1. Etologiya fanining predmeti va uslublari haqida? Etologiya
Instinktlar va ularning nomoyon bo`lish xillari?
Download 119.37 Kb.
|
ETOLOGIYA JAVOB
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulq-atvor biologiyasi
11.Instinktlar va ularning nomoyon bo`lish xillari? Hayvonlar xulq-atvori va xatti-harakatlari hayvonlarning boshqa organizmlar va muhit bilan oʻzaro munosabatlarining barcha koʻrinishlarini oʻz ichiga oladi.Shuningdek, xulq-atvor stimul, yaʼni tashqi va ichki signallarga yoki signallar kombinatsiyasiga javoban organizm faoliyatidagi oʻzgarish sifatida ham taʼriflanishi mumkin.Xulq-atvor yoki xatti-harakatni toʻliq tushunish uchun biz uning qanday sodir boʻlishi, individda qanday rivojlanishi, organizmga qanday foyda keltirishi va qanday paydo boʻlgani toʻgʻrisida bilishni xohlaymiz.Baʼzi xulq-atvor va xatti-harakatlar tugʻma, yaʼni nasldan naslga oʻtgan, boshqalari esa oʻrganilgan, yaʼni tajriba orqali rivojlangan boʻladi. Koʻpgina hollarda xulq-atvor va xatti-harakatlar ham tugʻma, ham oʻrganilgan qismlarga ega boʻladi.Xulq-atvor va xatti-harakatlar tabiiy tanlanish asosida shakllanadi. Koʻpgina xatti-harakatlar organizmning moslanuvchanligini bevosita oshiradi, yaʼni ularga tirik qolish va koʻpayish uchun yordam beradi.Olmaxonlar yongʻoqlarni yer ostiga koʻmib qoʻyganiga hech guvoh boʻlganmisiz? Mushugingiz odatda ovqatlantirish vaqti yaqinlashgani sari miyovlashni boshlaydimi? Kechki ovqat payti yaqinlashgani sari siz oshxonada oʻralasha boshlaysizmi?
Agar siz ushbu narsalardan biriga ahamiyat bergan boʻlsangiz, tabriklaymiz, siz xulq-atvor biologiyasida birinchi kuzatuvlaringizni oʻtkazgan ekansiz! Bularning barchasi organizmlarning xulq-atvori va xatti-harakatlariga misollardir. Aslida, yuqoridagi bu xatti-harakatlar tabiatda koʻrishimiz mumkin boʻlgan hayratlanarli va xilma-xil xatti-harakatlarning kichik namunasidir.Biz xulq-atvor va xatti-harakatdan qanday foydalanishimiz mumkin deb soʻrashimiz mumkin, lekin nima uchun foydalanmasligimiz kerak deb soʻrashimiz toʻgʻriroqdir. Hayvonlarda hayotning tasavvur qilish mumkin boʻlgan barcha jihatlari, yaʼni ovqat qidirishdan tortib to juftlarini qidirish, raqiblar bilan urishish va naslni koʻpaytirishgacha boʻlgan xulq-atvorlari mavjud. Bu xatti-harakatlarning baʼzilari organizm genlarida tugʻma, yaʼni nasldan naslga oʻtgan. Masalan, olmaxon va u yaxshi koʻrgan eman yongʻogʻi bunga misoldir. Boshqa xatti-harakatlar, masalan, oshxonada tushlik payti tushlik tayyorlashga moyilligingiz yoki ushbu ekrandagi soʻzlarni oʻqiy olishingiz mumkinligi oʻrganilgan xatti-harakatdir. Ushbu maqolada biz hayvonlarning xatti-harakatlari, u qanday oʻrganilishi, qanday rivojlanishi va qanday qilib tugʻma yoki oʻrganilgan boʻlishini koʻrib chiqamiz.Boshqacha qilib aytganda, hayvonlar xatti-harakati hayvonlar oʻz turlarining boshqa aʼzolari, boshqa tur organizmlari va atrof-muhit bilan oʻzaro munosabatlarining barcha koʻrinishlarini oʻz ichiga oladi.Shuningdek, xatti-harakat tor maʼnoda stimul, yaʼni tashqi va ichki signallarga yoki signallar kombinatsiyasiga javoban organizm faoliyatidagi oʻzgarish sifatida ham taʼriflanishi mumkin.Masalan, itingizning ovqatni koʻrganda reaksiya qilishi (stimul) – soʻlagi oqishi mumkin (xatti-harakatdagi oʻzgarish). Xulq-atvor biologiyasi bu xulq-atvor va xatti-harakatlarning biologik va evolyutsion asoslarini oʻrganuvchi boʻlimdir. Zamonaviy xulq-atvor biologiyasi etologiya va qiyosiy psixologiyaning muayyan tamoyillariga tayanadi.Etologiya ekologiya yoki genetika kabi biologiya sohalaridan biridir. U turli xil organizmlarning tabiiy muhitdagi xulq-atvori va xatti-harakatlarini oʻrganadi.Qiyosiy psixologiya inson psixologiyasi boʻyicha qilingan ishlarning keng davom ettirilishidir. Bunda asosiy eʼtibor laboratoriya sharoitida bir nechta turlarni oʻrganishga qaratilgan.Shuningdek, xulq-atvor biologiyasi biologiyaning koʻplab sohalariga, shu jumladan, genetika, anatomiya, fiziologiya, evolyutsion biologiya va albatta, hayvonlarning xatti-harakatlarini neyron tarmoqlari bilan bogʻliqlikda oʻrganuvchi neyrobiologiyaga ham tayanadi. 1.G`oziyev E.G, Psixologiya.Uzmu.2004 2.Andreev O.A,Treniruem svoe vnimanie/seriya”Psixcheski praktikum”,-Rostovn/D:”Feniks”,2004.-232s. 3.Andreev O.A, Trenerium svayu pamyat/Seriya “psixologi” 4.Petroviskiy Download 119.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling