1. Fizika tarixi fanining predmeti, vazifalari va tadqiqot usullari


Download 125.17 Kb.
bet21/22
Sana11.07.2023
Hajmi125.17 Kb.
#1659672
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
fizika tarixi javoblari

28. Nyuton optikasi

1665 yilda Nyuton prizma ixtiro qiladi va quyosh nurini spektrga ajratadi. 1704 yilda Londonda Nyutonning "Optika" degan asari chop etildi, u uch qismdan iborat bo’lib, birinchi qismda; yorug’likning qaytishi, sinishi va dispersiya, kamalak hodisalari o’rganiladi. Ikkinchi qismda yupqa plyonkalar rangi va uchinchi bo’limda difraksiya va optikaning nazariy masalalari qaraladi. Nyuton turli rangdagi nurlar, turlicha sinadi, deb xulosa chiqaradi va oq yorug’lik yetti xil rangdan tashkil topganligini qayd etadi. Yetti xil ranglar yig’uvchi linza orqali bir nuqtaga to’plansa, yana oq yorug’likni hosil qiladi. Har bir rangli nur prizmaga tushirilganda, u boshqa ranglarga ajralmaydi va u quyidagi xulosaga keladi: «Har bir oddiy nur o’zining rangiga ega bo’lib, u singanda yoki qaytganda rangini o’zgartirmaydi». Nyuton yorug’likning dispersiya hodisasini tajribada birinchi marta kashf etgan bo’lsa-da, uni ilmiy asosda tushuntira olmaydi. Bu hodisa keyinchalik moddalar tuzilishining elektron nazariyasi yaratilgach, Lorens tomonidan izohlab berildi. Zamonaviy tasavvurga binoan moddalarning sindirish ko’rsatgichi yorug’lik chastotasi (to’lqin uzunligi) funksiyasi ekan. Oynali teleskop Uzoqdagi buyumdan kelayotgan parallel nurlar dastasi botiq ko’zgu O dan qaytib, P-prizma yordamida yig’uvchi linza L ga tushiriladi. Yig’uvchi linza buyum tasvirini kattalashtirib ko’rsatadi. Masalan, 15 sm uzunlikdagi truba, radiusi 25 mm li botiq ko’zgu 40 marta kattalashtirishga ega bo’lib, Yupiter planetasi yo’ldoshlarini kuzatish imkonini beradi.



29. To’lqin optikasining sakllanishi va keyengi rivoji(Gyugens, Frenel, Yung, Bryuster…..)

Xristian Gyuygens (1629-1695) Gollandiyalik olim, dvoryanin oilasida tug’ilgan. Birinchi marta mayatnikli soat, so’ngra prujinali soat ixtiro qiladi. London qirollik jamiyati a’zosi, 1666 yilda Parij akademiyasi a’zosi bo’lib Parijda yashaydi. 1681 yilda vataniga qaytadi. Gyuygens yorug’likning to’lqin nazariyasini ilgari surdi. 1690 yilda Leyden shahrida «Yorug’lik to’g’risida traktat»i chop etildi. Ushbu asarida u yorug’lik agar zarrachalar oqimidan iborat bo’lsa, ular uchrashganda bir-biriga halaqit qilar edi, deb tushuntiradi.


Shuning uchun yorug’lik to’lqin xususiyatiga ega, xuddi tovush to’lqinlari kabi maxsus muhit («efir»)da tarqaladi. «Yorug’lik havosiz bo’shliqda ham tarqala oladi, chunki havosiz bo’shliq efir bilan to’ldirilgan», -degan fikrni olg’a suradi. Yorug’likni bo’ylama to’lqin deb qaraydi va yorug’likni to’g’ri chiziq bo’ylab tarqalishi, qaytishi va sinish qonunlarini to’g’ri tushuntirib beradi. To’lqin nazariyasiga ko’ra yorug’lik tezligi, zichligi kattaroq muhitlarda kichik bo’lishi kelib chiqadi. Gyuygens yorug’likni islan shpatida va kvarsda ikkilanib sinishini tajriba qilib ko’rdi va uning tabiatini tushuntirib berdi.
Gyuygens fikriga ko’ra, yorug’lik maxsus muhit «efir»da tarqaladi. Yorug’lik yetib kelgan efirning har bir nuqtasi ikkilamchi yorug’lik manbai bo’lib xizmat qiladi, bu ikkilamchi to’lqin asosiy to’lqinlar bilan o’zaro qo’shilib, yangi to’lqin frontini hosil qiladi. Gyuygens birinchi bo’lib yorug’likni to’lqin nazariyasi orqali uni to’g’ri chiziq bo’ylab tarqalishi, muhitdan qaytish va sinish qonunlarini tushuntiradi. Gyuygens asos solgan yorug’likning to’lqin nazariyasi optikaning fundamental qonunlari ochilishiga, zamonaviy optika fanining shakllanishiga va yangi fan sohalarini yuzaga kelishiga asos bo’ldi. Keyingi paytda nochiziqli optika, kvant elektronikasi, tolali optika kabi fanlar yuzaga keldi.



Download 125.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling