1. Fasafaning predmeti
Цивилизация тушунчаси ва унинг типлари «
Download 133.18 Kb.
|
salom falsafa
94. Цивилизация тушунчаси ва унинг типлари
«Sivilizatsiya» tushunchasi. Ma’lumki, lotin tilidagi «civilis» so‘zi asosida shakllangan, fuqaroviy, ijtimoiy degan ma’nolarni anglatadigan mazkur tushunchani ilm-fan tarixida dastlab Shetland tarixchisi va faylasufi A.Fergyusson (1723—1816) jahon tarixiy jarayonining ma’lum bir bosqichini ifodalash uchun, fransuz ma’rifatparvarlari esa aql-idrok va adolatga asoslangan jamiyat, degan ma’noda ishlatgan edilar. Undan keyin ham sivilizatsiya tushunchasiga turlicha mazmun berish davom etdi. Ayrim holda uni madaniyatning, ba’zan faqat moddiy madaniyatning sinonimi sifatida ishlatgan bo‘lsalar, nemis faylasufi O.Shpengler esa, aksincha, uni madaniyatning antipodi ma’nosida, ya’ni madaniyatning halok bolish jarayoni bosqichini xarakterlash uchun, ingliz sotsiologi va tarixchisi A.Toynbi esa o‘ziga xos va nisbatan yopiq bolgan jamiyatlarni ifodalash uchun ishlatgan.Sivilizatsiya tushunchasining mazmunini belgilashda turfa xillik hozirgi vaqtda ham saqlanib qolmoqda. Bu tushuncha: 1) ijtimoiy rivojlanishning yovvoyilik va varvarlikdan keyin keladigan bosqichini; 2) umuman kishilik jamiyati rivojlanishining ma’lum bir bosqichini (masalan, neolit, nokapitalistik yoki hozirgi zamon sivilizatsiyasi); 3) ma’lum bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyani; 4) geografik jihatdan farqlanuvchi birliklarni (masalan, Yevropa yoki Osiyo sivilizatsiyasi); 5) diniy mansubligiga kola, farqlanuvchi madaniy birliklarni (masalan, xristian yoki islom sivilizatsiyasi); 6) kelib chiqishi va planetar mansubligiga kola farqlanuvchi birliklarni (masalan, Yer sivilizatsiyasi, Yerdan tashqaridagi sivilizatsiyalar); 7) etnik asosga kola farqlanuvchi ijtimoiy-madaniy birliklarni (masalan, qad. Misr yoki Bobil sivilizatsiyasi) va shu kabi ma’nolarni ifodalash uchun qollanib ketmoqda. 95. Маданият ва цивилизация мутаносиблиги «Madaniyat» tushunchasi. Bu tushuncha (arabcha shaharga oid, farovon maskan, taraqqiyot o‘chog‘i) tabiat va o‘zaro munosabatlarda aks etadigan inson faoliyatining o‘ziga xos shaklini ifodalaydi va individning hayotiy faoliyati (shaxsiy madaniyat), ijtimoiy guruh yoki jamiyatning faoliyat usuli (ijtimoiy madaniyat)ni aks ettiradi. Dastlab madaniyat tushunchasi insonning tabiatga maqsadga muvofiq tarzda ta’siri (yerga ishlov berish, tabiiy boyliklardan foydalanish va h.k.) hamda insonning o‘zini tarbiyalashi va bilim olish ma’nosida qo‘llangan bo‘lsa, keyinchalik turli xalqlar madaniyatning o‘zaro yaqinlashuvi, munosabatlarining ifodasi o‘laroq jahon madaniyati, tamaddunlar madaniyati tushunchalari paydo bo‘ldi. 96. Оммавий маданиятнинг шаклланиш тарихи ва ҳозирги даврдаги шакллари. Ommaviy madaniyat deb berilgan madaniyatning bosh oqimiga kiruvchi gʻoya, nuqtai nazar, koʻrsatma, mem,[1] imij va boshqa ijtimoiy fenomenlar toʻplamiga aytiladi. 20-asr oʻrtalaridan boshlab ommaviy madaniyatga ommaviy axborot vositalari kuchli taʼsir oʻtkaza boshladi.Ommaviy madaniyat koʻpincha keng aholi qatlamiga xush kelishi uchun soddalashtirilgan va ahamiyatsiz mavzularga berilgan, deb qaraladi. Natijada ommaviy madaniyat dinchi va kontrmadaniyatchilar tomonidan yuzaki, isteʼmolparast sensualist va buzuq, deb tanqid qilinadi.Mutaxassislar (faylasuf va sotsiolog olimlar)ning fikricha, hali ilm-fanda „antikultura“ („gʻayrimadaniyat“) degan ilmiy tushuncha shakllanmaganligi uchun „Pop (ommaviy) madaniyat“ tushunchasi, nochorlikdan qoʻllanilmoqda. Chunki, „ommaviy madaniyat“, aslida madaniyatsizlik, yaʼni maʼnaviyatsizlik va axloqsizlik sinonimidir. „Ommaviy madaniyat“ shu boisdan, eng avvalo, yuksak isteʼdod va oʻlmas maʼnaviy-axloqiy gʻoyalar bayroqdori boʻlgan mumtoz madaniyatga, sanʼatga, uning boyliklariga qarshi tish-tirnogʻi bilan kurashib, uni inkor etib keladi. 97 yoq 98. Онглилик ва онгсизлик диалектикаси.Ong — psixik faoliyatning oliy shakli. U fakat insonga xos fenomendir. O., uning mohiyati masalasi eng qad. muammolardan biri. O.ni dastlab diniy va mifologik karashlar doirasida tushuntirishga uringanlar. O.ni liniy tushuntirish uni iloxiy hodisa, xudo yaratgan moʻʼjiza tarzida talkin qilishga asoslanadi. Koʻpgina dinlarda inson O.i buyuk ilohiy aqlning namoyon boʻlish shakli tarzida tavsiflanadi. Bunday qarashlarning ildizi juda qad. boʻlsada, ular hamon oʻzining koʻplab tarafdorlariga ega. Kimki olam va odam yaratilganligini tan olar ekan, O. ham yaratganning qudrati deb hisoblaydi. O.ning mohiyatini izohlashda 2-yoʻnalish — bu O. moddiy olamni inson miyasida aks etishi deb tushunish, uni inson tanasi faoliyati bilan bogʻlab talqin etishdir. Ayni vaqtda ma-terialistik yoʻnalish nomini olgan bunday yondashuvlar doirasida O.ning mohiyatini buzib talqin qilish hollari ham paydo boʻldi. Vulgar materializm deb nom olgan oqim namoyandalarining fikricha, xuddi jigar saf-roni ishlab chiqargani kabi, miya ham O.ni ishlab chiqarar emish. Bunday yondashuv natijasida O. ideal emas, moddiy hodisa degan xulosa kelib chiqadi. Vaholanki, safroni koʻrish mumkin, ammo O.ni koʻrib ham, ushlab ham boʻlmaydi. Aslida O. tarixi insonning inson boʻlib shakllana boshlashi tarixi bilan bogʻliqdir. Inson ham biologik, ham ijtimoiy mavjudot ekan, demak, O. ham biologik va ijtimoiy taraqqiyot mahsulidir. O. insonning fikr va hislari, sezgilari, tasavvurlari, irodasi va karashlaridan tashkil topgan. Oʻzoʻzini anglash, xotira, iroda, nutq O.ning asosiy jihatlaridir. Hozirgi zamon fani O. materiyaninguzoq davom etgan evolyusiyasining natijasi ekanligini tan oladi. Materiya, tabiat hamma vaqt mavjud boʻlib kelgan, inson esa moddiy dunyoning nisbatan soʻnggi taraqqiyotining mahsulidir. Materiya taraqqiyoti, fikrlay oladigan insonning paydo boʻlishi uchun bir necha million yillar kerak boʻlgan. O. tabiat taraqqiyoti mahsuli, materiyaning xossasidir, barcha materiyaning emas, balki oliy darajada tashkil topgan materiyaning , yaʼni inson miya-sining mahsulidir. Lekin O.ning boʻlishi uchun miyaning oʻzigina bulishi yetarli emas. O. insonni qurshab turgan tabiiy va ijtimoiy muhit bilan chambarchas bogʻlangan va shu muhitning taʼsirida faoliyat koʻrsata oladi. 99Клипли тафаккур ва технологик тараққиёт. Ongsizlik (psixologiyada) — ong ishtirokisiz sodir boʻladigan ruhiy jarayon va holatlar. O., koʻpincha, badan harakatida, xotira, xayolda na-moyon boʻladi. Real mavjud, lekin sezilmaydigan qoʻzgʻatgichlar vujudga keltiradigan javob taʼsirotlarida, asli ongli paydo boʻlib, takrorlanishi natijasida avtomatlashib ketgan harakatlarda va boshqa holatlarda roʻy beradi. Mac, odam oʻz oʻyxayollariga choʻmgan holda uyiga qaytadi va har holda yoʻldan adashmasdan keladi. Agar u biror xavfni sezib qolsa, bu xavfning sababi va qandayligini hali anglamasdan turib ham, himoya harakatini qiladi. Bemor psixikasida vujudga keladigan alahlash, gallyusinatsiya kabi patologik hodisalar, uxlash, gipnoz vaqtida, lunatizm va shahrik. chogʻida yuz beradigan psixik faoliyat ham O. holatiga kiradi. 3. Freyd O.ni sof irratsionalis-tik tarzda talqin etadi. Uning fikricha, ong bilan O. oʻrtasida murosasiz qarama-qarshilik bor. Insonning bu-tun xattiharakati ana shu qarama-qarshilik bilan belgilanadi. O.ni odam anglashga va payqashga jurʼat etolmaydi, u insondagi azaliy mayllar maskanidir. 100. Фалсафий антропология. Инсонга фан нуқтаи назаридан ёнлашув. Фалсафий антропология инсоннинг алоҳида борлиқ манбаи сифатида келиб чиқиши, тадрижий ривожланиши ва мавжудлигининг ўзига хос хусусиятларига доир фалсафий қарашларни акс эттиради. XIX аср ўрталарига келиб инсон ўта мураккаб структура эканлиги, уни фақат фалсафа ёки бошқа бирон-бир муайян фан методлари билан тўла англаб етиш мумкин эмаслиги, яъни инсон жамулжам ҳолда аниқ билим предмети бўла олмаслиги аниқ-равшан бўлиб қолди. Шунингдек, айрим табиий фанлар, ҳар бири ўз соҳасида, вақт ўтиши билан умумийроқ хулосаларга келишни талаб этувчи салмоқлиматериал тўплади. Бундай умумлаштиришга эҳтиёж Дарвиннинг эволюцион назарияси пайдо бўлиши билан айниқса бўртиб кўрина бошлади. Бу назария инсонга оид табиий-илмий тадқиқотларга кучли туртки берди, шунингдек материалистик фалсафий концепциялар ривожланиши учун қўшимча асос бўлиб хизмат қилди. Insonga falsafa nuqtai nazaridan yondashuv. Insonni qurshagan tabiat haqida bilimlar to’planishi va ularning rivojlanishiga qarab, odamzotning o’z-o’ziga bo’lgan qiziqishi ham kuchayib bordi, inson borlig’ining bu sohadagi tadqiqotlar uchun yanada kengroq imkoniyatlar yaratuvchi yangi vayangi o’ziga xos xususiyatlari aniqlandi. Odatda, jamiyat hayotida tarixan qisqa vaqt ichida jiddiy va teran o’zgarishlar yuz bergan, insoniy munosabatlar negizini tashkil etuvchi eskicha tasavvurlar va qarashlar ta’sirida butunlay o’zgargan davrlarda insonga bo’lgan falsafiy qiziqish ayniqsa kuchaygan. Bunday davrlarda falsafada insonning mohiyati, uning burchi, vazifasi va yuzberayotgan voqyealar uchun javobgarligi haqidagi azaliy masalalarga bo’lgan qiziqish yana kuchaygan. Shunday qilib, falsafaning ontologiya, gnoseologiya, etika, estetika kabi bo’limlari bilan bir qatorda, inson haqidagi bilimlar sohasi asta-sekin shakllanib bordi. 101.Шарқ фалсафасида инсон муаммоси. Sharq falsafasida inson muammosi. O‘rta asr falsafasining shakllanish jarayoni Osiyo, Afrika mamlakatlarida, xususan Markaziy Osiyoda islom dinining kirib kelishi va uning rivojlanishi bilan bevosita bog‘liqdir. Musulmon faylasuflari ham odam bilan olam orasidagi o‘zaro aloqadorlik muammolarini bilishga intildilar. Insonning jismi bilan uning ruhiyati, ma’naviyati orasida aloqadorlik mavjudlik kabi savollarga javob topmoqchi bo‘ldilar. Bu savollarga javobni musulmon faylasuflari Qur’oni karimdan izlaydilar. Qur’oni Karimning 7 A’raf surasining 11, 12, 15 – Xizr surasining 26 oyatlarida dastlabki odam (Odam Ato) suratini, Olloh qora botqoqdan, ya’ni loydan yasaganligi, keyin unga tiriklik ya’ni jon ato etganligi, Momo Havoni esa Odam Atoning chap biqinidan yaratilganligi habar qilinadi. Inson borlig‘i haqidagi dastlabki tasavvurlar qadimgi Sharq mamlakatlari, ayniqsa Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo xalqlari tomonidan yaratilib, miflar, ertaklar, dostonlar, qo‘shiqlarda o‘z ifodasini topgan. Odamlar va Xudolarning turmush tarzlari bir xil, hatto ular bir xil xislatlar, fazilatlar va bir xil nuqsonlarga ega bo‘lganlar. Lekin Xudolar qudratli, kuchli, salobatli, hamma narsaga qodir, deb ta’riflangan. Dastlabki inson obrazini qadimgi Hind Vedalarida tasvirlangan. Eramizdan avvalgi XII-VII asrlarda yaratilgan Hind Vedalarida 4 asosiy kitob Rigveda, Atxarvaveda, Samoveda, Yajurveda, ya’ni diniy bilimlar, gimnlar, qo‘shiqlar, to‘plamlarida insonning qiyofasi haqidagi dastlabki fikr-mulohazalarni uchratish mumkin. Vedalarda yozilishicha, bir butun yaxlit borliqning ayrim xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan inson ikki yirik mohiyat: tana bilan jonning qorishmasidan iborat. Tana bilan jon esa, hamisha o‘zaro aloqadorlikda, biri ikkinchisi bilan bog‘liq. 102. Ғарб фалсафасида инсон муаммоси. O‘rta asr falsafasining shakllanish jarayoni Evropada xristian dinining vujudga kelishi va uning tarqalishi bilan bog‘liq. Xristian dini eramizning I-II asrlarida Rim imperiyasining Sharqiy viloyati Falastinda paydo bo‘lib, O‘rta yer dengizi atrofiga yoyildi. Islom dini eramizni VII-VIII asrlarida uchta qit’a (Afrika, Osiyo va Evropa)ni qamrab oldi. Antik dunyoda ko‘p xudolilik dinlari hukmron bo‘lgan bo‘lsa, o‘rta asrlarga kelib yakka xudolik dinlari hukmron bo‘lib oldi. Shuning uchun o‘rta asr falsafasining ildizlari iudaizm, xristianlik va islom dinlariga borib taqaladi. Xristian falsafasi insonda xudoga o‘xshash fazilatlar, xislatlar mavjud ekanligini birinchilardan bo‘lib isbotlashga harakat qildi. Xristianlik dinigacha hech qaerda, hech qachon xudo bilan inson qiyofasi bir-biriga o‘xshaydi deb tasvirlanmagan. Bu ikki asos: inson va xudo, hech qachon bir-birlari bilan qo‘shilib ketmagan edi. Xristianlik dini o‘zining transsendental xususiyatiga ko‘ra, xudo bilan koinotga hukmronlik da’vosini qildi. 103.Янги даврда инсонга қизиқиш Янги давр фалсафаси инсоннинг моҳияти ва ѝз-ѝзини англаши муаммоларига қайтиши билан ажралиб туради. Томас Гоббс, механик материализм тарафдори ѝлароқ, инсоннинг руҳий дунѐси механик куч-ғайрат ва ҳаракатлар мажмуасидан бошқа нарса эмас, деб ҳисоблади. Унинг фикрича, инсон фақатгина мураккаб тузилган механизмдир холос, у механика қонунларига бѝйсунади. Гоббс руҳнинг алоҳида субстанция сифатида мавжудлигини инкор этди. Рене Декарт инсоннинг дуалистик концепциясини ишлаб чиқди. У инсон ѝлик механизм (тана) билан иродага ва фикрлаш қобилиятига эга бѝлган субстанция (руҳ)нинг қѝшилувидан ташкил топган, деб ҳисоблади. 104. Инсоннинг биоижтимоий моҳияти. Фалсафий антропология ечадиган муҳим муаммолар орасида инсон биологик ва ижтимоий моҳиятининг ўзаро нисбати тўғрисидаги масала алоҳида ўрин эгаллайди. Инсон жонли табиатнинг бир қисми, шунингдек биологик эволюция маҳсули эканлиги ҳозирги замон табиатшунослиги фанида нафақат олимлар ва мутахассислар, балки маърифатли одамларнинг кенг доираси учун ҳам аниқ-равшан ва деярли шакшубҳасиз далилга айланди. Ҳар бир инсон ўз биологик хусусиятлари: генетик коди, вазни, бўйи, мижози, териси ва сочининг ранги, яшаш муддати ва шу кабиларга кўра бетакрордир. Бироқ айни вақтда инсон ижтимоий мавжудот эканлиги, унинг ўзига хослиги ва бетакрорлиги одамзотнинг ижтимоий табиати, у камол топган, таълим-тарбия олган, маданий ва ахлоқий қадриятлар ва мўлжалларни ўзлаштирган ижтимоий муҳит билан белгиланиши ҳам шак-шубҳасиздир. Айни шу сабабли инсон индивиди нафақат биологик, балки ижтимоий мавжудот сифатида ҳам ўзига хос хусусият касб этади. Бошқача айтганда, инсоннинг камол топиши жамиятда ва фақат жамиятда юз беради. 105. Инсонни тушунишда дуализм ва монизм. Дуалистик ёндашуводамзот, бир томондан, моддий организмдан, бошқа томондан эса – мустақил моҳият саналадиган ва бу организмни бошқарадиган номоддий жондан ташкил топган мавжудот сифатида қаралади. Монистик концепцияси инсон руҳияти, унинг туйғулари, фикрлари, эмоциялари ва кайфияти инсон организмининг таркибий қисми саналган бош мия нерв ҳужайралари ҳаёт фаолиятининг маҳсулидан ўзга нарса эмас, деган тушунчадан келиб чиқади. 106. Биологизаторлик ва социологизаторлик Биологизаторлик концепциялари. Биологизаторлик концепцияларининг тарафдорлари инсонни унинг табиий, биологик асосидан келиб чиқиб тушунтиришга ҳаракат қилади. Биологизаторлик ёндашувлари XIX ва XX асрлар чегарасида Дарвиннинг табиий танланиш ҳақидаги таълимотини мутлақлаштириб, нафақат инсоннинг келиб чиқиши, балки унинг моҳиятини, пировард натижада эса – бутун ижтимоий муносабатлар табиатини тушунтиришга ҳаракат қилган социал -дарвинистларга ҳам хосдир. Ҳозирги вақтда бу йўналишни одамларга ҳам, ҳайвонларга ҳам тенг даражада хос бўлган ирсиятга урғу берувчи социобиология давом эттирмоқда. Социологизаторлик концепциялари. Биологизаторлик ёндашувига зид ўлароқ, социологизаторлик ёндашуви инсон табиатини ижтимоий муносабатларда кўришга ҳаракат қиладилар. Бунда улар баъзан нафақат инсоннинг ижтимоий асосини унинг биологик асосига қарама-қарши қўядилар, балки сўнгги зикр этилган асосни ҳайвоний ва ҳаттоки тубан, шу боис жиддий эътиборга лойиқ эмас, деб ҳисоблайдилар. 107. . Ҳаётнинг маъноси ва унда инсонинг вазифаси. Har bir inson o‘z umri mobaynida ana shu savollarga javob topishga urinadi va hayotining ma’nosini o‘ziga xos tarzda tushunadi. Shu bois u axloqshunoslikning ancha murakkab tushunchalaridan hisoblanadi. Avvalo shuni aytish joizki, hayotning ma’nosini yashashdan maqsad degan tushuncha bilan qorishtirib yuborish hollari ko‘p uchraydi. Vaholanki, ularni aynanlashtirish mumkin emas, Chunki hayotning ma’nosi maqsadga nisbatan juda qamrovli tushuncha, o‘z ichiga o‘nlab, balki yuzlab maqsadlarni oladi, aniqrog‘i, u muayyan maqsadlar tizimidan tashkil topadi. Shu bois kimningdir biror-bir ezgu maqsadi amalga oshmay qolsa, uning hayotini «ma’nosiz» deb bolmaydi. Ba’zan hayot «ma’nosiz» kechishi ham mumkin. Bunda kishidagi maqsadlar o‘tkinchi, mayda, yuksak orzu-intilishlardan yiroq, hayvoniy, tuban, hatto yovuz bo‘lishi mumkin. Mazkur kishi — «hayot egasi»ning bunday tabiati jamiyat erishgan axloqiy daraja bilan baholanadi. Zero, kimdir o‘z hayoti ma’nosini qanday yo‘l bilan bo‘lmasin boy-badavlat, to‘kin-sochin yashashda de tushunadi: harom-xarishning farqiga borib o‘tirmaydi, birovning haqidan qo‘rqmaydi yoki qanday vositalar bilan bo‘lmasin, martabaga erishishni o‘z oldiga hayotiy maqsad qilib qo‘yadi, faqat «yulsam» deydi. Boshqa birov esa qonunni buzmaydi, lekin o‘zgalarga qayishishni xayoliga ham keltirmaydi, hech kim bilan ishi bo‘lmaydi, faqat «o‘z qobig‘ida» yashashni afzal ko‘radi. Yana bir toifa odamlar borki, ular hayotining ma’nosini eng yuksak qadriyatlar bilan bog'laydilar va jamiyatda yuksak axloq egasi, go‘zallik oshuftasi, e’tiqodi but kimsalar sifatida e’tibor qozonadilar. Ular oliy ideallarga intilib, fidoyilarcha umr kechiradilar. Hayotining ma’nosini o‘zidan keyin qoldiradigan «ikkinchi umr»da ko‘radilar. Biz yuqorida ko‘rib chiqqan toifalar ikki umumiy ijtimoiyma’naviy guruhning biriga, ta’bir joiz bo‘lsa, shartli ravishda dunyoviy deb ataladigan qismiga mansub. Ikkinchi guruhni esa e’tiqodiy-diniy deb nomlash mumkin. Bu guruh hayotning ma’nosini xudoni topishda, unga yetishishda deb biladi. Bunda goho cherkov yoki shariat aqidalari orqali emas, balki muhabbat vositasida ham xudoga murojaat qiladilar. Ma’lum bolyaptiki, hayotning ma’nosini tushunishda har ikki ijtimoiy-ma’naviy guruhda ham turli qarashlar mavjud. Lekin ular bir masalada yakdil: ular hayotning ma’nosi o‘z manfaatlarini o‘zgalar manfaati bilan bog‘lab, oliy qadriyatlar va yuksak aqidalarni ichki shior qilib yashashdadir, degan axloqiy qoidaga binoan umr kechiradilar. 108 yoq 109. Inson va jamiyat hayotida axloq talab qiluvchi, tartibga soluvchi,boshqaruvchi, yo‘naltiruvchi kuch bo‘lganligi uchun ham buyuk mutafakkirlar, shoirlar, olimlar, davlat va jamoat arboblarining diqqatini o‘ziga tortib kelgan. Axloqning mohiyatini, tabiatini tadqiq qilish tarixiylik va mantiqiylik, tizimli yondashuv usullari (metodlari) orqali ish ko‘rishni taqozo etadi. Axloq ilmini o‘rganishga bag‘ishlangan xorijiy va o‘zbek tilidagi adabiyotlarda «axloq», «etika», «moral» degan tushunchalar ko‘plab ishlatiladi. Eramizdan avvalgi IV asrda yashagan yunon faylasufi Arastu «etos» so‘zidan ikkita: «Etika» (axloq) va «Etikaviylik» (axloqiylik) degan tushunchalarni keltirib chiqaradi. U«axloqiylik»ni inson qalbining takomillashgan sifatlari — xotirjamlik, og‘irlik, vazminlik, bosiqlik, mardlik, botirlik, jasurlik, qahramonlik, o‘rtachalik, mo‘tadillik va hokazolarni ifodalovchi tushuncha deb bilgan.Etika axloqning kelib chiqishi va mohiyatini, kishining jamiyatdagi axloqiy munosabatlarini o‘rganadi. «Axloq» so‘zi arabchadan olingan bo‘lib, insonning muomala va ruhiy xususiyatlari majmuyini, fe’lini,tabiatini anglatadigan «xulq» so‘zining ko‘plik shaklidir. «Axloq» iborasi ikki xil ma’noga ega: umumiy tushuncha sifatida u fanning tadqiqot obyektini anglatsa, muayyan tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xatti-harakatining eng qamrovli qismini bildiradi. 110. Qadimgi davr axloqshunosligida paydo bolgan falsafiy-axloqiy ta’limotlardan biri gedonizm bo‘lib, uning mohiyatiga ko‘ra inson faqat jismoniyrohatlanmasdan, ruhiy huzurlanish xususiyatiga egadir. Gedonizm ta’limotining asoschisi Aristippdir (e.av. 435—355-y.y.). U Suqrotning zamondoshi bo‘lib , insonning ruhiy holati ikki turda bo‘lishini aniqlaydi. Birinchisi, inson ruhining rohatlanishi bo‘lsa, ikkinchisi noxush og‘riqli holatidir. Insonning butun hayot mazmuni rohatlanishdan, huzurbaxshlikdan iborat, degan g‘oyani ifoda etadigan tushuncha bu gedonizm (qad. yun. Hedone - zavqlanish, rohatlanish)dir. Gedonizm ta’limotiga ko‘ra, inson o‘z hayotining tabiiy ehtiyoji, asosiy harakatlantiruvchi kuchi sifatida huzurbaxshlikka, rohat-farog‘atga intiladi. Gedonizm (qadimgi yunoncha "zavq, zavq") aksiologik ta'limot bo'lib, unga ko'ra zavqlanish eng yuqori yaxshilik va hayotning ma'nosi, yagona yakuniy qiymatdir (qolgan barcha qadriyatlar vositadir, ya'ni erishish vositasidir. zavq). Gedonizm ko'pincha utilitarizm bilan tenglashtiriladi, ammo bu ta'limotlar o'rtasida farq bor. Gedonizm sof aksiologik ta'limotdir: u o'zini qimmatli deb da'vo qiladi, lekin odamlarning o'zini qanday tutishi kerakligini belgilamaydi. Gedonizm o'z-o'zidan to'liq axloqiy tizim emas, u faqat uni qurish uchun qiymat asosi bo'lib xizmat qilishi mumkin. Utilitarizm - bu odamlarning xulq-atvori uchun o'ziga xos ko'rsatmalar beradigan oqibatli axloqiy ta'limot. Utilitarizm odamlarning harakatlari bir-biriga imkon qadar ko'proq zavq keltirishi va azob-uqubatlarni kamaytirishi uchun to'g'ri jamiyat tashkil etilishi kerakligini ta'kidlaydi. Gedonizm, utilitarizmdan farqli o'laroq, sof shaxsiy, egoistik intilishlarga ham imkon beradi. Evdemonizm (qadimgi yunoncha eὐdaimonia - farovonlik, baxt, baxt) baxtga erishish istagini axloq mezoni va inson xatti-harakatlarining asosi sifatida tan oladigan axloqiy yo'nalishdir. Evdemonizm tarafdorlarining fikricha, inson uchun eng oliy yaxshilik bu baxtdir. Ta'limoti evdemonizm bilan bog'liq bo'lgan Aristotelning fikriga ko'ra, baxt "biz har doim o'zimiz uchun tanlaymiz va hech qachon boshqa narsa uchun tanlaymiz" [1]. O'rta asr mutafakkirlari orasida evdemonizm Foma Akvinskiy ta'limotiga xos bo'lib, eng oliy baxt Xudoni bilish va uni kelgusi hayotda ko'rish qobiliyatidir, degan fikrga asoslanadi 111. Евгеника ва биоэтиканинг ахлоқий жиҳатлари. «Bioetika» tushunchasi insonning butun tiriklikka munosabatini ko‘rib chiqadigan masalalar sohasini nazarda tutadi Biologiya va tibbiyot sohasidagi bilimlarning taraqqiyoti, tibbiyot yangi imkoniyatlarining rivojlanishi an’anaviy etika ilgari duch kelmagan muammolarni keltirib chiqardi. Amalda bioetika amaliy etikaga aylandi va asosiy e’tiborni amaliy tibbiyotning axloqiy muammolariga qaratdi. «Bioetika» atamasini amerikalik mashhur onkolog shifokor, olim va insonparvar Van Ranseler Potter (1911—2001) ilmiy muomalaga kiritdi. «Bioetika» atamasini Potter «Bioetika — kelajakka ko‘prik» deb atalgan mumtoz kitobida birinchi marta qo‘llagan. Potterning asosiy g‘oyasi yer yuzida hayotni saqlab qolish muammolarini hal qilish uchun gumanitar fanlar va biologiya fanining sa’y-harakatlarini birlashtirishni nazarda tutadi. Potterning fikriga ko‘ra, bioetika insoniyatning yashab qolishini ta’minlash va butun kishilik jamiyatining sog‘liqni saqlash uchun tibbiyot etikasi bilan atrof-muhit etikasi (ekoetika)ni jahon miqyosida birlashtiruvchi ko‘prik bo‘lishi lozim. Download 133.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling