1. “Fizika” faniga kirish. Fizika fanining prеdmеti va uslublari. Kinеmatika asoslari


Download 48.03 Kb.
bet3/9
Sana02.06.2024
Hajmi48.03 Kb.
#1835432
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1. “Fizika” faniga kirish. Fizika fanining prеdmеti va uslublari-fayllar.org

Mexanikaning asosiy vazifasi - jismlarning harakat tezligi jism massasi va
unga ta’sir etuvchi kuchlarga bog’liqligini, shuningdek, istalgan vaqtdagi 
vaziyatini aniqlashdan iborat.

Jismning mexanik harakati deb, jismlarning, yoki jism qismlarining bir-
biriga nisbatan fazodagi vaziyatining vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishiga aytiladi. 
Fizikaning, mexanik harakat qonunlari hamda bu harakatni vujudga
keltiruvchi va o’zgartiruvchi sabablarini o’rganuvchi bolimi mexanika deyiladi. 
Mexanika – o’rganilayotgan jismlarning o’lchamlari va tezliklariga qarab

klassik, relyativistik va kvant mexanikalariga ajraladi.

Klassik mexanika – tezliklari yorug’likning bo’shliqdagi tezligidan juda
kichik bo’lgan makrojismlarning harakat qonunlarini o’rganadi (Galiley, N’yuton). 


Relyarivistik mexanika - yorug’likning bo’shliqdagi tezligiga yaqin
bo’lgan tezliklar bilan harakatlanuvchi jismlarning harakat qonunlarini o’rganadi 
(Eynshteyin).


3


Kvant mexanikasi – mikrojismlarning (atomlar va elementar zarralarning) 
harakat qonunlari o‘rganiladi.

Mexanika uchta: kinematika, dinamika, va statika bo’limlaridan iborat.
1. Kinematika – jismlarning harakat qonunlarini, bu harakatni vujudga 
keltiruvchi sabablarni e’tiborga olmay o’rganadi.
2. Dinamika - jismlarning harakat qonunlarini, bu harakatni vujudga 
keltiruvchi va o’zgartiruvchi sabablar bilan birgalikda o’rganadi.
3. Statika – jismlar sistemasining muvozanat qonunlarini o’rganadi va 
fizikada dinamika qonunlari bilan birgalikda ko’riladi.
KINEMATIKA 


Harakatning nisbiyligi:

Barcha jismlarning harakati nisbiy bo‘lib, ularning 


tinch turishi ham nisbiydir.

Sanoq jism: 
Jismning harakati yoki tinch holati qaysi jismga nisbatan 
kuzatilayotgan bo‘lsa, o‘sha jism sanoq jism deb ataladi.


Download 48.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling