1. Ferromagnit Domenlar gisterezis sirtmog‘i


Download 216.27 Kb.
bet3/3
Sana19.06.2023
Hajmi216.27 Kb.
#1607778
1   2   3
Bog'liq
Ферромагнетиклар

gisterezis sirtmog‘i


Qayta magnitlashning to‘la sikli gisterezis sirtmog‘ini hosil qiladi Gisterezis sirtmog‘ining o‘ziga xos tomoni shundan iboratki, u magnitsizlanish jarayonining avvalgi olgan magnit induksiyasi tufayli tashqi kamayuvchi magnitlovchi maydonning o‘zgarishidan orqada qolishini aks ettiradi. Bu orqada qolish shuni ko‘rsatadiki, ferromagnetik magnitsizlanishida magnitlanish jaryonida olgan energiyasini hammasini qaytarib bermaydi. Magnitsizlanish jarayoni amalga oshuvida bu energiyaning bir qismi yo‘qoladi. To‘la sikl davomida yo‘qotilgan magnit energiyasining qiymati gisterezis sirtmoqlari qamrab olgan yuzaga proporsional bo‘ladi.
Agar magnitlanganlik to‘yinishga yetgandan keyin tashqi magnit
maydon olib tashlansa, u vaqtda ferromagnetik to‘la magnitsizlanmaydi, balki qandaydir jq qoldiq magnitlanganlik saqlanib qoladi. Bu hodisadan doimiy magnitlar hosil qilishda foydalaniladi. Qoldiq magnitlanganlik yo‘q bo‘lishi uchun magnitsizlovchi, maydon kuchlanganligi avvalgi magnitlangan magnit maydoninikiga teskari yo‘nalishda bo‘lgan maydon ta’sir ettirish kerak. Magnitsizlovchi maydon kuchlanganligi
Hc koersitiv kuch deyiladi
Umuman, magnitlanganlikning tashqi magnit maydon kuchlanishiga bog‘liqligini ko‘rsatuvchi j(H) grafigi ferromagnit materiallarning muhim xarakteristikalaridan biridir. Bu bog‘lanish grafigi ferromagnetiklar foydalaniladigan qurilmalarning energiyaviy yo‘qotishlarni hisoblashga
imkon beradi. Gisterezis sirtmog‘ining ko‘rinishiga qarab ferromagnetiklar ikki guruhga bo‘linadi:
Kichik koersitiv kuchga (Hc< 4000 A/m) va tor gisterezis sirtmoqqa ega bo‘lgan ferromagnetiklar yumshoq magnitli materiallar deyiladi.
Katta koersitiv kuchga (Hc≥4000 A/m) va keng gisterezis sirtmog‘iga ega ferromagnetiklar qattiq magnitli materiallar deyiladi.
ferromagnit materialning B magnit induksiyasining tashqi magnit maydonning ±Ht qiymatlari orasidagi o‘zgarishi turli
ko‘rinishda (shaklda) bo‘lishi mumkin Ht – magnit induksigasini to‘yinishiga to‘g‘ri keluvchi tashqi magnit maydon kuchlanganligi.
a – nishob, b – keskin,
g - to‘g‘ri burchakli va d- kvadrat
ko‘rinishdagi gisterezis sirtmoqlari

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 216.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling