1. Fasafaning predmeti


Қадрият тушунчасининг маъноси ва унинг турлари


Download 133.18 Kb.
bet24/39
Sana26.01.2023
Hajmi133.18 Kb.
#1127955
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39
Bog'liq
salom falsafa

112.. Қадрият тушунчасининг маъноси ва унинг турлари.
Qadriyatlar ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lib, kishilarning amaliy faoliyati jarayonida shakllanadi va rivojlanib boradi. Qadriyatlar kishilarning turli sohalardagi, avvalo, ishlab chiqarishi, mehnat sohasidagi faoliyati uchun foyda keltiradigan narsa va hodisalar majmuyi bilan bog‘liq holda yuzaga keladi. Axloqiy qadriyatlar esa har bir kishi, millat, elat, xalqning iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy-madaniy, kundalik maishiy turmush faoliyatida nisbatan turg‘un, barqarorlik kasb etib, o‘zligini bildirib, namoyon etib nihoyatda qadrlanadigan, ardoqlanadigan yuksak darajada shakllangan axloqiy sifat va fazilatlardan iborat. Axloqiy qadriyatlarga insonparvarlik, jamoatchilik, adolat, qonuniylik, vatanparvarlik, xushmuomalalik va odoblilik, oddiylik va kamtarlik, halollik va rostgo‘ylik, ochiq ko‘ngillik va mardlik, saxiylik va muruvvatlilik, o‘zaro hurmat, do‘stona munosabat, samimiylik, sabrqanoat,hayolilik va pokizalik, homiylik va saxovat, fidoyilik, sadoqat, mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, sihat-salomatlik, jasurlik va boshqalar kiradi.
113.Муҳаббат, нафрат, бахт ва бахтсизлик тушунчаларининг ахлоқий ва қадриятли жиҳатлари.
Muhabbat va nafrat. Muhabbat inson axloqiy hayotining cho‘qqisi, komillik belgisi, muhabbat — oliy tuyg‘u, shu ma’noda u oliy tushuncha. Muhabbat bosh mezoniy tushuncha sifatida deyarli barcha asosiy tushunchalarda va tamoyillarda o‘z «hissa»siga ega. Shu jihatdan atoqli tasavvufshunos Najmiddin Kornilov: «Juda ko‘p irfoniy tushuncha — istilohlarning sharhi muhabbatga borib taqaladi», - der ekan, ayni haqiqatni aytadi1. Na ezgulikni, na yaxshilikni, na vatanparvarlikni, na insonparvarlikni muhabbatsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Muhabbat ham, axloqshunoslikdagi ko‘pgina tushunchalardek, «juftlik» xususiyatiga ega, uning ziddi — nafrat. Nafrat tushunchasi, albatta, muhabbat singari keng qamrovli emas. U aksil muhabbat tarzida namoyon boladi, obyektdan chetlashishni, undan begonalashishni taqozo etadi. Hazar, jirkanch hissi nafratning kundalik turmushdagi tor, «mayda» ko‘rinishidir. Nafratning ularga nisbatan «yirikligi» uning ijtimoiy hodisa sifatida mavjudligidir.

Download 133.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling