1. Fermer xo‘jaliklarini tashkil etish yo‘llarini ayting? Javob


-modda. Fermer xo‘jaligi ustavining mazmuni


Download 64.9 Kb.
bet2/15
Sana10.11.2023
Hajmi64.9 Kb.
#1764995
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
jn fxteb

9-modda. Fermer xo‘jaligi ustavining mazmuni
Fermer xo‘jaligining ustavida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
fermer xo‘jaligining nomi;
fermer xo‘jaligi boshlig‘ining familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi;
fermer xo‘jaligining joylashgan eri to‘g‘risidagi ma’lumotlar va pochta manzili;
fermer xo‘jaligining ixtisoslashuvi va faoliyatining asosiy turlari;
ustav fondining miqdori.
Fermer xo‘jaligining ustavida qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa qoidalar ham bo‘lishi mumkin.
Fermer xo‘jaligi tashkil etish uchun, avvalo, uni tashkil etmoqchi bo‘lgan shaxs belgilangan tartibda er uchastkasi olishi kerakFermer xo‘jaligi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlarda va zaxira erlarda tashkil etiladi.
Fermer xo‘jaligiga beriladigan er uchastkalarining eng kam o‘lchami O‘zbekiston Respublikasining Er kodeksi bilan belgilanadi.
Er uchastkalari berilganda fermer xo‘jaligi o‘z zimmasiga qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligi (3 yil uchun o‘rtacha yillik hosil hisobida) qonunchilikda belgilangan normativ hosildorlikdan kam bo‘lmasligini ta’minlash majburiyatini oladi. Bu majburiyat er uchastkasini ijaraga olish shartnomasida mustahkamlab qo‘yiladi.
Fermer xo‘jaligi shu xo‘jalik boshlig‘i tomonidan tashkil etiladi, u fermer xo‘jaligiga tegishlicha alohida mol-mulk ajratib beradi va ustavini tasdiqlaydi.
Fermer xo‘jaligi tashkil etish uchun uning boshlig‘i belgilangan tartibda er uchastkasi olishi kerak.


2 savol Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishda xorij tajribasining ahamiyati qanday
Javob Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishda xorij tajribasining ahamiyati haqida gap ketganda Xitoy Xalq Respublikasining hayratlanarli iqtisodiy o‘sishi aynan qishloq xo‘jaligidan boshlangan. Xitoyning bu boradagi tajribasidan biz ham rivojlanish uchun andoza olsak bo‘ladi.
Bir paytlar urushdan horib-charchab, bo‘linib-sochilib yotgan Xitoy 1949 yilda hokimiyatga kelgan Mao Tszedun tomonidan birlashtirildi, yerlar boy zamindorlardan tortib olinib, 300 million dehqonga bo‘lib berildi, sanoatlashish darajasi biroz o‘sdi, xalqning turmush tarzida ijobiy tomonga siljish bo‘ldi.
Biroq, 1952 yildan boshlab xalqning ustidan birin-ketin o‘tkazilgan kommunistik iqtisodiy tajribalar iqtisodiy inqirozga va oxir-oqibat ommaviy ocharchilikka olib keldi. Chunki bu tajribalar xalqning joniga asrlar davomida oro kirib kelgan bozor munosabatlari elementlariga qirg‘in keltirgan edi. Xususiy mulkchilikka qarshi kurashish qizig‘ida oilalardan hatto kichkina tomorqalar va oddiy hunarmandchilik dastgohlari tortib olindi, xususiy tartibda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab-chiqarish man etildi.
Turli ma’lumotlarga ko‘ra, bu davrda 20 milliondan 43 milliongacha inson ochlikdan nobud bo‘lgan.

Download 64.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling