1. Elektr ta’minoti O‘zbekistonda temir yo‘llarni elektrlashtirish


Lokomotiv xo‘jaligi haqida umumiy ma’lumotlar


Download 252.7 Kb.
bet6/7
Sana19.04.2023
Hajmi252.7 Kb.
#1366399
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Маъруза 7

5. Lokomotiv xo‘jaligi haqida umumiy ma’lumotlar

Lokomotiv xo‘jaligi temir yo‘llarda tashish ishlarini tortish vositalari bilan ta’minlash va ularni texnik talablari bo‘yicha saqlash ishlarini olib boradi. Bu xo‘jalikning asosiy qurilma va inshootlari lokomotiv depolari, lokomotivlarning ayrim uzellarini ta’mirlash bo‘yicha ixtisoslpashtirilgan ustaxonalar, texnik xizmat ko‘rsatish punktlari, lokomotivlarni ekipirovka qilish (moddiy ta’minlash) va brigadalarni almashtirish punktlari va zahiradagi lokomotivlar bazalari kiradi.
Ekipirovka lokomotivni yoqilg‘i, suv, qum, moylash va artish materiallari bilan ta’minlab, ishlashga tayyorlash jarayonlarini o‘z ichigi oladi.
Lokomotiv deposi lokomotiv xo‘jaligidagi asosiy ishlab chiqarish birligi bo‘lib, ular uchastka, saralash va yirik yo‘lovchi stansiyalarida quriladi. Yuk va yo‘lovchi poezdlari uchun biriktirilgan lokomotivlar parki bo‘lgan, lokomotiv binolari, ustaxonalar va boshqa ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish jihozlari bo‘lgan, lokomotivlarni joriy ta’mirlash, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ekipirovka qurilmalari bilan jihozlangan depolar asosiy depo deb ataladi.
Ta’mirlash ishlarini tashkil qilishni takomillashtirish va ishlab - chiqarish kuchlaridan unumli foydalanish maqsadida temir yo‘llarda ta’mirlash bazalari – ta’mirlash va lokomotivlar turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan depolar ham bunyod etiladi. Masalan, lokomotivlarni ko‘tarma (pod’yomochno‘y) ta’mirlash o‘ta yirik va tegishlicha jihozlangan depoda bajarilib, boshqa depolar ushbu turdagi ta’mirlash ishlaridan ozod etilishi mumkin. Bunday katta ta’mirlash bazalari o‘zining biriktirilgan lokomotiv parkiga ega bo‘lmasliklari ham mumkin.
Lokomotiv tortish turi bo‘yicha depolar quyidagicha bo‘linadi: teplovoz, elektrovoz, motorvagon, dizel, parovoz va aralash depolar. Katta temir yo‘l uzellarida yuk va yo‘lovchi lokomotivlarini ta’mirlovchi alohida depolar qurilishi mumkin.
qaytish punktlarida lokomotivlar poezdlarni orqaga olib qaytish uchun kutib turadi. Bu vaqt mobaynida ularga texnik xizmat ko‘rsatiladi va lokomotivlar ekipirovka qilinadi.

Download 252.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling