1. Ferromagnit Domenlar gisterezis sirtmog‘i


Download 216.27 Kb.
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi216.27 Kb.
#1607778
1   2   3
Bog'liq
Ферромагнетиклар

Domenlar bir-birlaridan ma’lum bir oraliq qatlam bilan ajralgan bo‘ladi. Bu oraliq qatlamda bir domenga xos bo‘lgan spinlar oriyentatsiyasining ikkinchi domenga xos bo‘lgan spinlar oriyentatsiyasiga o‘tish kuzatiladi. Bunday oraliq blox devorlari deb ataladi Blox devorlarining qalinligi kristall panjara doimiysidan bir necha yuzlab marta katta bo‘lishi mumkin. Masalan, -fe uchun uning qalinligi panjara doimiysidan taxminan 300 marta katta (100 nm).


Qo‘shni domenlarning spinlari biridan ikkinchisiga o‘tganda oriyentatsiyalarini rasmdagidek keskin o‘zgartira olmaydi. Bir domendagi spontan magnitlanganlik vektorlari ikkinchi qo‘shni qarama-qarshi yo‘nalishli spinli domenga yo‘nalishini bitta atom tekisligida keskin emas, balki bir necha atom tekisliklarida asta-sekin o‘zgartirib o‘tadi.
spinlarning keskin o‘zgartirishga qaraganda ularni asta-sekin o‘zgartirish uchun kamroq almashinuv energiyasi sarf bo‘ladi va spin yo‘nalishlarining asta-sekin o‘zgarish ehtimoliyati katta bo‘ladi. Sodda qilib aytsak, spinlari qarama-qarshi yo‘nalishli ikki qo‘shni A va B spontan magnitlanganlik
domenlarining orasida shunday soha (Blox devori) bo‘ladiki, bu sohaning A domenga yaqin tomonida A domendagi spin yo‘nalishlari ko‘proq bo‘ladi va B tomonga yaqinlashgan sayin B domendagi spin
yo‘nalishlari ustunlik qila boshlaydi va nihoyat faqat B domendagi barcha spinlarning yo‘nalishlari A domendagi spinlarning yo‘nalishiga qarama-qarshi bo‘lib qoladi
  • Zaif tashqi magnit maydonda bu maydonga qulay moslashadigan oriyentatsiyali domenlarning hajmi oriyentatsiyasi noqulay bo‘lgan domenlarning hajmi kamayishi hisobiga kattalashadi Agar tashqi maydonni olib tashlasak, domenlarning dastlabki shakli va o‘lchamlari qayta tiklanadi. Bu jarayonlar domenlar chegaralarining qaytar siljishi deyiladi
  • Agar H ni oshira borsak, kristall strukturasidagi mavjud nuqsonlar hosil qiladigan to‘sqinliklar tufayli qaytmas jarayonlar boshlanadi. Endi tashqi maydon olib tashlansa, u vaqtda nuqsonlar domenlar chegaralarining avvalgi holatiga qaytishiga xalaqit beradi.
  • Yuqori H da domenlarning magnitlanganligi vektorlarining tashqi magnit maydoni yo‘nalishi bo‘yicha aylanishi sodir bo‘ladi u holda magnitlanganlik texnikaviy to‘yinishga erishadi.
  • III qismidan keyin magnitlanganlikning sekin o‘sishi kuzatiladi. Bunga sabab atomlarning issiqlik harakati bo‘lib, bu harakat T= 0 K temperaturalardan farqli temperaturalarda spontan magnitlangan domenlarning hammasini bir-birlariga prallel oriyentatsiya olishlariga halaqit beradi. Magnitlanishning to‘yinish qismidan keyingi jarayon parajarayon deyiladi.

Download 216.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling