1. Fanning maqsadi, vazifalari va predmeti


Pulning kelib chiqish sabablari nimada?


Download 130.4 Kb.
bet2/39
Sana16.06.2023
Hajmi130.4 Kb.
#1509071
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
pul va banklar

4. Pulning kelib chiqish sabablari nimada?
Pul va uning vazifalari to‘g‘risida mavjud xorijiy mamlakatlar iqtisodchilarining qo‘llanmalarini olib qaraydigan bo‘lsak, pulning kelib chiqishi to‘g‘risida ikki xil g‘oya mavjudligini ko‘rishimiz mumkin. Bular ratsionalistik va evolyutsion g‘oyalardir.
Ratsionalistik qarashning asoschilaridan biri Arastu bo‘lib, u pulning kelib chiqishining asosini o‘zaro bir-biriga teng qiymatni harakatga keltiruvchi biror bir maxsus «qurol», kishilar orasida o‘zaro kelishuv natijasida qabul qilingan shartli birlik ekanini aytadi. O‘zaro tovarlarni almashtirishda pul qatnashmaganda, tovarni sotish jarayoni tovarni sotib olish jarayoni sifatida yuzaga kelgan. Tovarlar o‘rtasidagi proporsiya tasodifan, masalan, sotilishi kerak bo‘lgan mahsulotga talab qay darajada va uning miqdori kam-ko‘pligiga bog‘liq holda o‘rnatilgan. Keyinchalik, shu tovarlar ichidan umumiy ekvivalent sifatida ba’zi tovarlar ajralib chiqdi. Jamiyatning rivojlanishi muomalaga metallarning kirib kelishiga olib keladi.
Pulning kelib chiqish tarixi ko‘proq pulning evolyutsion nazariyasi bilan bog‘liq. Tovar muomalasining evolyutsion rivojlanish jarayonida umumiy ekvivalent shaklini har xil tovarlar o‘ynagan. Har bir jamoa o‘z tovarini ekvivalent sifatida o‘rtaga qo‘ygan. Lekin jamiyat taraqqiyoti shu tovarlar ichidan ikki guruh tovarlarning ajralib chiqishiga olib keldi. Bular - birinchi ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan tovarlar va zebu ziynat tovarlari.
5. Pulning zarurligini asoslang?
Ijod qilinadi bunga
6. Tovar – nima?
Tovar (rus.) — 1) ishlab chiqarish.iqtisodiy faoliyatning moddiybuyum shaklidagi har qanday mahsuloti; 2) sotuvchilar va xaridorlar oʻrtasida oldisotdi, bozor munosabatlari obʼyekti. T. bozorda sotish, ayirboshlash uchun va shu orqali boshqalarning ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqariladigan mehnat mahsulotidir. T. faqat modsiy shaklga ega boʻlmay, u turli xizmatlar, maʼnaviy neʼmatlar va boshqa koʻrinishlarda ham boʻlishi mumkin. T. shaklini olgan mahsulot ikki yoqlama xususiyatga ega boʻlishi, yaʼni bir tomondan, u faqat sotish uchun ishlab chiqarilgan, ikkinchidan, kishilarning bironbir ehtiyojini qondira olishi kerak. Iqtisodiyotda T.ning bu ikki yoqlama xususiyati — isteʼmol qiymati, uning mehnat mahsuli ekanligi qiymat tarzida oʻrganiladi.

Download 130.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling