1. Eng qadimgi Sharq adabiyotida Vatanparvarlik g’oyalari
A.Navoiy ijodiga Yevropada qarashlar
Download 50.71 Kb.
|
24mavzu
14.A.Navoiy ijodiga Yevropada qarashlar
Alisher Navoiy — Sharq Renessansining yirik namoyandasi sifatida jahon sivilizatsiyasi tarixida, ayniqsa, turkiyzabon xalqlar madaniy va maʼnaviy hayotining rivojida alohida oʻrin tutadigan yorqin shaxsdir. Bunga quyidagilar dalil boʻla oladi.Birinchidan, u oʻzining gumanistik gʻoyalari, badiiy-falsafiy qarashlari, oʻlmas sheʼriy asarlari bilan insoniyat tafakkuri rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan buyuk shoir va mutafakkir. Uning adabiy merosi nihoyatda ulkan va serqirra.Ikkinchidan, Alisher Navoiy butun dunyo qarshisida turkiy — oʻzbek tilining boy imkoniyatlarini koʻrsatib, uning arab yo fors tillaridan hech qaysi jihatdan kam boʻlmagan goʻzal til ekanini isbotlab bergan buyuk tilshunos olimdir. Uchinchidan, Alisher Navoiy — buyuk adabiyotshunos olim. U Sharq sheʼriyatining muammo, qasida kabi XV asrga kelib deyarli unutilayozgan janrlarini tiklashga alohida eʼtibor berib, nafaqat turkiy adabiyot, balki forsiy adabiyot rivojiga ham beqiyos hissa qoʻshdi.Toʻrtinchidan, Alisher Navoiy butun ongli hayotini turkiy xalqlar nufuzini, milliy gʻurur va milliy oʻziga xosligini qayta tiklashga sarflagan buyuk vatanparvardir. Alisher Navoiy tufayli dunyo xalqlari turkona madaniyat va maʼnaviyatga alohida ehtirom koʻrsata boshlaganlar. Hazrat Navoiy butun hayotini oʻz xalqining ilm-fani va sanʼatini rivojlantirishga, mamlakat ravnaqi, xalq va millatning tinch-totuv yashashiga hamda davlat qudratini mustahkamlashga bagʻishladi. Sulton Husayn Boyqaro ul zotni “mamlakat ustuni, davlat tayanchi” deb bejiz atamagan.Alisher Navoiydagi bagʻrikenglik, odillik, donolik, siyosatdonlik va fuqarolarga gʻamxoʻrlik fazilatlari Boyqaroga davlatni adolatli boshqarishda yaqindan yordam bergan. Shuning uchun ham Husayn Boyqaro Navoiyni doʻst sifatida benihoya ulugʻlagan va qadrlagan. Har qanday sharoitda ham uni yonidan uzoqlashtirmaslikka harakat qilgan. Ularning doʻstligi davlatni mustahkamlash, yurtda adolat oʻrnatish, til, madaniyat, sanʼat, ilm-fanni rivojlantirish bilan birga, davlatning mudofaa qudrati, xalqaro obroʻ-eʼtiborini oshirishga xizmat qildi. Download 50.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling