1. Eng qadimgi Xitoy to`g`risida umumiy ma’lumot Qadimgi Xitoydagi ilk Shan (In) davlati


Qadimgi Xitoydagi ilk Shan (In) davlati


Download 92.5 Kb.
bet2/13
Sana19.12.2021
Hajmi92.5 Kb.
#181779
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
QADIMGI-XITOY-DAVLATI-VA-HUQUQI

2. Qadimgi Xitoydagi ilk Shan (In) davlati

(miloddan avvalgi XVIII-XII asrlar)




Davlatning tashkil topishi




Qadimgi Xitoyda shahar tipidagi sivilizatsiyaning dastlabki o`choqlari miloddan avvalgi II ming yillikda Xuanxe daryosi havzasida tashkil topa boshlagan. Xitoy an’analarida aytilishicha, qadimgi Xitoyda davlat miloddan avvalgi XVIII asrda sya qabilasining shan qabilasi tomonidan bosib olinishi natijasida tashkil topgan. O`sha vaqtda shan qabilasi boshlig`i Chen Tan degan kishi davlatga asos solib, unga hukmdor qabilaning nomi bilan Shan davlati deb atagan. Unda quldorlik munosabatlari bilan bir qatorda jamoa ishlab chiqarishiga asoslangan ijtimoiy munosabatlar ham rivojlangan. Bu yerda hukmron sinf in dunyoviy aristokratiyasidan, kohinlardan va bo`ysundirilgan qabilalarning aristokratlaridan tashkil topgan.

Qullarga xususiy shaxslar ham, davlat ham egalik qilishi mumkin bo`lgan Aholining asosiy qismini erkin jamaochilar tashkil etgan.

Podsho birinchi va eng yirik quldor, oliy harbiy boshliq, eng oliy sudya va eng katta ruhoniy hisoblangan. Mansabdor shaxslar uchta asosiy toifaga: oliy fuqarolik chinovniklari; harbiy chinovniklar; turli xil maslahatchilar, avliyolarga bo`lingan. Shuningdek davlatning muhim ajralmas qismi hisoblangan armiya va turmalar ham mavjud bo`lgan.

Miloddan avvalgi XII asrda Shan (In) davlati ichki ziddiyatlar kuchayishi natijasida tushkunlikka uchragan. Miloddan avvalgi 1076 yilda Chjou qabilasi in armiyasini tor-mor etgan, Shan davlati qulagan, uning o`rniga Chjou podsholigi tashkil topgan.


Download 92.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling