1. Eng qadimgi Sharq adabiyotida Vatanparvarlik g’oyalari


A.Kamyu va S.Bekketlar ijodida absurd g’oyasining namoyon bo’lishi


Download 50.71 Kb.
bet16/20
Sana04.02.2023
Hajmi50.71 Kb.
#1164013
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
24mavzu

20.A.Kamyu va S.Bekketlar ijodida absurd g’oyasining namoyon bo’lishi

Alber Kamyu 1913 yilning 7 noyabrida Jazoirda yashovchi fransuz oilasida dunyoga keldi. Yosh Alber shu yerdagi boshlangʻich maktabda savodini chiqardi. Aʼlo oʻqigani uchun u maktab maʼmuriyati yoʻllanmasi bilan litseyga oʻqishga qabul qilindi. Biroq, sil kasaliga chalinib, bir muddat kasalxonada yotib davolandi. Baxtga qarshi bu kasallik umrining oxiriga qadar undan arimadi, adibning ruhiy holatiga jiddiy taʼsir koʻrsatib, hayoti va ijodida salbiy holatlar tugʻdirdi.1932–1937 yillar Kamyu Jazoir universitetining falsafa fakultetida tahsil oldi. Bu yillarda u Andre Jid, F. M. Dostoyevskiy, F. Nitsshe asarlarini katta qiziqish bilan mutolaa qiladi. 1936 yil Kamyu “Neoplatonizm va xristianlik taʼlimoti” mavzusida magistrlik dissertatsiyasini himoya qiladi. Dissertatsiya mazmunida Platon falsafasining Avreliye Avgustin teologik falsafasi va diniy taʼlimotiga taʼsiri xususida fikr yuritilgan edi. Shundan soʻng, u S. Kyerkegor, L. Shestov, M. Xaydegger va K. Yaspersning ekzistensializm falsafasini qunt bilan oʻrganishga kirishadi. Ayni paytda davrining mashhur yozuvchisi Andre Malro prozasining tub mohiyatini ifodalovchi “hayotning absurdligi” gʻoyasini oʻrganish bilan mashgʻul boʻlib, oʻzi ham shu mavzuga yaqin “Baxtli oʻlim” nomli ilk qissasini yozadi.


Alber Kamyu talabalik yillarida fransuz kommunistik partiyasi gʻoyalariga xayrixoh boʻlib, 1935 yilda shu partiya safiga kiradi. Oradan koʻp oʻtmay Jazoirdagi xalq demokratik harakatida faol ishtirok etgani uchun uni “trotskiychilik”da ayblashib, partiyadan oʻchiradilar. Shundan soʻng Kamyu siyosatdan uzoqlashib, teatr sanʼati bilan shugʻullanadi, oʻzining “Mehnat teatri” truppasini tuzadi. Unda ilk daʼfa fransuz tilida F. M. Dostoyevskiyning “Aka-uka Karamazovlar” romanini sahnalashtiradi. Kamyuning oʻzi Ivan Karamazov rolini ijro etgan edi. 1937 yilda u oʻzining “Avra-astar” nomli ilk esselar toʻplamini nashr qildiradi.1938–1940 yillarda Kamyu Jazoirdagi bir qator gazetalarda muharrirlik qiladi. 1940 yili rafiqasi Fransis For bilan Parijga keladi va “Pari Suar” gazetasida texnik muharrir boʻlib ishga kiradi. Adib shu yili oʻzining mashhur “Begona” qissasini yozib tugatadi. Fashizmga xayrixoh boʻlgan Peten hukumatiga raqib jurnalistlar qatorida boʻlgani uchun Kamyu “Pari Suar” tahririyatidan haydaladi. Qamal qilingan Parijda qolishni istamagan adib Oran shahriga koʻchib oʻtadi. 1941 yilning fevralida “Sizif haqida afsona” essesini yozib tugatadi. Ayni paytda Kamyu Qarshilik koʻrsatish harakatining faol ishtirokchisiga aylanadi, Parijga qaytib, yashirin “Komba” gazetasiga muharrirlik qiladi. 1942 yili adibning “Begona” qissasi va “Sizif haqida afsona” essesi nashr qilinadi. 1943 yildan to umrining oxiriga qadar Kamyu mashhur “Gallimar” nashriyotida faoliyat koʻrsatadi. Shu yili Kamyu Jan-Pol Sartr (1905–1980) bilan tanishib, uning ijodini targʻib qilish, pyesalarini sahnalashtirishda yaqindan koʻmaklashadi. 1947 yilda adibning “Vabo” romani nashr qilinadi.1947 yili Kamyu soʻl harakatchilar, jumladan Sartr bilan aloqasini uzadi. Birmuncha vaqt anarxistlar va soʻl sindikalistlar bilan aloqa oʻrnatadi, ularning organi boʻlmish “Liberter” jurnali va “Mond liberter” gazetalarida hamkorlik qilib, publitsistik maqolalarini chop ettiradi. Jumladan, “Liberter” jurnalida adibning “Isyonkor odam” (1951) essesi chop qilinadi. Adib ushbu essesida insonni qurshab turgan muhitning, u kechirayotgan hayotning absurd (maʼnosiz)ligi gʻoyasi anatomiyasini tavsiflashga harakat qiladi. Yozuvchining bu gʻoyasiga soʻl tanqidchilar, jumladan, Sartr ham qarshi chiqqan edi.


Download 50.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling