1 fan: dinshunoslik


Islom ta’limotiga ko‘ra, oldingi ilohiy kitoblar buzilib ketganligi sababli Qur’on ularning ta’limotini tiklab kelgan


Download 1.01 Mb.
bet3/11
Sana03.12.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1800523
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MUXLISA-DINSHUNOSLIK

Islom ta’limotiga ko‘ra, oldingi ilohiy kitoblar buzilib ketganligi sababli Qur’on ularning ta’limotini tiklab kelgan.

  • Islom ta’limotiga ko‘ra, oldingi ilohiy kitoblar buzilib ketganligi sababli Qur’on ularning ta’limotini tiklab kelgan.
  • Qur’oni karim – Alloh tarafidan 23 yilga yaqin muddat mobaynida Muhammad payg‘ambarga oyatma-oyat, sura-sura tarzida nozil qilingan ilohiy kitobdir. Bu kitob islom dinining muqaddas manbai hisoblanadi. Islom ilohiyot maktablaridan biri ahl as-sunna va-l-jamoa ta’limotiga ko‘ra, Qur’on Alloh taoloning so‘zi va uning azaliy ilmidir.
  • Qur’on islom huquqining bosh manbai sifatida tavsiflashda uning odamlar shrtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soluvchi normalari orasida diniy-axloqiy mo‘ljallar shakliga ega bo‘lgan va faqihlar tomonidan talqin qilish uchun keng imkoniyat yaratadigan umumiy qoidalar ancha ko‘p ekanligini e’tiborga olish zarur.
  • Qur’on (arab.“al-Qur’on”-o‘qimoq, qiroat qilmoq; jamlash)-
  • musulmonlarning muqaddas kitobi. Unda 114 ta sura bo‘lib, har birining o‘z nomi bor. Ba’zi suralarning avvalidagi so‘zdan olingan, ba’zilarining esa, o‘sha surada zikri ko‘proq kelgan narsalarning nomiga qo‘yilgan.

Qur’on matni sura va oyatlardan tashqari yana 30 ta «juz» (o‘zbekcha

  • Qur’on matni sura va oyatlardan tashqari yana 30 ta «juz» (o‘zbekcha
  • «pora») larga bo‘lingan. SHuni aytish kerakki, pora sura va oyatlarga o‘xshab Qur’onning ilk tuzilishi bilan bog‘liq emas, balki o‘qishda qulaylik tug‘dirish uchun keyinchalik Qur’on matnini hajm jihatidan teng bo‘laklarga bo‘lishdan iborat bo‘lgan. SHu sababli eng uzun 2-sura poradan ko‘proq bo‘lgani holda, oxirgi qisqa suralardan 37 tasi bir porani tashkil etadi. Qur’on suralarining xronologik nozil bo‘lishi, Makka davri Jami: 86 ta sura, Madina davri Jami: 28 ta suradir.
  • Qur’oni Karimning oyat va suralari payg‘ambarimiz og‘zaki qabul qilinib, yoddan talafuz qilinar edi. Qur’on matnini to‘plash va kitob shakliga keltirish Payg‘ambar vafotidan keyin amalga oshirilgan.bu jihatdan payg‘ambarning oxirgi vidolashuv xaji deb nomlangan nutqiga e’tiborni qaratish lozim. Payg‘ambarimiz (sav) Arafotda 124 ming hojilar xuzurida olamshumul, mashhur xutbalarini o‘qiganlar.
  • “Ey, insonlar so‘zlarimni diqqat bilan eshitingiz. Bilmayman bu sanadan keyin Siz bilan bu erda yana bir bor birga bo‘lolmasman. Ey insonlar! Bu kuningiz (Qurbon kuni) qanday muqaddas bo‘lsa, bu oyingiz qanday muqaddas bo‘lsa, bu shahrimiz (Makka) qanday muqaddas bir shahar bo‘lsa, bilingizki jonlaringiz, mollaringiz ham shu kabi muqaddasdir. Ularga qilingan har qanday tajovuz haromdir.
  • Ashobim! Hushingizni yig‘ib oling! Bilingizki, zinhor-bazinhor mendan keyin eski adashuvga qaytib bir biringizning bo‘yningizni kesmang!
  • Ashobim! Eski johiliyat davridan qolgan hamma qon davolari batamom bekor qilindi.
  • Ashobim! Kimning yonida bir omonat bo‘lsa uni egasiga qaytarib bersin!
  • Ey insonlar! Xotilarning haqlariga rioya etingiz. Ular bilan shavqat, mehr ila muomalada bo‘lingiz. Ularning haqlari xususida Allohdan qo‘qingiz! Xotinlar Tangrinig omonatidir.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling