1. Falsafa nimani о‘rgatadi? Falsafa yunoncha φιλοσοφία — «donishlikni sevish»
Download 54.5 Kb.
|
1-mavzu. savollar
1.Falsafa nimani о‘rgatadi? Falsafa (yunoncha φιλοσοφία — «donishlikni sevish», yunoncha φιλέω — «sevaman» va yunoncha σοφία — «donolik») — eng umumiy fan (nazariya), dunyoqarash shakllaridan biri bo'lib inson faoliyati sohalaridan biri. U kishi qanday yashashi, hayot kechirishi kerak (etika); qaysi narsalar mavjud va ularning tabiati qanday (metafizika); bilim nima (epistemologiya); hamda qanday fikrlash toʻgʻri (mantiq) ekanligini hal qilishga urinadi. Falsafa, avvalo, muayyan ilmiy bilimlar tizimidir. U, bir tomondan, insonning voqеlikni aql vositasida idrok etishi, ikkinchi tomondan, ongning afsona va rivoyatlar asosidagi shakllardan uzil-kеsil ajralish jarayoni natijasidir. Bu ikki jihat bir-biri bilan uzviy bog’liq. Chunki bеhuda xayolparastlik, havoyi va afsonaviy fikrlash tarzidan xalos bo’lish ilmiy bilimlarni egallash orqali ro’y bеradi. Eng muhimi, falsafa kundalik turmushda uchrab turadigan eskilik asoratlari, bid'at va chеklanishlarga muxolif bo’lgan hurfikrlilikdir. Falsafa aynan ana shunday yangi dunyoqarashning shakllanishi uchun asos bo’ldi. 1. Falsafa fan sifatida butun olam haqidagi bilimlarni eng umumiy tarzda o‘rganadi va umumiylik xususiyatiga ega bo‘lgan «borliq»,«ruh»,«ong»,«qonun»,«qonuniyat»,«sababiyat» kabi kategoriyalara aks ettiradi va tushuntiradi. Maxsus aniq fanlar esa borliqning u yoki bu tomonlarini, ularning tarkibiy tuzilishiga va harakatlanish mexanizmlariga oid bo‘lgan ba’zi bir tomonlarini alohida tarzda o‘rganadi va maxsus alohida tushunchalarda aks ettirgan holda bayon qiladi. Masalan, tibbiyotshunoslik fanida «yurak», «jigar», «buyrak» va shunga o‘xshash. 2. Aniq ilmiy bilimlar har bir narsani aniq, ravshan holda bayon qiladi va boshqacha tarzda talqin qilishiga hojat qoldirmaydi. Falsafiy bilimlar esa plyuralistik ahamiyatga ega bo‘lib,bir masalani bir necha xil tarzda talqin qilish xusussiyatlariga egalik qilishi bilan aniq ilmiy bilimlardan farq qiladi. Shuning uchun ham falsafani tabiat va jamiyatda yuzaga kelgan muammoning umumiy yechimini topish,istiqbollarini oldindan bashorat qilishni turli xil nuqtai nazardan ( din va fan, dunyoviylik yoki dahriylik) hal etishga qaratilgan umumiylik maqomiga ega bo‘lgan fan sifatida e’tirof etiladi. 3. Falsafa fan sifatida aniq ilmiy fanlar bilan yaqinlashar ekan,o‘zining holatini mantiqiy jihatdan asoslash,isbotlash,ularni nazariy shaklda ifodalashga harakat qiladi. Aniq ilmiy bilimlar ob’ektiv bo‘lib,insonning maqsadlari va qadriyatlariga nisbatan betaraflik kasb etadi.Masalan,fizika va kimyo formulalari axloqiy qadriyatlar jumlasiga kirmaydi. Dunyoga nisbatan bo‘ladigan falsafiy qarashlar hamma vaqt sub’ektiv bo‘lib, u yoki bu narsa,hodisa,jarayonlarga nisbatan «befarq» emas.Chunki,har qanday falsafiy fikr odamlarning maqsad va manfaatlari prizmasi orqali hosil qilinadi. Bunda,aniq fanlar «nega,nimaga», falsafa esa «qanday maqsadda,kim,nima uchun»,degan savolga javob topishga urinadi. 4. Maxsus aniq fanlarning qonunlari borliqdagi narsalarning ob’ektiv aloqadorliklarini, munosabatlarini mavjud sharoitda o‘zgarmas, doimiylik tarzda aks ettiradi. Masalan, kimyo,fizika,biologiya qonunlari insonning amaliy faoliyati davomida ulardan unumli foydalanish maqsadida kashf qilinadi. Aytaylik,fizika va mexanika qonunlari kashf qilinmaganda - zamonaviy kosmik tadqiqotlar yoki inson fiziologiyasi qonunlari kashf qilinmaganda - zamonaviy tibbiy davolash ham bo‘lmagan bo‘lar edi. Demak, falsafa ilmining boshqa maxsus aniq fanlardan farqi, unda empirik qonunlarining yo‘qligidir. Shuningdek,uning bilish usullari sifatidagi eksperemental yoki matematik bazaning mavjud emasligidir. Bu esa falsafa o‘rganadigan muammolarining natijalarini aniq tekshirib ko‘radigan vositalar bilan jihozlangan tashkilotlariga ega emasligi sababli,qoidaga muvofiq,yagona falsafiy etalonining ishlab chiqilmaganligidir. Boshqa aniq maxsus fanlarning barcha ilmiy jamoatchilik tomonidan tan olingan o‘ziga xos etalonlari mavjud bo‘lib, ularning soni yil sayin ortib borishi bilan odamlarda katta qiziqish o‘yg‘atayotganligi bilan xarakterlanadi. 5. Barcha aniq maxsus fanlar inson faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan moddiy olamning ob’ektiv tarkibiy tuzilishini, ayni vaqtda inson dunyosining ko‘proq tashqi tomonini bilish shakli sifatida faoliyat yuritsa, falsafa esa inson refleksiyasi shakli sifatida inson ma’naviy dunyosining ichki tajribasi rivojini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Fan odamlarning faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan ob’ektiv olamni bilish shakli bo‘lsa, falsafa esa insonning reflektiv shakli hisoblanadi. Download 54.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling