1. Fizika tarixi fanining predmeti, vazifalari va tadqiqot usullari
Download 125.17 Kb.
|
fizika tarixi javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Issiqlik tabiati.
30. Issiqlik va kalloremetriya
1702 yilda Giyom Amonton (1633-1703) Galiley termometrini takomillashtirib, absolyut sovuq holat (absolyut nol) ta’rifini beradi. U «Absolyut sovuq holatda havo shunchalik zichlashadiki, uning hajmi nolga teng bo’ladi» deb ta’kidlaydi. Germaniyalik olim Daniel Farangeyt (1686-1736) yaratgan termometr (simobli va spirtli) hozirgilardan kam farq qilar edi. Temperatura shkalasining noli qilib u sovuq muz holati (00) yuqori chegarasi 960 ni, ya’ni kishi tanasi haroratini oladi. Keyinchalik Selsiy shkalasi (00 S va 1000 ) qabul qilindi. 00 S — suvning muzlash, 1000 S — suvning qaynash temperaturalari. XVIII asr boshlarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish ehtiyoji tug’iladi. Bu muammoni hal etish uchun par mashinalarini yaratish va takomillashtirishni taqozo etar edi. Issiqlik tabiati. Issiqlik to’g’risida qadimdan ikki xil ta’limot mavjud edi. Birinchi ta’limot: issiqlik, bu modda (teplorod), ikkinchi ta’limot esa uni moddaning holati deb qarab kelinar edi. Rodjer Bekon va Keplerlar issiqlik bu moddani tashkil etuvchi ichki qismlarning harakati bilan bog’liq, deb qarashdi. Keyinchalik Boyl issiqliq jismni tashkil etuvchi molekulalar harakati bilan bog’liq, deb aytadi. Parij akademiyasi issiqlik tabiatini tushuntiruvchi ilmiy ishga konkurs e’lon qiladi va ushbu konkurs g’olibi L.Eyler shunday degan edi: «Issiqlik jismni tashkil etuvchi mayda zarrachalar harakati bilan bog’liq ekanligiga shubha qolmadi». Ammo XVIII asr oxirigacha «teplorod» nazariyasi hukm surib keldi. Kalorimetriya (lot. calor — issiqlik va ... metriya) — turli fizik, kimyoviy va biologik jarayonlarda sodir boʻladigan issiklik effektlari (issiqlik miqdorlari)ni oʻlchash usullari majmui. Xususan, K. usullari bilan jismlarning issiqlik sigʻimi, fazaviy oʻtishlar issiqligi (erish, qaynash va b.), kimyoviy reaksiyalarda ajraladigan issiqlik effektlari, radioaktiv yemirilishlar, tirik organizmlarda moddalar almashinuvi va bilan aniqlanadi. Turli jarayonlarda jism sarflaydigan yoki yutadigan issiqlik miqdorini bevosita oʻlchash uchun ishlatiladigan asboblar kalorimetrlar deyiladi. 400 K va undan yuqori temperaturalardagi issiklik oʻlchashlarini oʻz ichiga olgan K.ni yuqori temperaturalar K.si, suyuq azot, vodorod va geliy temperaturalari sohasini (-77 K va undan pastda) past temperaturalar K.si deyiladi. K.ni oʻlchash usullari issiqlik texnikasida, metallurgiyada, kimyo texnologiyasida keng ishlatiladi. Turli texnologik jarayonlarda jismlarning qizishi, erishi yoki bugʻlanishi uchun sarflanadigan issiqlikni hisoblashda; kimyoviy reaksiyalarning borishi chegarasini aniqlashda va ularning sodir boʻlish shartlarini belgilashda K.dan foydalaniladi. Download 125.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling