1. Fizika tarixi fanining predmeti, vazifalari va tadqiqot usullari


Kepler qonunlari yaratilish tarixi va ularning ahamiyati


Download 125.17 Kb.
bet18/22
Sana11.07.2023
Hajmi125.17 Kb.
#1659672
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
fizika tarixi javoblari

24. Kepler qonunlari yaratilish tarixi va ularning ahamiyati

Jahon astronomiya fani shakllanishi va rivojiga salmoqli hissa qo`shgan Yevropa olimlaridan yana biri Iogann Kepler hisoblanadi. Iogann Kepler (1571-1630 yy.) – nemis astronomi, fizik, matematik va optik olim. Uning astronomiyaga qiziqishiga 1577 yil yorqin kometani (№ C/1577 V1) va 1580 yil 10 avgustda Oy tutilishini o`z ko`zi bilan kuzatishlari sabab bo`lgan. I.Kepler 1591 yilda Tyubingen universitetiga kiradi va N.Kopernik ta’limotini chuqur o`rganadi. Ta’lim jarayonida matematika va astronomiya fanlaridan yuqori natijalar ko`rsatgan-ligi uchun 1594 yilda Avstriyaning Gras shahri universitetiga matematikadan leksiya o`qishga taklif etiladi. I. Kepler 1596 yilda yozgan «Olam sirlari» asarida o`sha paytda ma’lum bo`lgan 5 ta planetaning harakatlanish qonuniyatlarini tushuntiradi va kitobi nusxasini G. Galiley va T. Bragega tanishishga yuboradi. Olimlar uning asarini ijobiy baholaydilar. I. Kepler 1600 yilda sog‘ligi yomonlashgan T. Brage 85 taklifiga ko`ra Pragaga oilasi bilan ko`chib keladi va olimning astronomik kuzatishlar olib boruvchi, tadqiqotlar natijalarini tahlil etuvchi eng yaqin va iqtidorli yordamchisiga aylanadi. 1601 yil 24 oktabrda T. Brage vafotidan keyin I.Kepler uning o‘rniga saroy astronomi lavozimida uning tadqiqotlarini davom ettiradi. 1604 yil 17 oktabrda I. Kepler, «Ajdarho» yulduzlar turkumida yangi paydo bo`lgan yorqin yulduzni (yulduzlar jadvalidagi № SN 1604 ) ko`radi va qariyb 1 yil davomida uni kuzatadi va olgan natijalarini 1605 yilda «De Stella Nova in Pede Serpentarii» asarida tahlil etadi. T. Bragening Uraniborg observatoriyasida to`plagan astronomik kuzatishlar natijalari tahlili asosida, 1609 yilda "Yangi astronomiya" shoh asari yaratildi va unda planetalar harakatlanishining 1- va 2-nchi qonunlari va Mars sayyorasining koinotda harakatlanish xususiyatlari yoritildi. I. Kepler bu qonuniyatlar va Oy ta’sirida ro`y beradigan okean sathi o`zgarishlari zamirida samoviy jismlar o`rtasidagi o`zaro ta’sir kuchlari (butun olam tortilish qonuni) yotishini taxmin qilsada, ammo, o`z astronomik hisoblashlari va natijalarni tahlil etishda ulardan foydalanmadi. Mexanika birincni qonunining dastlabki ta’rifini berdi, «inersiya» atamasini fanga kiritdi, «Yangi astronomiya asarida» bir jinsli jismlar o`rtasida tortishish yoki birlashish kuchlari mavjudligini aytib o`tdi va ularning bosh harakatlantiruvchi kuchi sifatida Kuyosh ta’siri va magnetizm hodisasini keltirdi. Ammo, I.Kepler bu qonuniyatlarning matematik asoslangan ifodasini bera olmadi. Shu sababli, klassik mexanika qonunlarining kashfiyotchisi buyuk ingliz olimi I.Nyuton hisoblanadi



Download 125.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling