Moliya bozori va Hosilaviy qimmatli qog’ozlar


Download 15.87 Kb.
Sana03.04.2023
Hajmi15.87 Kb.
#1322564

Moliya bozori va Hosilaviy qimmatli qog’ozlar
1.Moliya bozorining oʻziga xos xususiyati toʻgʻri keltirilgan javobni aniqlang?.
A.bu bozor pul mablagʻlari oqimini jamgʻaruvchidan qarz oluvchiga tomon yoʻnaltiruvchi bozor institutlari jamlanmasidir
B.bozorda savdo qilinadigan qimmatli qogʻozlar asosan qisqa muddatli hamda likvidlilik darajasi yuqori boʻlgan instrumentlar hisoblanad;
C.bu bozorda qimmatli qogʻozlarni qoʻshimcha joylashtirish faqat yopiq xarakterga egadir
D.bozorda operatsiyalar asosan monitar siyosat, davlatlar va xalqaro moliya tashkilotlari darajasida amalga oshiriladi

2.Moliyaviy instrumentlardan foydananish asosida moliyaviy vositachilar orqali vaqtincha boʻsh pul mablagʻlarini qayta taqsimlash yuz beradigan bozor qanday nomlanadi?


A. moliya bozori
B.sugʻurta va xususiy pensiya bozori
C.qimmat baho metallar bozori
D.qimmatli qogʻozlar bozori

3.Moliya bozorining funksiyalari notoʻgʻri keltirilgan javobni aniqlang?.


A. kapitalni jamlashda qatnashmasligi
B.kapitalni vaqt, tarmoqlararo va mamlakatlararo qayta taqsimlash
C.risklarni boshqarish
D.axborotlar assimmetriyasi bilan bogʻliq muammolarning oldini olish}
4. Moliya bozorlarida investorlar oʻz kapitallarini qay tartibda joylashtiradi?
A.vositachilar orqali
B.investorlar orqali
C.korxonalar orqali
D.banklar orqali}

5. Moliya bozorining asosiy vositachilar qatori notoʻgʻri keltirilgan javobni belgilang?


A.emitentlar
B.tijorat banklari
C.birjalar
D.kollektiv investitsiyalash institutlari}
6.Qarz majburiyati yoki ulush munosabatini yuzaga keltiruvchi moliyaviy aktiv – bu …?.
A. moliyaviy instrument
B.moliyaviy majburiyat
C.konosament
D.indossament}

7. Instrumentlari muomalada boʻlish muddatiga koʻra moliya bozori qanday turdagi bozorlarga ajratiladi?


A.pul bozori va kapital bozori
B.birlamchi va ikkilamchi bozor
C.birjaviy va nobirjaviy bozor
D.milliy va halqaro bozorlar}

8. Kontinental modelida bozordagi moliyaviy vositachi funksiyalari kim tomonidan bajariladi?


A. tijorat banklari
B.nobank moliya institutlari
C.qimmatli qogʻozlar boʻyicha kompaniyalar
D.broker hamda dilerlar orqali}

9.Qaysi mamlakatlar iqtisodiyotini moliyalashtirishda asosan qimmatli qogʻozlar bozori orqali moliyalashtirish usulidan foydalaniladi?


A.Amerika qoʻshma shtatlari, Buyuk Britaniya
B.Germaniya, Nirderlandiya
C.Yaponiya, Shveysariya
D.Shvetsiya, Fransiya}

10.Islom modelining shakllanish sababi toʻgʻri keltirilgan javobni aniqlang?


A.neft eksportidan yuqori daromad kelishi sababli
B.obligatsiyalar bozorining mavjud emasligi sababli
C.foiz olishga qoʻyilgan taʼqiq sababli
D.biznesga investitsiya kiritishdagi turli cheklovlar sababli}
Download 15.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling