1. Fermer xo‘jaliklarini tashkil etish yo‘llarini ayting? Javob


Xitoy qishloq xo‘jaligini isloh etishda erishilgan yaxshi natija keyinchalik hukumatni boshqa sohalarni ham shu yo‘sinda isloh qilishga undadi


Download 64.9 Kb.
bet4/15
Sana10.11.2023
Hajmi64.9 Kb.
#1764995
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
jn fxteb

Xitoy qishloq xo‘jaligini isloh etishda erishilgan yaxshi natija keyinchalik hukumatni boshqa sohalarni ham shu yo‘sinda isloh qilishga undadi.
Aynan qishloq xo‘jaligida manfaatdorlikni oshirish, ma’muriy boshqaruvni kamaytirish, erkinlashtirish orqali erishilgan yaxshi natijalar boshqa sohalarni ham aynan shu yo‘sinda isloh qilish kerak, degan xulosani o‘rtaga chiqardi. Hayotning o‘zi tuhfa etgan xulosaga quloq tutildi.
«Dehqon xo‘jaliklari mas’uliyati siyosati»ga uyqash «sanoat mas’uliyati siyosati» e’lon qilindi. 1992 yilga kelib esa Xitoyda barcha korxonalar xo‘jalik hisobiga o‘tkazildi. Natijada atigi 5 yil ichida xususiy sanoat korxonalari soni 100 mingdan 5,8 millionga yetdi... Xorijiy kapital ishtirokida qo‘shma korxonalar tashkil qilish mumkin bo‘ldi.
Biroq, bularning hammasiga qishloq xo‘jaligi islohoti omil bo‘ldi. Xitoy dehqonlari boyigani sayin o‘z ehtiyojlari uchun moddiy-texnika resurslarini, sanoat mollarini sotib ola boshlashdi. Sanoat mollariga talab orta boshladi va bu sanoat rivojiga start berdi. Xususan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ko‘paygani qayta ishlash sanoati rivojini ta’minladi – «zanjir» ishga tushdi.
Qishloq xo‘jaligida o‘tkazilgan islohot natijasida mamlakatning umumiy iqtisodiy holati yaxshilandi, narxlar pastladi.
13 yil (1979-1991) ichida Xitoy dehqonlarining toza daromadi odam boshiga 5,3 barobar oshdi, o‘rtacha yillik o‘sish 14 foizni tashkil qildi. Ba’zi yillarda o‘sish 19-21%gacha ko‘tarildi.
Umuman olganda, Xitoy qishloqlarida o‘tkazilgan islohot kichik xo‘jaliklarni har tomonlama rivojlantirish zamirida ulkan salohiyat borligining yorqin namunasidir. Biz o‘rganayotgan holatda, agrar sohasi islohoti boshqa barcha sohalarning rivojiga xizmat qildi, Xitoyning og‘ir kunlarida siyosiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minladi.
2004 yilga kelib Xitoy qishloqlarida 22 milliondan oshiq korxonalar yuzaga keldi, 138 mln odam bu korxonalarda ish bilan band bo‘ldi.
1978 yildan e’tiboran Xitoyning ichki yalpi mahsuloti o‘rta hisobda yiliga 9,6 foizga o‘sdi. Bu har 7,5 yilda ikki barobar ko‘payish degani.

Download 64.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling