1. Fizika tarixi fanining predmeti, vazifalari va tadqiqot usullari


Download 125.17 Kb.
bet5/22
Sana11.07.2023
Hajmi125.17 Kb.
#1659672
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
fizika tarixi javoblari

6. Pifagor maktabi ta’limoti.
Eramizdan avvalgi 530-yilda qadimgi yunon matematigi va faylasufi Pifagor hozirgi Italiya hududida bo‘lgan Korton shahriga kelib joylashdi. Uning maqsadi, ushbu shaharda matematika, musiqa va ruhning ko‘chib yurishi haqidagi o‘z ta'limotlarini yoyish edi. Aslini olganda, hozirgi zamon ilm-fanida Pifagor nomi bilan keltiriladigan ko‘plab ilmiy faktlar, Pifagorning o‘ziga tegishli emas. Aksincha, muallifi Pifagor deb keltiriladigan ilmiy tushunchalarning aksariyatini uning maslakdoshlari va shogirdlaridan iborat katta ilmiy guruh tomonidan shakllantirilgandir. Albatta, Pifagor o‘zi ushbu guruhning rahnamosi va ilmiy yetakchisi bo‘lgan. Shuning uchun ham, uning atrofida to‘plangan mazkur katta ilmiy guruhni tarixchilar "Pifagor maktabi", yoki, "pifagorchilar" deb qayd etishgan. Pifagorchilar tomonidan o‘rtaga tashlangan ko‘plab muhim ilmiy g‘oyalar, uzoq asrlar davomida ayniqsa arifmetika sohasida eng ilg‘or ilmiy g‘oyalar bo‘lib qolaverdi.Pifagorchilardan bizga yetib kelgan eng muhim ilmiy tushunchalardan biri bu - sonlar o‘rtasidagi nisbatlar va ularning ajoyib xossalaridan texnika va maishiy turmushda foydalanish imkoniyatidir. Chunonchi, Pifagorchilarning sonlarning o‘zaro nisbatiga aloqador g‘oyalaridan biz bo‘lgan o‘sha mashhur "Pifagor teoremasi"ni esga olib o‘tish kifoya. Shuningdek, Pifagor shogirdlari, musiqiy garmoniyalarning matematik asoslarini ham kashf etishgan. Masalan, torli musiqa asboblarini chalganda, qachonki, ushbu torlarning uzunliklarining o‘zaro nisbati butun son bo‘lsagina, musiqa asbobidan yoqimli garmonik kuy taralishini aniqlashgan. o‘rni kelganda shuni ham ta'kidlab o‘tish kerakki, yuqorida ham tilga olingan "Pifagor teoremasi"ni Pifagorning o‘zi yoki Pifagorchilar kashf etishmagan. Ushbu teoremani ulardan ming yillar avval yashagan qadimgi Misr kohinlari, hind matematiklari va Bobil olimlari ham juda yaxshi bilishgan. Faqat, matematika tarixchilarining fikricha, Pifagor ushbu teoremani ilmiy isbotlab bera olgani uchun, uning nomi teoremaga birikib qolgan emish.

Download 125.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling