1. Elektr ta’minoti O‘zbekistonda temir yo‘llarni elektrlashtirish


Download 252.7 Kb.
bet4/7
Sana19.04.2023
Hajmi252.7 Kb.
#1366399
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Маъруза 7

4. Elektrli harakat tarkibi

Elektrli harakat tarkibi elektrovozlar va motorli vagonlardan iborat. Tok turiga qarab o‘zgarmas tokli (rasm 7.4) va o‘zgaruvchan tokli (rasm 8.2, 8.3), hamda ikki xil tokda ishlaydigan elektrovozlar va elektr poezdlar farqlanadi.


Elektrovozlar va motorli vagonlar mexanik qismlar, elektr asbob-uskunalari va pnevmatik tizimlardan tuzilgan bo‘ladi. Ularning mexanik qismi kuzov va aravachalardan tashkil topadi. Elektr uskunalari tortish elektrodvigatellari, yordamchi elektr mashinalari, dvigatel va yordamchi mashinalarni boshqaruv apparatlari, o‘zgaruvchan tokli elektr harakat tarkibida ulardan tashqari transformatorlar va elektr o‘zgartirgichlaridan iborat bo‘ladi.
Elektrovoz kuzovi elektr apparatlari, har xil uskunalar va mashinistning boshqaruv xonasini joylashtirish uchun xizmat qiladi. Aksariyat mashinist xonasi issiqlik va shovqindan muhofazalanib, elektrovozning ikki tomonida joylashtiriladi. Mashinist xonasida boshqaruv apparatlari, nazorat-o‘lchov asboblari va tormoz kranlari bo‘ladi. Kuzovning o‘rta qismidagi yuqori kuchlanishli kamerada elektr apparatlari o‘rnatiladi. Yordamchi mashinalar motor -kompressor, motor-ventilator, boshqaruv toki generatorlari va boshqalardan iborat bo‘ladi.

Rasm 7.4. VL10 elektrovozida jihozlarning joylashtirilishi: 1 – boshqaruv pulti; 2 – mashinist o‘rindig‘i; 3 – tezkor ishlovchi uzgich; 4, 5 – induktiv shunt va rezistorlarning balkalari; 6, 8 – ulash rezistorining bloki; 7 – tok qabul qilgich; 9 – motor-ventilator; 10 – motor-kompressor; 11 – elektrovoz ikkinchi bo‘limining kuzovi; 12 – tortish elektr dvigateli; 13 - g‘ildirak jufti.

Elektrovoz aravachasi rama, g‘ildirak juftlari, buksalar, ressor osmalari va tormoz uskunalaridan iborat. Aravachalarga tortish dvigatellari mahkamlanadi.


Aravacha ramasi murakkab metall konstruksiya bo‘lib, ikki bo‘ylama yon to‘sinlar va ularni ulovchi ko‘ndalang to‘sinlardan iborat bo‘ladi. Rama kuzovdan va elektrovoz uskunalaridan vertikal kuchlarni va yuklanishni qabul qilib ressorli osmalar orqali g‘ildirak juftlariga uzatadi. Aravacha ramasi tormozlash kuchlanishlarini ham qabul qilgani uchun yetarlicha mustahkam bo‘lishi kerak.
Gildirak juftlari elektrovoz massasini va tortish dvigatellaridan beriladigan aylantiruvchi kuchlarni qabul qiladi. Bundan tashqari, g‘ildirak juftlari yo‘lning notekisliklari va relslarning ulanish joylaridagi urilishlarni, amortizatsiya uskunalarisiz yumshatmasdan qabul qiladi va o‘z navbatida harakatli g‘ildiraklarning o‘zi relsga qattiq kuch bilan ta’sir etadi. Shuning uchun ham g‘ildirak juftlarining ishlanish sifatiga va texnik holatini nazorat qilishga alohida e’tibor beriladi.
G‘ildirak juftlari alohida elementlardan tuziladi: ular –o‘q, ikki g‘ildirak va ikki tishli g‘ildiraklardan iborat bo‘ladi. G‘ildirak juftlarining o‘qi rolik podshipnikli buksalar o‘rnatiladigan bo‘g‘izlar bilan tugaydi.
Ressorli osmalar aravacha ramasi va buksalar o‘rtasida oraliq zveno bo‘lib, g‘ildiraklar yo‘l notekisligini o‘tgan vaqtida bo‘ladigan turtki va urilishlarni yumshatishga va yuklanishlarni g‘ildiraklar orasida bir tekis taqsimlashga xizmat qiladi. Ressorli osmalarning asosiy elementlari varaqalangan ressorlar, prujinalar, ayrimlarida pnevmoressorlar, balansirlar (muvozanatlashtirgichlar), har xil konstruksiyali amortizatorlar va boshqa bog‘lovchi elementlardan iborat bo‘ladi.
Zamonaviy elektrovozlarda yakka tartibli uzatmalar qo‘llanadi. Bunday uzatmalarda tortish dvigatellarini o‘rnatishning ikki usuli farqlanadi: tayanchli-o‘qli va ramali osmalar.

Download 252.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling