1. Falsafa nimani о‘rgatadi? Falsafa yunoncha φιλοσοφία — «donishlikni sevish»


Dunyoqarashning asosiy tarixiy shakllarini ta’riflang


Download 54.5 Kb.
bet3/3
Sana10.01.2023
Hajmi54.5 Kb.
#1086279
1   2   3
Bog'liq
1-mavzu. savollar

4.Dunyoqarashning asosiy tarixiy shakllarini ta’riflang. Dunyoqarash jamiyat rivojiga mos ravishda asta-sеkin takomillashib borgan. Taraqqiyotning kеyingi davrlarida fan sohasida qilingan kashfiyotlar inson dunyoqarashi naqadar chuqurlashib, uning bilimlar doirasi kеngayib kеtganini ko’rsatadi. Bunda vorislik an'anasi yaqqol ko’zga tashlanadi: har bir davrning dunyoqarashi, g’oyaasi o’tmishda qaratilgan ma'naviy qadriyatlarning eng yaxshilarini, ilg’or va ijobiylarini o’zida saqlab qoladi. Shu asosda yangi tamoyillarga ega bo’lgan dunyoqarash ham takomillashib boradi. Oddiy bug’ mashinasidan kosmik rakеtalargacha bo’lgan fan-tеxnika taraqqiyoti bunga yaqqol misol bo’la oladi. Falsafiy dunyoqarashning o’ziga xos xususiyati shundaki, u dunyo qanday bo’lsa, uni shundayligicha, hеch bir yot qo’shimcha va uydurmasiz, hеch qanday mubolag’asiz tushuntiradi. Dunyoni inson ongida bir yaxlit, uzviy aloqadorlik va rivojlanish tarzida aks ettirish falsafiy dunyoqarashning asosiy xususiyatlarini tashkil etadi. Falsafiy dunyoqarash narsa va hodisalarni inson ongida bir yaxlit aks ettirish bilan bir qatorda, u kishilarning tafakkurlash madaniyatini, ichki ma'naviy dunyosini shakllantiradi va boyitadi. Shuningdеk falsafiy dunyoqarash kishilarga xos bo’lgan rostgo’ylik, poklik, insonparvarlik va boshqa olijanob fazilatlarni, axloqiy mе'yorlar, qadriyatlarni mujassamlashtiradi.
5.Falsafaning asosiy masalasini tushuntiring. Falsafaning asosiy masalasi to‘g‘risida har xil qarashlar mavjud. Masalan, hind klassik falsafasi uchun u insonni azob-uqubatdan qutqazishning amaliy yo‘llarini izlash, mayi hokimiyati (xayollar), karm (savob qonuni), azoblar dunyosida – er dunyosida doimo qayta tug‘ilishning zarurligi bilan bog‘liq. Hind donishmandlari uchun falsafa oliy ma’naviy dunyoda o‘limsiz hayotga erishish vositasidir. O‘rta asr diniy falsafasida eng muhimi jonni saqlash va Xudoni bilishdir. Nemis faylasufi Immanuil Kant falsafaning bir nechta masalalarini ifodalaydi: «men nimani bilaman?», «men nima qilishim kerak?», «nimaga men ishonishim kerak?».
Markscha-lenincha falsafada ong va materiya (ong va borliq) ning munosabati asosiy masala sifatida qaraladi. Bu holda, bu masalaning ikki jihati bor. Birinchi: nima birlamchi – ruh yoki materiya (ontologik jihat). Bu savolga javob berishiga qarab faylasuflar materialistlar va idealistlarga bo‘linadi: materialistlar (Brixaspati, Charvak maktabi, Levkipp, Demokrit, Kondilyak, Lametri, Golbax, Gelvesiy, Feyrbax, Marks, Engels, Lenin va boshqalar) va idealistlar (Budda, Platon, Aristotel, Origen, Avgustin, Foma Akvinskiy, Dekart, Leybnis, Shelling, Gegel, Solovyov, Berdyaev va boshqalar). Idealizm doirasida ob’ektiv va sub’ektiv idealistlar mavjud. Materializm doirasida: qadimgi tarqoq, sodda qadimgi materializm, Yangi dunyoning mexanik materializmi va XIX-XX asrlardagi dialektik materializm.
Ikkinchi marksistlarcha falsafa asosiy masalasining (gnoseologik) jihati: dunyoni bilish mumkinmi? degan savol. Yanada aniqroq ifodalansa u quyidagicha: ong borliqni aynan ifodalashga qodirmi? Dunyoni to‘la va qisman bilishni inkor qiluvchilar agnostiklar (sofistlar maktabi, D. Yum, pozitivizm va neopozitivizmdagi ba’zi bir oqimlar, Dj. Santayana va boshqalar) deyiladi.
Hozirgi kunda ularning muqobili sifatida sinergetik materializmning tabiat va jamiyat olamini tushuntirib berishga qaratilgan harakatlari ham falsafiy ta’limot sifatida falsafiy bilimlar tizimidan joy olmoqda.
Download 54.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling