1. Fizika tarixi fanining predmeti, vazifalari va tadqiqot usullari


Eksperimental va matematik usullarning paydo bo’lishi. (Do Vinchi..)


Download 125.17 Kb.
bet16/22
Sana11.07.2023
Hajmi125.17 Kb.
#1659672
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
fizika tarixi javoblari

22. Eksperimental va matematik usullarning paydo bo’lishi. (Do Vinchi..)
Rodjer Bekon (1214-1292 y.) - Angliyada tug’ilgan, lekin fransuz millatiga mansub bo’lib, falsafada tabiat hodisalarini bilishning tajriba usulini asos qilib oladi va u «Matematikasiz birorta ham fanni o’rganish mumkin emas», deb ta’kidlaydi. U bir qator ixtirolar ijodkori: porox, linza, ko’rish trubasi, kompas, par mashina, samolyot va h.k. U o’zining optikaga doir asboblarida arab olimi Al-Xaysam fikrlariga tayanadi. Bekon birinchi marta linzaning fokus masofasini o’lchaydi va yorug’lik abberasiyasini ochadi. Ko’zoynakning qo’llanilishini ko’rsatib beradi. Bekon bilish jarayonini ikki turga bo’ladi: hodisa va narsalarni tashqi ko’rinishiga tayangan holda mulohaza yuritib fikr qilish yetarli emas, narsa va hodisalar mohiyatini bilish uchun ichki intuisiya ham zarur ekanligini birinchi bo’lib e’tirof etadi.
Magnit hodisasiga ilmiy yondashuv 1269 yilda P.Peregrino tomonidan yozilgan "Magnitlar to’g’risida" asari bo’ldi. Keyinchalik elektr va magnit hodisalari to’g’risida ingliz vrachi Vilyam Gilbert (1540-1603) o’zining 1600 yilda chop etgan "Magnit, magnitli jismlar va ulkan magnit" degan asarida to’liq ma’lumot beradi. U o’zining kuzatishlari va tajribalariga asoslanib, birinchi marta elektr va magnit hodisalari turlicha mohiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. Shuningdek, u kompas strelkasining yo’nalishini Yerning magnit maydoni bilan bog’liq ekanligini birinchi bo’lib isbotlab beradi. Elektr va magnit hodisalari va ular o’rtasidagi bog’lanish XIX asrgacha o’zgarishsiz qoldi. 1820 yilda Ersted tajribasidan keyin bu sohada yangi-yangi kashfiyotlar yuzaga kela boshlaydi.
Leonardo da Vinchi (1452-1519) — italiyalik mashhur rassom, injener, ensiklopedist olim bo’lib, Aristotel fikrlariga qarama-qarshi o’laroq mantiqiy bilimdan tamoman voz kechib, tajriba va kuzatish uslubini bilishning asosiy vositasi deb qaragan. U 100 ga yaqin ixtirolar qilgan, dehqonchilik asbob-uskunalaridan boshlab, harbiy qurol va aslahalar yaratib, amaliy tadqiqotlardan nazariy xulosalarga kelgan. U birinchi marta insonning parvoz etishi mumkinligini ko’rsatib, parashyut tuzilishini hisoblab bergan.
Leonardo yassi va turli hajmdagi jismlarning og’irlik markazini topadi. U statika, dinamika va optikaga doir ancha ilg’or fikrlarni aytgan. U barcha tabiat hodisalarini o’rganishda tajriba usulini qo’llagan. Uning fikricha, tovush, yorug’lik, issiqlik, magnetizm, hid, tebranma harakat qiladi. «Olam cheksiz, Yer olam markazi emas, Yer ham boshqa sayyoralarday, Oy kabi nurlanadi, har bir sayyoraning ta’sir doirasi bor». Yerning ham o’z tarixi bor, bunda dalil toshga aylangan turli jonivorlar, xuddi shuningdek, baland tog’lar tepasidagi sho’r ko’llar esa bir vaqtlar u yerda dengiz bo’lganligini isbotlaydi.
Kopernik — (1478-1543) Polshaning Torun shahrida tug’ilgan. Kopernik olam tuzilishi to’g’risida diniy qarashlarga qarshi, osmon sayyoralarining harakatini (kinematikasini) ko’rsatib berdi, ammo uning nazariyasida harakat dinamikasi ochilmagan edi. Kopernik Quyoshni harakatsiz va uning atrofida boshqa sayyoralar, shu jumladan, Yer ham aylana bo’ylab harakat qiladi deydi. Albatta, Kopernik nazariyasi kamchiliklardan holi emas edi, ammo uning geliosentrik nazariyasi katta ahamiyatga ega bo’ldi. Kopernik geliosentrik nazariyasining ikkita kamchiligi bor edi: 1) sayyoralar aylana bo’ylab harakatlanadi deyiladi; 2) sayyoralar dinamikasi talqin etilmagan edi. Hozirgi tasavvurlarga ko’ra sayyoralar Quyosh atrofida ellipis bo’ylab harakatlanadi. Ularning harakati butun olam tortilish qonuniga bo’ysunadi.
Dj. Bruno — (1550-1600) Italiyalik astronom, Dj. Bruno olamning moddiyligini, geliosentrik nazariyani yoqlab chiqadi. Uning astronomiyaga doir ilmiy qarashari kelajakda fan va madaniyat rivojiga ulkan hissa qo’shdi.



Download 125.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling