12. Pulning toʻlov vositasi vazifasi nimada?
Tovarlar har doim ham naqd pulda sotilavermaydi. Tovar sotuvchi tovarni sotish uchun muomalaga olib chiqqan vaqtda tovarni sotib olish uchun iste’molchining yetarli naqd puli bo‘lmasligi mumkin. Natijada tovarni kreditga sotishga zarurat tug‘iladi, ya’ni tovarning pulini to‘lash muddati kechiktiriladi. Tovar kreditga sotilganda, pul tovarning bahosini aniqlashda qiymat o‘lchovi funksiyasini bajaradi, lekin u muomala vositasi bo‘la olmaydi. Iste’molchi sotib olgan tovari uchun uning pulini to‘lov muddati kelgandan keyingina to‘laydi. Bu holda tovar va pulning harakati bir trayektoriyada, bir vaqtning o‘zida, bir-biriga qarama- qarshi tura olmaydi.
Tovar harakati amalga oshgandan ma’lum vaqt o‘tgandan keyin pul harakati sodir bo‘ladi. To‘lov vositasi funktsyasining asosiy xususiyati tovar va pul harakatining bir vaqtda amalga oshmasligi, harakatning bir tomonlamaligi va harakatda bo‘linishlar mavjudligidadir.
Pulning to‘lov vositasi sifatida ishlatilishi nafaqat tovar kreditga sotilganda sodir bo‘ladi, balki barcha jarayonlarda tovarlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar o‘sha zahotiyoq naqd pulda amalga oshirilmasa, bunday iqtisodiy munosabatlar pulning to‘lov vositasi funksiyasi yuzaga kelishidan dalolat beradi.
To‘lov vositasida sotuvchi tovarning pulini olguncha tovar iste’molchi ixtiyoriga kelib tushadi va u o‘z ehtiyojini qondirish uchun tovardan to‘la foydalanishi mumkin.
13. Pul munosabatlarining bozor munosabatlariga muvofiqligi.
Ijod qilinadi
14. Pul – nima?
Pul — bu shunday maxsus tovarki, u hamma boshqa tovarlar uchun umumiy ekvivalent vazifasini bajaradi. Pul umumiy tovarlarni ayrboshlashda asosiy vazifasini bajaradi. Qadimda pul vazifasini turli xil tovarlar bajargan, masalan, chorva mollari, mol terilari, bolta va hokazo. Keyinchalik pul vazifasini qimmatbaho metallar bajargan, chunki ular oʻzini sifatini yoʻqotmaydi va pul oʻrnini bosishda juda qoʻl kelgan. Pul oddiy mahsulot boʻlib qolmay, u ijtimoiy qiymatga ega, yaʼni hamma tovarlarni harid etish vositasi boʻlib hizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |