1. Fanning maqsadi, vazifalari va predmeti
Soʻnggi merkantilistlarning eng taniqli vakili kim?
Download 130.4 Kb.
|
pul va banklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 73. Markaziy bankning pul-kredit siyosati to’g’risida tushuncha.
72. Soʻnggi merkantilistlarning eng taniqli vakili kim?
So‘nggi merkantelistlarning eng taniqli vakili Tomas Men hisoblanadi. T.Men ilk merkantalistlardan farqli ravishda pulning muhimligi jamiyat boyligining manbai ekanligida emas, balki mamlakat ichidagi tovarlar va pullarning harakatiga ta’siridadir, degan xulosaga keldi. T.Men birinchi bo‘lib, metallilik nazariyasiga yangilik kiritdi. Ushbu yangilik quyidagilardan iborat: 1. Mamlakat savdo balansi ijobiy saldoga ega bo‘lganda, tovarlarni import qilish mumkin. 2. Agar mamlakat uchun foydali bo‘lsa, oltin va kumushni xalqaro savdoni rivojlantirish uchun ishlatish mumkin. Tomas Men aytadiki, pul savdoni yaratadi, savdo esa pulni ko‘paytiradi. Tomas Men birinchi bo‘lib, umumiy savdo balansi degan tushunchani kiritgan. 73. Markaziy bankning pul-kredit siyosati to’g’risida tushuncha. Markaziy bank orqali davlatning iqtisodiy siyosati, yanada aniqrog‘i davlatning pul-kredit siyosati olib boriladi. Markaziy bankning pul-kredit siyosati davlatning iqtisodni boshqarish siyosatining bir qismi bo‘lib, muomaladagi pul massasi, kredit hajmi, foiz stavkalari darajasini va boshqa pul muomalasi va ssuda kapitali bozori ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lgan chora- tadbirlar yig‘indisidan tashkil topadi. Pul-kredit siyosatining asosiy maqsadi milliy valuta barqarorligini ta’minlash, valuta kursi va foiz stavkalarini oqilona o‘rnatish asosida inflatsiya sur’atlarini kamaytirish, kreditdan foydalanishning samaradorligini oshirish va iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlashdan iborat. Pul-kredit siyosati ikki yo‘nalishda olib borilishi mumkin. Birinchi yo‘nalish - kredit ekspansiyasi bo‘lib, bu siyosat pul-kredit emissiyasini rag‘batlantirish yo‘li bilan olib boriladi, ya’ni ishlab chiqarish sur’atlari tushib ketgan holda, konyunkturada rivojlanishga erishish mumkin. Ikkinchi yo‘nalish - kredit restriksiya siyosati bo‘lib, u iqtisodiy o‘sish davrida pul-kredit emissiyasining qisqarishiga asoslanadi. Markaziy bank “tor” va “keng” ma’noda pul-kredit siyosatini olib borishi mumkin. “Tor” siyosatda valuta bozorida investitsiya, hisob stavkasi va qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foiz stavkalariga ta’sir qiluvchi boshqa instrumentlar yordamida valuta kursini maqbulliliga erishish tushuniladi. “Keng” siyosatda muomaladagi pul massasiga ta’sir qilish orqali inflatsiyaga qarshi kurash olib borish tushiniladi. Pul-kredit siyosatining xalqaro jihatlari valuta kursi, valuta zaxiralari va to‘lov balansi kabi masalalarning yechimiga qaratilgan bo‘ladi. Markaziy bank ruxsat etilgan instrumentlar yordamida pul muomalasini boshqarib boradi. Markaziy bankning pul-kredit siyosatining asosiy instrumentlari bo‘lib, quyidagilar hisoblanadi: - minimal majburiy zaxira normalarini o‘rnatish; - foiz (diskont) siyosati; - tijorat banklarini qayta moliyalashtirish; - ochiq bozor siyosati; - targetlash va boshqalar. Download 130.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling