1. Fanning maqsadi, vazifalari va predmeti


Download 130.4 Kb.
bet1/39
Sana16.06.2023
Hajmi130.4 Kb.
#1509071
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
pul va banklar


1. Fanning maqsadi, vazifalari va predmeti.
“Pul va banklar” fanini maqsadi ta’lim oluvchilarni pul-kredit sohasi qonuniyatlari, uni ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi tutgan o‘rnini o‘rgatishdan iborat. Shu bilan birga “Pul va banklar” fanining vazifalari bo‘lib ta’lim oluvchiga zamonaviy pul, kredit va bank nazariyasini o‘rgatish; pul-kredit munosabatlarini va rivojlanish yo‘nalishlarini o‘rgatish; hozirgi zamon pul-kredit tizimi qonuniyat- larini tahlil etish; inflatsiya va uni keltirib chiqaruvchi omillarni o‘rganish va ularni boshqarishni ko‘rsatib berish hisoblanadi.
Fanning predmeti, pulning paydo bo‘lish sabablari, pul shakllari va turlarining evolyutsiyasi, uning mohiyati va uning namoyon bo‘lish shakllari, funksiyalari, qiymat shakllarining evolyutsiyasi. Qiymatning shakllari, boshqa iqtisodiy kategoriyalardan ajralib turuvchi o‘ziga xos xususiyatlari hamda kredit pullari va ularning turlarini chuqurroq o‘rgatadi.
2. Fanning boshqa iqtisodiy fanlar bilan oʻzaro aloqadorligi.
Shuning uchun “Pul va banklar” fani “Bank ishi”, “Soliqlar va soliqqa tortish”, “Moliyaviy menejment”, “Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalari” fanlari bilan chambarchas bog‘liq.
3. Pulning mohiyati nimada?
Har bir iqtisodiy kategoriyada amal qiluvchi hamda mamlakat rivojlanishining asosiy dastaklaridan biri pul bo‘lib, bozor iqtisodiyotiga o‘tish va unda ish yuritishda pulning mavqei va ahamiyati yanada oshib boradi. Darhaqiqat, pul – “bozor tili” deb bekorga aytishmagan. Har bir iqtisodiy axborot, tovarlar va xizmatlar bahosi, to‘lovlar, daromadlar va xarajatlar, moliyaviy talablar va majburiyatlar, iqtisodiy aloqalar makro va mikro darajalarda faqat pulda ifoda qilinadi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida pulning ahamiyatini oshishi shundaki, jamiyatimizda mavjud yuridik va jismoniy shaxslar faoliyati hamda ularning natijasi daromadi pul bilan bog‘liq. Shuning uchun ham pul barcha iqtisodiy rivojlanish pog‘onalarida odamlarni o‘ziga jalb qilib kelgan.

Download 130.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling