1. Etologiya fanining predmeti va uslublari haqida? Etologiya


Xatti-xarakatning hayvonlar hayotidagi ahamiyati?


Download 119,37 Kb.
bet41/56
Sana16.06.2023
Hajmi119,37 Kb.
#1507058
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   56
Bog'liq
ETOLOGIYA JAVOB

44.Xatti-xarakatning hayvonlar hayotidagi ahamiyati? Sabab: xatti-harakat boʻlishiga nima sabab boʻladi? Xatti-harakatni nima qoʻzgʻatadi va uni amalga oshirishda qaysi tana qismlari, funksiyalari va molekulalari ishtirok etadi?
Misol: vyuroklarda sayrashni potensial juftning yaqinligi, shuningdek, muayyan gormonal holat kabi ijtimoiy signallar qoʻzgʻatadi. Sayrash qobiliyati erkak gormonlari taʼsirida qoʻzgʻaladi va asosan erkak qushlarda uchraydi. Bronxlardagi havo qopchalaridan havo sirinks deb ataladigan organ orqali oqib chiqqanda kuy taraladi. Kuylashni boshqaradigan miyaning maʼlum bir qismlari erkak vyuroklarda yaxshi rivojlangan boʻladi.Rivojlanish: xatti-harakat qanday qilib rivojlanadi? Xatti-harakat hayotning ilk davrlarida ham mavjud boʻladimi? Organizm hayoti davomida oʻzgaradimi? Uning rivojlanishi uchun qanday tajribalar zarur?Misol: yosh erkak vyuroklar birinchi navbatda yaqin atrofdagi erkaklarning, ayniqsa, otalarining kuylarini tinglashadi. Keyin ular oʻzlari kuylashni boshlaydi. Voyaga yetgan erkak vyuroklar oʻzlarining kuylarini yaratishni oʻrganadi, ular oʻziga xos, ammo koʻpincha otalarining kuylariga oʻxshash. Vyurok oʻz kuyini takomillashtirgandan soʻng, kuy umrbod saqlanib qoladi.Sayroqi turlarni tanib olish. Funksiya/moslanish: xatti-harakat moslanishga qanday taʼsir qiladi? Xatti-harakat organizmning yashash va koʻpayish imkoniyatlariga qanday taʼsir qiladi?Misol: kuylash erkak vyuroklarga juftlarini jalb qilishga yordam beradi va ularning koʻpayish imkoniyatlarini oshiradi. Kuylash urgʻochi qushni oʻziga juft tanlashga jalb qiladigan tanishish marosimining bir qismidir.Filogeniya: xatti-harakat evolyutsion jihatdan qanday rivojlangan? Xatti-harakat yaqin turlar bilan solishtirganda qanday? Nega u bunday rivojlangan?Misol: qushlarning deyarli barcha turlari vokal tovushlarni chiqarishi mumkin, ammo faqat Passeri oilasiga mansub qushlargina kuylovchi qushlardir. Oq-qora chiziqli vyuroklarga nisbatan boshqa kuylovchi qushlar ularning tinglash va mashq qilish bosqichlari davomiyligi, kuyning umr boʻyi oʻzgaruvchanligi, bir kuyning tur orasidagi boshqa aʼzolar kuyi bilan oʻxshashligi va kuylash sababi bilan (masalan, hududni himoya qilish yoki juftlarining uchrashishi uchun) farq qiladi.Xatti-harakatni qoʻzgʻatuvchi signallar Hayvonlarning xatti-harakati ularning ichki yoki tashqi taʼsirga boʻlgan javobidir. Xatti-harakat orqali hayvonlar oʻzlari qabul qilgan maʼlumotlarga asoslanib yashashi mumkin va umid qila olamizki, bu ularning tirik qolishi va reproduktiv mavaffaqiyatga erishishini taʼminlaydi.Qanday signallar xatti-harakatni qoʻzgʻatishi mumkin? Baʼzi holatlarda signal asosan tashqi boʻladi:Gibernatsiyada hayvon uyiga yoki iniga kiradi, metabolik tezligini pasaytiradi va qishda nofaol holatiga oʻtadi, sharoit ogʻir va oziq-ovqat taqchil boʻlganda resurslarni tejaydi. Atrof-muhit signallari koʻpincha gibernatsiya holatini keltirib chiqaradi. Masalan, qoʻngʻir ayiqlar haroratga tushganda va qor yogʻishi bilan uyalariga kirib uxlaydilar.Estivatsiya gibernatsiyaga oʻxshash, ammo u yoz oylarida sodir boʻladi. Baʼzi choʻl hayvonlari quruq sharoitga javoban uxlaydilar. Ushbu oʻzgarish ularga yilning eng ogʻir oylarida omon qolishga yordam beradiMigratsiya – bu hayvonlar mavsumga koʻra bir joydan ikkinchi joyga koʻchib oʻtishi. Masalan, AQSHning shimoliy va markaziy qismida yashovchi monarx kapalaklar kuzda Meksikaga koʻchib, u yerda qishlaydi. Havo harorati va kun uzunligidagi oʻzgarishlar hamda oziq-ovqat tanqisligi kuzgi migratsiyaga sabab boʻluvchi atrof-muhit signallaridir.Boshqa hollarda xatti-harakatni qoʻzgʻatuvchi signallar ichki boʻlishi mumkin. Masalan, baʼzi xatti-harakatlar sirkad ritmi bilan sodir boʻladi, yaʼni ular hayvonlarning ichki biologik soatlari tomonidan qoʻzgʻatiladi. Masalan, biz har kuni deyarli bir vaqtda uygʻonib, faol boʻlishga moyilmiz. Agar uzoq vaqt parvoz qilishimizga toʻgʻri kelib, atrofdagi tashqi signallar oʻzgargan boʻlsa ham, biologik soatimiz avvalgidek vaqtda “ishga tushaveradi”, bu esa desinxronoz, yaʼni vaqt zonasining oʻzgarishi sindromiga olib keladi!Xatti-harakatlar ichki va tashqi signallar kombinatsiyasining oʻzaro taʼsiri natijasida paydo boʻlishi odatiy holdir. Masalan, hayvonlarda juftlashish xatti-harakatlari organizm faqat mos gormonal holatda boʻlganda (ichki signal) va qarama-qarshi jins vakilini koʻrganda (tashqi signal) paydo boʻlishi mumkin.Tugʻma va oʻrganilgan xatti-harakatlar Xatti-harakat qanday rivojlanib borishini va u evolyutsion jihatdan qanday paydo boʻlganini tushunishga harakat qilayotganimizda, muhim bir savol tugʻiladi: xatti-harakat genetik jihatdan oldindan dasturlashtirilganmi yoki tajriba orqali oʻzlashtirilganmi? Keling, quyida baʼzi tayanch atamalarni koʻrib chiqamiz:Tugʻma xatti-harakat genetik jihatdan dasturlashtirilgan va organizmga ota-onasidan meros oʻtgan boʻladi.Oʻrganilgan xatti-harakatlar nasldan naslga oʻtmaydi. Ular organizmning hayoti davomida tajriba va atrof-muhit taʼsiri natijasida shakllanadi va rivojlanadi.Xulq-atvorni oʻrganuvchi biologlar aksariyat xatti-harakatlar ham tugʻma, ham oʻrganilgan tarkibiy qismga ega ekanini aniqladi. Shunday qilib, xatti-harakatning qanchalik tugʻma yoki oʻrganilgan ekanligini bilishimiz muhimdir.Asosan tugʻma xatti-harakatlar Haqiqatan ham toʻlaqonli tugʻma boʻlgan xulq-atvor va xatti-harakatlarga bir necha misollar mavjud. Bunday xatti-harakatlar, hatto organizm hech qachon bunday stimulga oldin duch kelmagan boʻlsa ham, oʻsha stimulga javoban juda aniq tarzda sodir boʻladi.Masalan, voyaga yetgan salamandrani suv ichiga qoʻysangiz, hatto u yoshligida suvni koʻrmagan yoki boshqa salamandraning suzganini hech qachon koʻrmagan boʻlsa ham, bemalol suzib ketaveradi. Ushbu holatda suzish xatti-harakatini salamandrada faqatgina genetik jihatdan oldindan dasturlashtirilgan narsa sifatida tushuntirish mumkin.Xuddi shunga oʻxshab, siz (yoki biron-bir inson) juda issiq narsaga tegsangiz, qoʻlingizni tezda tortib olasiz. Bu javob hissiy va motorli neyron tugunlarida dasturlangan va hatto miyangizga aloqador boʻlmagan refleksdir. Qisman tugʻma, qisman oʻrganilgan xatti-harakatlar Boshqa holatlarda esa organizm xulq-atvorni rivojlantirish uchun genetik jihatdan dasturlashtirilgan, ammo xulq-atvor yoki xatti-harakat shakli insonning tajribasiga bogʻliq boʻladi.Birgina misol, yuqorida koʻrib oʻtganimizdek, zebra chiziqli vyurok yoki boshqa bir sayroqi qushning kuy oʻrganishi. Erkak vyuroklarning barchasi bir yoshda kuy tinglashni va oʻrganishni boshlaydi va biroz katta boʻlganida mashq qilib, oʻzlarining kuylarini chiqaradi. Garchi bu qonuniyat genetik jihatdan belgilangan boʻlsa-da, qush kuylaydigan kuyning aniq xususiyatlari uning oʻrganish davrida tinglagan kuylariga bogʻliq boʻladi.Yana bir tanish misol bu odamlardagi til oʻrganish hodisasidir. Chaqaloqlar til oʻrganish uchun oldindan dasturlashtirilgan, ammo ular qaysi tilni oʻrganishi rivojlanish yoki shakllanish davrida ular qaysi til bilan tanishtirilganiga bogʻliq.Asosan oʻrganilgan xatti-harakatlar Boshqa hollarda xatti-harakatlar koʻp jihatdan tajribaga bogʻliq, yaʼni ular oʻrganilgan boʻlib, ularni genetik jihatdan toʻliq tushuntirib boʻlmaydi. Masalan, kalamush har safar dastakni itarganda oziq-ovqat mukofotini olsa, u oziq-ovqat olish uchun dastakni tezroq itarishni oʻrganadi. Shunga oʻxshab, agar sigir har safar elektr simli toʻsiqqa urilganda uni elektr toki ursa, u tezroq toʻsiqdan qochishni oʻrganadi. Mukofot olish uchun dastakni itarish va elektr simli toʻsiqlarni chetlab oʻtish kalamush va sigirlarda genetik dasturlanmagan, ammo hayvonlarda bu kabi oʻrganilgan xatti-harakatlar tajriba orqali rivojlanadi.

Download 119,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling