1. Fizika tarixi fanining predmeti, vazifalari va tadqiqot usullari


Eksperimental fizikaning keyingi muvaffaqiyatlari(Galiley va uning shogiertlari)


Download 125.17 Kb.
bet17/22
Sana11.07.2023
Hajmi125.17 Kb.
#1659672
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
fizika tarixi javoblari

23. Eksperimental fizikaning keyingi muvaffaqiyatlari(Galiley va uning shogiertlari)
G. Galiley (1564-1642)- Italiyaning Pizo shahrida tug’ilgan. U yoshligidan tabiat hodisalariga qiziquvchan bo’lib, mayatnikning tebranish vaqtini o’zgarmas ekanligini aniqlab, undan keyinchalik vaqtni o’lchaydigan asbob sifatida foydalanadi. Galiley Pizan universitetida professor lavozimida ishlab dars beradi, u Aristotel nazariyasi - «Og’irroq jismlar kattaroq tezlikda tushadi» degan fikr noto’g’ri ekanligini e’lon qiladi. 1592 yilda Paduya universitetiga ishga o’tadi. Ushbu universitetda ishlagan davrida u termoskopni, ko’rish trubasini kashf
etadi va astronomiyaga doir kashfiyotlar qiladi. Kopernik nazariyasini yoqlab chiqadi va «Diolog» nomli asarini yozadi. 1609 yilda o’zi ixtiro qilgan qurish trubasini osmoni falakka qaratadi va bir qator avval ko’z ilg’amagan yulduzlarni kashf etadi. Galiley 1592 yilda termoskop ixtiro qiladi. U birinchi marta havo ham og’irlikka ega ekanligini tajribada isbot qiladi. Shisha idish olib avval uni suvga botiradi va uni qanchalik botganligini aniqlaydi. So’ngra shisha idish isitiladi va og’zi mahkam bekitilib, sovugandan so’ng yana suvga tushiradi. Bu safar shisha idish suvda kamroq botadi. Galiley havo siyraklashadi va og’irligi kamayadi degan xulosaga keladi.U havo ham og’irlikka ega ekanligini tajribada isbotlagandan keyin, havo ham xuddi suyuqlik singari bosim beradi, degan g’oyani ilgari suradi. Bu ishni bajarishni u shogirdi Torichelliga topshiradi, 1644 yilda Galiley ko’rsatmasi bilan Torichelli tomonidan atmosfera bosimi mavjudligi kashf etiladi. Galiley shogirdlari. Evanjelista Torichelli- (1608 — 1647) Galiley nazariyasi asosida gorizontga otilgan jismlarning harakat trayektoriyasi paraboladan iborat bo’lishini, ya’ni ballistik trayektoriya bo’yicha harakat qilishini ko’rsatadi. U gidrodinamikaning boshlanishiga asos soladi. Idish tubidagi tirqishdan otilib chiqayotgan suyuqlik tezligi, o’shanday balandlikdan tushayotgan jism yoki suyuqlik tomchisi tezligiga teng ekanligini isbot qiladi. 1644 yilda Torichelli 1 metrlik simob to’ldirilgan shisha naychani simobli idishga to’nkarganda, shisha naychadagi simobning bir qismi simobli idishga oqib tushib, 766 mm ga kelib to’xtaydi. Shisha naychadagi simobning butunlay to’kilmasligini u atmosfera bosimi sabab ekanligi bilan izohlaydi. Ushbu tajriba asosida Torichelli atmosfera bosimi mavjudligini isbotlab beradi. O.F. Gerrike Magdeburg shahrida atmosfera bosimi mavjudligini isbotlovchi tajribani o’tkazadi. U yarim sharlarning ichidan havosini so’rib olib, 16 ta otlar bilan ham ularni bir-biridan ajralmasligini namoyish etadi. F.O.Gerrike tomonidan birinchi marta elektrofor mashina yaratiladi. Ushbu mashina tuzilishi juda oddiy bo’lgan. Eritilgan oltingugurtdan yasalgan shar o’qqa o’rnatilib, aylanma harakatga keltiriladi va sirtida mato yoki quruq kaft qo’yiladi. Shar biroz muddat harakatlangandan so’ng qo’l olinsa, u o’ziga turli yengil jismlarni tortishi kuzatiladi.



Download 125.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling