1. Fizika tarixi fanining predmeti, vazifalari va tadqiqot usullari
Fizika fanining rivojlanish qonuniyatlari. Fizikaning tabiatshunoslik va matematikaning boshqa sohalari bilan aloqasi
Download 125.17 Kb.
|
fizika tarixi javoblari
2.Fizika fanining rivojlanish qonuniyatlari. Fizikaning tabiatshunoslik va matematikaning boshqa sohalari bilan aloqasi
Fizika tarixi fanining ma’lumotlar bazasi uning 2,5-2,8 ming yil davomida tadrijiy rivojlanishi jarayonini o‘zida aks ettiruvchi keng qamrovli tarixiy, faktologik va ilmiy –uslubiy materiallardan iborat bo‘lib, amaldagi ishchi dasturda ajratilgan dars soatlarini to‘liq hajmda yoritish uchun yetarli emas. Shu sababli, qisqa vaqtda ko‘p hajmdagi o‘quv materiallarini o‘quvchiga mazmunan yetkazish va o‘zlashtirilishiga erishish zarurati dars jarayonida zamonaviy ta’lim va axborot texnologiyalarining didaktik imkoniyatlaridan maqsadli ravishda unumli foydalanishni taqozo etadi. Fizika fanining shakllanish – rivojlanish - yuksalish davrlari uzoq tarixiy muddatni o‘ziga qamrab olganligi va tarixiy, faktologik va zaruriy o‘quv-uslubiy materiallar hajmining ko‘pligi sababli o‘quv qo‘llanmasi o‘zaro mantiqiy-tarixiy bog‘langan 3 qismga ajratildi: 1- qadimiy dunyo fizikaviy bilimlari va amaliy fizikaning shakllanishi davri ( e.o.VII asrlar – eramizning XVII asri birinchi choragi); 2 - fizikaning fan sifatida shakllanish va rivojlanish davri (XVII asr ikkinchi choragi – XX asr birinchi choragi); 3 –zamonaviy fizika fanining buyuk yutuqlarga boy yuksalish davri XX asr ikkinchi choragidan hozirgacha davom etib kelmoqda. Ushbu o‘quv qo‘llanmasida tabiiy fanlar, jumladan, fizika fanlari rivojiga antik davr olimlarining tamal toshini qo`yishlari (e.o.VII – eramizning VIII asrlari ), ular ilmiy merosining Sharq mamlakatlari olimlari tomonidan rivojlantirilishi (IX –XIV asrlar ) va Yevropa renessansi davridagi (XIVXVII asrlar ) yuksalishga asos bo`lganligi tarixiy ma’lumotlar, faktlar, ilm - fan markaz-lari bo‘lgan mamlakatlar tarixi va buyuk olimlarning hayoti va ijodi orqali yoritilgan. Butun dunyoda texnologiyaning asosiy tarmoqlarida chuqur sifat oʻzgarishlari kuzatilmoqda. Energetika sohasidagi inqilob fotoalbom yoqilg'ida ishlaydigan issiqlik elektr stantsiyalaridan atom elektr stantsiyalariga o'tish bilan bog'liq. G'ayrioddiy, ammo amaliyot uchun mutlaqo zarur bo'lgan sifatlarga ega bo'lgan sun'iy materiallar sanoatining yaratilishi materialshunoslikda inqilob qildi. Integratsiyalashgan mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish bizni sanoat va qishloq xo‘jaligida inqilobga yetaklamoqda. Transport, qurilish, kommunikatsiyalar zamonaviy texnologiyalarning tubdan yangi, sezilarli darajada samarali va murakkab tarmoqlariga aylanmoqda. Download 125.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling