyo va boshqa tarmoqlardagi dvigatellari bo`lgan elektr ishlatuvchilar va iste’molchilar
12. Tog` qazish sanoatida elektr dvigatellari bo`lgan elektr energiya ishlatuvchilar va iste’molchilar
Tog'-kon sanoatida elektr quvvati bilan ishlaydigan elektr motorlaridan foydalanish o'zining bir qancha afzalliklari tufayli so'nggi yillarda mashhurlikka erishdi. Buning asosiy sabablaridan biri shundaki, elektr motorlar konchilikda ishlatiladigan an'anaviy dizel dvigatellari bilan taqqoslaganda yaxshilangan energiya samaradorligini ta'minlaydi. Elektr tog'-kon uskunalari issiqxona gazlari chiqindilarini sezilarli darajada kamaytirishga mas'uldir va dizel dvigatellari bilan bog'liq ifloslanishni yo'q qiladi.Togʻ-kon sanoatida ishlatiladigan elektr motorlar ham jim boʻlib, shovqin ifloslanishi darajasini sezilarli darajada kamaytiradi va ishchilar xavfsizligini oshiradi. Bundan tashqari, elektr tog'-kon uskunasiga texnik xizmat ko'rsatish va foydalanish xarajatlari odatda dizel uskunasiga qaraganda past. Uzoq muddatda elektr kon uskunalari ham tejamkor bo'lishi kutilmoqda, chunki batareyalar va boshqa elektr komponentlar narxi pasayishda davom etmoqda. Umuman olganda, togʻ-kon sanoatida elektr va elektr motorlaridan foydalanish ishchilar xavfsizligini yaxshilash, ifloslanishni kamaytirish va energiya samaradorligini oshirishga yordam beradi. 13. Kimyo va boshqa tarmoqlardagi dvigatellari bo`lgan elektr ishlatuvchilar va iste’molchilar 1. Kimyo korxonalari Kimyo korxonalari azot sanoati, soda ishlab chiqarish, superfosfat, oltingugurt kislota, kalptsiy karbidi, kaustik soda, shina, sintetik kauchuk, plastik massalar, sun’iy tolalar ishlab chiqarish korxonalaridan iborat bo`lib, asosiy mexanizmlariga meshalkalar, tsentrofugalar, filptr-presslar (R=155 kVt), markazdan ko`chma nasoslar (R=61500 kVt), porshenli kompressorlar (R=506300 kVt), turbokompressorlar (R=70012000 kVt) kiradi. Bundan tashqari xar bir korxonaning o`z maxsus texnologik mexanizmlari xam mavjud. Kompressorlar tezligini rostlash uchun ventilli kaskad sxemasi va BST sxemasi ishlatiladi. Kimyo korxonalarida korroziya xavfi, yong`in va portlash xavfi bo`lgan muhit sharoitlari mavjud. Texnologik jarayonga bog`liq xolda mexanizmlar doimiy va TQM rejimlarida ishlaydi. I - toifaga aralashtirgich (meshalka) lar, nazorat o`lchov asboblari (KIP), sanitartexnika ventilyatsiyasi, suv va sovuqlik ta’minoti qurilmalari, to`xtab qolishi natijasida portlashlar, odamlar zaxarlanishi va mexanizmlar shikastlanishi mumkin bo`lgan boshqa qurilmalar kiradi. 2. Neftni qayta ishlash korxonalari Neftni qayta ishlash korxonalari bir necha komplekt texnologik qurilmalardan iborat bo`lib, quyidagi mexanizmlari bor: dozirovka nasoslari (R=0.43.5 kVt), vintli nasoslar (R=0.6285 kVt), markazdan kochma nasoslar (R=5.5500 kVt), kreking nasoslar (R=1602200 kVt), porshenli nasoslar (R=58625 kVt) va turbokompressorlar (R=50012000 kVt ). Yuqoridagi texnologik nasoslardan tashqari aylanma suv bloklari va tovar - xomash’yo bazasida juda ko`p nasoslar mavjud. Mexanizmlarning ish rejimi davomli bo`lib, 50% yuklamani 6 - 10 kV kuchlanishli, quvvati 200 kVt dan ortiq dvigatellar xosil qiladi. Ko`pchilik mexanizmlari I - toifaga kiradi. 3. To`qimachilik korxonalari To`qimachilik sanoatiga paxta yigirish va ip-gazlama to`qish fabrikalari, kimyoviy toladan va jundan gazlama to`qish, ipak gazlama to`qish korxonalari ~ 14 ~ kiradi. Bu yerda paxta tolasini yigirish stanoklari (R = 0.6 30 kVt), to`qish stanoklari (R=0.636 kVt), ip va ipak gazlamalarni bo`yash-pardozlash mashinalari (R=0.25150 kVt), jun yigirish ( R=0.2744 kVt), to`qish (R=0.136 kVt) va pardozlash-bo`yash (R=0.2546 kVt) stanoklari ishlatiladi. Ko`pchilik mexanizmlar davomli ish rejimiga ega va II-toifaga kiradi. Chunki, elektr ta’minotidagi uzilishlar asosan ma’sulot ishlab chiqarishni kamayishiga va mexanizmlarning bekor turib qolishiga sabab bo`ladi. Texnik-iqtisodiy xisoblar asosida bo`yash-pardozlash tsexlari I-toifaga o`tkazilishi mumkin. Download 155 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling