1. Eng qadimgi Sharq adabiyotida Vatanparvarlik g’oyalari


Download 50.71 Kb.
bet17/20
Sana04.02.2023
Hajmi50.71 Kb.
#1164013
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
24mavzu

21.B.SHou dramaturgiyasi

Dublin ingliz yozuvchisi, dramaturg Jorj Bernard Shou 1859 yil 26 iyulda tug’ilgan. 1871 yilda diniy maktabni tugatgach, birmuncha vaqt ruxoniy bo’lib ishlagan. 1876 yilda Londonga ko’chib borib, jurnalistka va badiiy ijod bilan shug’ullangan. Dastlabki ramanlari “Misi chiqqan nikoh”, “Artist sevgisi”, Keshel Bayronning kasbkori”, “ Havaskor sotsalist” 1881-1883 yillar chop etilgan. Shouning “Tul xonadonlari” (1882), “Yurakxo’r” (1884) ilk pyesalari sahna yuzini ko’ra olmagan. Shu bois mualliflarni “Yoqimsiz pyesalari” (1898) nomi bilan nashr etilgan. Shundan so’ng Shouning “Yoqimli pyesalari “Qurol va inson”, “Qandid”, 1894 yil “Taqdir arzandasi”, “Yashasak ko’rarmiz”, 1895 yil hamda “Puritanlar uchun uchta peysa”. (“Shaytonning shogirdi”, 1896- 1997 yillar, “Sezar va Kleopatira” 1898 yil, “Kapitan Brasbundning murojati” 1899 yil, to’plamlari e’lon qilingan. Ushbu pyesalarni yaratish jarayonida Shouning dramaturgik metodi uzil-kesil shakillangan va “Ulug’ g’oyalar dramasi” sifatida shuhrat qozongan zamonaviy dramaturgiyaning asoschilaridan biri bo’lib qolgan. Jahon dramaturgiya tarixiga sermahsul dramaturglardan biri sifatida kirgan Shou 30 dan ziyod sahna asarlarini yaratgan. Shouning “Pigmalion” (1913), “Yuraklar vayron bo’layotgan xonadon” (1913-1919), “Olma ortgan arava” (1919), “Mafusail sari orqaga” (1918-1920), “Avliyo Ioanna” (1923), “Yomon bo’lsa ham, haqiqat” (1931), “Millioner ayol” (1936), “Jeneva” (1938), “Yaxshi qirol Karlning oltin kunlarida” (1939) kabi asarlari rang-barang mavzularga, turli janr ko’rinishlariga ega bo’lib, unda tarix va jamiyatda ro’y bergan voqealar yangicha talqin etilgan, jamiyatda sodir bo’layotgan o’zgarishlarni turli nuqtai nazardan ko’rsatishga qaratilgan. Shouning gumanizm g’oyalari bilan sug’orilgan dramaturgiyasi 20-asr adabiyotida muhim voqea bo’lgan, jahon dramaturgiyasi va teatrining keyingi taraqqiyotiga katta turtki bergan. Jorj Bernard Shou 1925 yil Nobel mukofoti laureati bo’lgan. Avrim pyesalari o’zbek tiliga tarjima qilingan.




Download 50.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling