1. Eng qadimgi Sharq adabiyotida Vatanparvarlik g’oyalari


Turkiy xalqlar adabiyotining mushtarak jihatlari


Download 50.71 Kb.
bet19/20
Sana04.02.2023
Hajmi50.71 Kb.
#1164013
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
24mavzu

23.Turkiy xalqlar adabiyotining mushtarak jihatlari

Adabiyotimiz tarixining toʻgʻri yoritilishi – turkiy xalqlar birligiga asos boʻladigan, bizni ruhiy-maʼnaviy mushtaraklik sari boshlaydigan yoʻldagi dastlabki asosiy qadamdir. Turkiy xalqlar uchun umumiy boʻlgan adabiyotimizning dastlabki davr tarixini biz Turk xoqonligi davridan boshlaymiz. Shoʻrolar hokimiyati boshimizda zugʻum oʻtkazib turgan bir paytda, turkiy xalqlar uchun umumiy boʻlgan adabiyotning mavjud boʻlganligini aytish, ularning tarixan-maʼnan mushtarak xalqlar ekanligidan soʻz ochish, umuman mumkin emas edi, bunday fikr darhol ulkan qarshilikka uchrardi. Shunga qaramay, bunday nuqtai nazar sobiq ittifoq miqyosidagi adabiyotshunoslik ilmida 50-yillarda nish ura boshlab, 60-yillarda shakllanib boʻlgan edi. Bu fikrni yoqlab, turkiy xalqlarning barchasi uchun umumiy boʻlgan adabiyot tarixini Turk xoqonligi davridan boshlash toʻgʻri boʻlishini ilmiy jihatdan asoslagan B. Kenjeboyev, M. Avezov, N. Mallayevlarning nuqtai nazarlari, ularning asarlari, shuningdek, eski turk devor bitiklarini ilk bor qozoq tiliga oʻgirib, bu yozuvlarning adabiyot tarixidagi oʻrnini, ahamiyatini yoritib bergan olim M. Joʻldosbekovning asarlari hali-hanuz qimmatini saqlab kelmoqda. Shu oʻrinda X. Suyunchaliyev, A. Oʻspanoʻgʻli, A. Qirovboyeva singari olimlarning qadimgi adabiyot borasidagi izlanishlari qozoq adabiyotshunosligi ilmining taraqqiy topishida sezilarli taʼsir koʻrsatganligini aytib oʻtish kerak.Qadimgi turk devor (tash, yoʻl) bitiklari bilan tanishganimizda, Turk xoqonligi davridan qolgan adabiy meros namunalari – oʻsha davrlardayoq gurkirab rivojlangan adabiyot namunalari ekanligini sezamiz. Tosh bitiklarga bitilgan, sulolalar haqidagi roman deyishga arzigulik yozma meroslar qoldirgan davrning ulkan madaniyatini ana shunday noyob soʻzlar bilan ardoqlasak, arziydi.Bir xalqning adabiyoti oʻsha xalqqa mansub boʻlgan dastlabki ota-bobolarning dunyoga kelgan davrlaridan, shu xalqni shakllantirgan urugʻ-qabilalar umrguzaronlik qilgan davrlardan boshlanishi chin haqiqat. Ilm-fan hamisha taraqqiyotda, rivojlanishda davom etadi. Har bir davr kishilari oʻz zamonasidagi moddiy imkoniyatlarga asoslanib, tadqiqotlar olib boradi, nuqtai nazarlarni, tahlillarni oʻrtaga tashlaydi. Shu sabablarga koʻra ham, har bir davrda ilm oʻzigagina xos boʻlgan xususiyatlarni namoyon qiladi, oʻziga xos saviyaga koʻtariladi. Ijtimoiy ilmlarning bugungi yutuqlari, bugungi darajasi bizning turkiy xalqlarimiz uchun umumiy boʻlgan qadimgi adabiyotimiz tarixini saklar zamonidan boshlashimizga imkon beradi. Bu boradagi tashabbus avvallari ham fanimiz doirasida oʻrtaga tashlangan edi. Oʻzbek olimi Natan Mallayev, qozoq olimlari A. Oʻspanoʻgʻli, A. Qirovboyeva, uygʻur olimi Turgʻun Olmos singari tadqiqotchilar adabiyotimiz qadimgi tarixi haqida yangi-yangi fikrlarni bildirib oʻtganlar.Albatta, qadimgi turkiy adabiyot deganimizda, sak xalqiga yoki xunnularga daxldor boʻlgan bir necha rivoyat, mif, hikoyatlarni tilga olib oʻtishimiz, yoki boʻlmasa, ularning mazmunini yoritib berish bilangina bu masala hal boʻlib qolmasligi aniq. Buning uchun, hech boʻlmaganda, har bir davrdagi adabiyot namunalarini topish, bu namunalar nima sababdan adabiyot tarixidan oʻrin olganligiyu, ular oʻrtasida qanday aloqalar borligini yoritib berish zarur. Bu esa oʻta jiddiy tadqiqotlar oʻtkazishni talab qiladigan zahmatli, mashaqqatli yumush. Ammo aynan mana shu yoʻldan yuribgina biz chin haqiqatga tomon yetib bora olamiz.Gʻarbdagi tarixiy maʼlumotlar boʻyicha, eramizdan avvalgi VII-VI asrlardan boshlab, Xitoy maʼlumotlari boʻyicha, eramizdan avvalgi XII-X asrlardan boshlab, eramizning V asrlari oraligʻida Xitoy devoridan Qora dengizgacha boʻlgan cheksiz dalalarda saklar, xunnlar, uysunlar, qanglilar, sarmatlar, saframatlar va hokazo koʻchmanchi qabilalar yashab oʻtganlar. Ular goh bir butun qabilalar ittifoqi sifatida, goh esa yakka-yakka, kichik-kichik xalqlar sifatida tarixda iz qoldirib ketganlar.



Download 50.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling