1. Eng qadimgi Sharq adabiyotida Vatanparvarlik g’oyalari
F.Dostevskiyning Jinoyat va jazo romanida inson tabiati talqini
Download 50.71 Kb.
|
24mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18.E.Xeminguey ijodida inson va borliq muommosi
17.F.Dostevskiyning Jinoyat va jazo romanida inson tabiati talqini
Romanni tahlil qilish, sharhlash oson, negaki voqealar koʻz oldimizda voqealar rivojlanib, koʻlami kengayib boradi.Romanning asosi boʻlib Radion Raskolnikovning “ishi” xizmat qiladi. Romanda Raskolnikovning jinoyati va jazosi haqida mukammal gapiriladi, bu psixologik jarayonlar shunday tasvirlanadiki, inson benihoya, uning kallasida pishgan jinoyatdan oldinroq uning jazosi haqida oʻylaydi, lekin baribir undagi (Raskolnikov) kuchli shaxs haqidagi fikr uni jinoyatga undaydi.Romanda personajlar oʻrtasidagi aloqa shunday uzviylashadiki, natijada romanning syujeti murakkablashib, muammolari chuqurlashib boradi.Romandagi ikki asosiy qahramon: Radion Raskolnikov va Sonya Marmeladovalar bir-birining ichki dunyosini yoritish uchun kerak boʻlgan obrazlardir.Dostoyevskiy birinchi, roman boshida syujetni tor olgan edi: qandaydir student oʻzining sudxoʻr kampirni oʻldirib, boyligini oʻzlashtirib, onasi, singlisi va oʻzining qarzini toʻlab, chet elga ketib, u yerda tinchgina yashash haqidagi fikrini yoritmoqchi boʻldi, lekin Raskolnikovga yondosh obraz qilib Sonyani kiritgandan keyin uning orqasidan bir qancha obrazlar kirib keldi – bular katta bir shaharning kambagʻal odamlari edi. Yaʼni jamiyatning eng quyi tabaqasining vakillari. Bu obrazlar romanning hamma muammolarini, Raskolnikovning amalga oshirilmagan gʻoyalari haqida yorqin va aniq tushunchalar berishadi.“Jinoyat va jazo” romanida ijtimoiy, psixologik, falsafiy muammolar bir-biriga qoʻshilgan, aralashgan holda sintez qilingan. 18.E.Xeminguey ijodida inson va borliq muommosi Yozuvchi ijodi har doim o‘z davrining ma’naviy muammolari bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Ernest Xeminguey ijodi ham bundan mustasno emas. Ammo Xeminguey o‘z davrining oddiy solnomachisi yoki tarixnavisi emasdi/ U o‘zi yaxshi bilgan, o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan, boshidan kechirganlari haqida yozgan, shaxsiy hayot tajribasi esa u qurayotgan ijod qasrining poydevori bo‘lib xizmat qilgan edi, xolos.Xemingueyning o‘zi ushbu tamoyilni quyidagicha ta’riflaydi: “Roman yoki hikoyani yozish – bu yaxshi bilgan narsalaring asosida badiiy to‘qima yaratish demakdir... Badiiy to‘qima yaxshi chiqqanda, haqiqatga yaqinroq bo‘ladi”.Jurnalda bosilib chiqqan ilk maqolalari va “Uch hikoya va o‘nta she’r” (Three Stories and Ten Poems, 1923) nomli mo‘‘jazgina kitobidan so‘ng, Xeminguey “Bizning davrimizda” (In Our Time, 1925) novellalar to‘plamini e’lon qildi va o‘z uslubiga ega yozuvchi ekanligini namoyish etdi. Bu kitob kamolotga erishgan yozuvchi ijodining debochasi bo‘ldi. Aslini olganda, to‘plam ko‘p jihatdan Nik Adams obrazi orqali bir-biriga chambarchas bog‘langan novellalardan iborat turkum edi. To‘plamga kirgan 15 novella ijtimoiy hayot mavzuiga bag‘ishlangan bo‘lib, ularda na syujet, na kompozitsiya jihatidan yaqin bo‘lmagan “interlyudiya”lar to‘plamni bir butun yaxlit holga keltirganini kuzatish mumkin.Ushbu to‘plam Xemingueyga ma’lum darajada shuhrat olib keldi. Bu uning jiddiy mavzudagi birinchi asari edi. Unda adibning ijodiy g‘oyalari ilk bora tajascum topganini kuzatamiz. Shuningdek, ular orqa-li yosh yozuvchiga ilhom bag‘ishlagan, uni qiziqtirgan va badiiy hamda estetik qarashlarining asosiy yo‘nalishlarini belgilab bergan mavzular doirasini ham ko‘rishimiz mumkin. E’tiborli tomoni shundaki, to‘plamning tuzilishi o‘zgacha – shakl jihatdan oddiy hikoyalar kichik hajmdagi miniatyuralar bilan almashinib turadi, hikoyalarning ravon oqimi esa birdaniga avj olib, tez va shiddatli tus oladi. Muallif o‘ylagan niyat, asosiy maqsad aynan shu yo‘sinda ro‘yobga chiqadi. Uning fikricha, “eng muhimi – umumiy ko‘rinishni, manzarani yaratish lozim, orada tafsilotlarga ham o‘rin berish foydadan xoli bo‘lmaydi. Bu holat, biron-bir narsaga, avvalo oddiy ko‘z bilan qarashga, aytaylik, kitob bilan qirg‘oq yonginasidan o‘tib ketib, keyin unga durbin orqali qayta tikilib sinchkov razm solishga o‘xshaydi”.To‘plamda hajman yirik hikoyalar bilan bir qatorda miniatyuralar ham mavjud. Miniatyuralar – bu urush, qatl, zo‘ravonlik, qotillik kabi insoniyatga yot unsurlarga to‘la berahm va shafqatsiz dunyoning sar-hadlarga bo‘linib ketgan ko‘rinishidir. Ular – urushdagi o‘lim, qamoqxonadagi qatl manzarasi, politsiyachilar tomonidan ikki o‘g‘rining o‘ldirilish kabi voqealarni tasvirlovchi hajman kichik asarlardir.Xeminguey o‘zi uchun insoniy “odob-axloq qoidalarini” ishlab chiqqan edi. Ularning mazmun-mohiyati quyidagicha: odam o‘limga, mag‘lubiyatga mahkum etilgan ekan, o‘z insoniy qadr-qimmatini saqlab qolishning yagona yo‘li – dadil bo‘lish, hech narsadan qo‘rqmaslik, har xil vaziyatlarda ham o‘zini yo‘qotib qo‘ymaslik, xuddi sportdagi kabi “halol o‘yin” qoidalariga rioya qilishdan iborat. Birinchi marta bu fikrni Xeminguey “Bizning davrimizda” to‘plami ustidagi ishni tugatganidan so‘ng yozilgan “Yengilmas” (Undefeated, 1924) hikoyasida mujassamlashtirishga harakat qildi. Biroq hayotda inson hech qachon taslim bo‘lishi mumkin emasligi, qanday zarbalar berilmasin, u ortga chekinmasligi haqidagi fikr Xemingueyning fikr-o‘ylarini butunlicha band etgandi. Bu tuyg‘u muallifga “Quyosh chiqadi” (The Sun Also Rises, 1926) romani ustida ishlayotgan paytlarida yanada muqim o‘rnashib, unga ilhom bag‘ishladi, desak adashmagan bo‘lamiz. Negaki, 1927 yilda “Fiesta” (Fiesta) nomi ostida Angliyada bosilib chiqqan ushbu roman Xemingueyga olamshumul shuhrat olib keldi. Muallif roman boshida “yo‘qotilgan avlod” (the lost generation) haqidagi mashhur iborani epigraf qilib keltiradi. Darhaqiqat, bu roman chehralariga urush muhri bosilgan odamlar qismati haqida bo‘lib, unda urushda tirik qolgan, lekin aldanganligini anglagan, balandparvoz shiorlar yolg‘on ekanligini tushungan, oqibatda o‘zligini yo‘qotib sarosimaga tushgan odamlarning o‘y-kechinmalari, ma’naviy olami teran tasvirlangandi. Bu odamlar Xemingueyga yaqin tanish edi, chunki uning o‘zi ham shu muhitda yashagan, mudhish qirg‘inlarda omon qolgan bo‘lsa-da, ulardan farqi – bu hayotda yagona tayanch nuqtasi – ijod shukuhi borligida edi. Aynan shu bebaho xislatni muallif roman qahramoni jurnalist Jeyk Barns obrazida mujassam etadi. Jeyk Barns urushdan qolgan og‘ir jarohatiga qaramasdan, hayot oldida taslim bo‘lmaydi, insoniy qadrini yo‘qotmaydi, o‘z obro‘sini yerga urmay ishlashni, ijod qilishni davom ettiradi. Download 50.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling