1. Fizika tarixi fanining predmeti, vazifalari va tadqiqot usullari


Klassik fizikaning shakllanishi va rivojlanishi


Download 125.17 Kb.
bet19/22
Sana11.07.2023
Hajmi125.17 Kb.
#1659672
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
fizika tarixi javoblari

25. Klassik fizikaning shakllanishi va rivojlanishi.


Nyutonning ilmiy merosi. Klassik fizika ilk bor R.Dekart va G. Galiley asarlarida qayd etiladi. Ammo ular tarqoq holda bo’lib bir sistemaga keltirilmagan edi. Nyutonning buyuk xizmati dinamika asoslarini matematik ko’rinishda ifodalab, unga sistematik ko’rinish berdi, fizikaga u differensial va integral hisoblashlarni kiritadi.
I. Nyuton 1642 yil 25 dekabrda Angliyaning Vulstorp qishlog’ida kichik fermer oilasida dunyoga keldi. Nyuton dunyoga kelganda otasi vafot etgan edi. Nyuton uch yoshga to’lganda onasi boshqaga turmushga chiqadi va boshqa shaharga ketadi, yosh Nyuton katta onasi qo’lida tarbiyalanadi. Yoshligidan u matematika, rassomlik, ixtirochilik bilan qiziqadi. U yoshligida o’zidan ikki yosh kichik Stori ismli qiz bilan do’stlashadi va do’stlik keyinchalik sevgiga aylanadi, ammo iqtisodiy qiyin ahvoli Nyutonning bu qizga uylanishiga to’sqinlik qiladi. Nyuton dunyodan uylanmasdan bo’ydoq o’tadi. U 1658 yildan boshlab fizik tajribalar o’tkaza boshlaydi. 1660 yilda Kembridj universitetiga o’qishga kiradi. U iqtisodiy qiyinchiliklar bilan universitetni tugatadi. 1665 yilda magistr, 1669 yil matematika kafedrasi mudiri, 1671 yilda u reflektor ixtiro etadi va uni London "Qirolligi jamiyati"ga qabul qiladilar. 1699 yilda Nyuton qirollikning pul ishlab chiqaruvchi qo’rg’oni boshlig’i etib tayinlanadi, shundan so’ng uning iqtisodi ancha yaxshilanadi. 1703 yilda "Qirollik jamiyati" prezidenti etib saylanadi. 1727 yilda 84 yoshida Londonda vafot etadi. Nyuton davrida fizikaning mexanika va optika bo’limlari rivojlangan edi. Nyuton Gyuygens va Galileyning mexanikaga oid ishlarini o’rganib mexanikani nazariy jihatdan boyitdi. U mexanikaning umumiy qonuniyatini ochdi, kuch, massa tushunchalarini fanga kiritib, olam mexanikasini yaratdi. 1687 yilda astronom Galleyning say’-harakati bilan Nyutonning «Tabiat falsafasining matematik asoslari» nomli buyuk asari chop etiladi.


26. Nyuton mexanikasi



Download 125.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling