1. Fizika tarixi fanining predmeti, vazifalari va tadqiqot usullari


Sharq allomalarining tabbiy fanlar rivojiga qo’shgan hissasi.(Farg’oniy, Xorazmiy, Ibn Sino, Beruniy, Xoziniy, Umar Hayyom)


Download 125.17 Kb.
bet12/22
Sana11.07.2023
Hajmi125.17 Kb.
#1659672
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bog'liq
fizika tarixi javoblari

16. Sharq allomalarining tabbiy fanlar rivojiga qo’shgan hissasi.(Farg’oniy, Xorazmiy, Ibn Sino, Beruniy, Xoziniy, Umar Hayyom)
O’rta osiyoning qomissiy olimi hisoblangan Abu Rayhon Beruniy tabiatda barcha narsa tabiat qonuniyati asosida o’zgaradi va bu qonuniyatlarni faqatgina ilm-fan yordamida anglash mumkin, deya takidlagan edi. Uning to’liq ismi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy 973-yil 4- sentabrda Xorazmning Kat shahrida tavallud topgan. Qomusiy alloma Abu Rayhon Beruniy yoshligidan astranomiya, matematika, geodeziya, geografiya va mineralogiya fanlariga qiziqadi. Abu Rayhon Beruniyning yuksak ilmiy salohiyati va geografiya fanlariga qo’shgan hissasini O’rta Osiyoda birinchi bo’lib Yer quyosh atrofida aylanish mumkinligini aytib, yerning aylana o’lchamini o’lchaganligi hamda yerning kichraytirilgan modeli ya’ni globusni yasaganligini ham ko’rishimiz mumkin. Beruniyning 150 dan ortiq ilmiy ishlaridan bizgacha faqat 31 tasi yetib kelganiga qaramasdan, alloma qo’lyozmalarining qo’limizdagi ana shu to’liq bo’lmagan namunalari ham uning naqadar serqirra meros qoldirganidan dalolat beradi. Ushbu asarlarning 70 tasi astronomiyaga, 20 tasi matematikaga, 12 tasi geografiya va 24 geodeziyaga, 4 tasi kartografiyaga bag’ishlangan. “Hindiston” asari Beruniyning eng yirik asarlaridan biri bo’lib, Hindiston haqidagi tarixiy, etnografik va geografik bilimlar, turli joylarning keng ko’lamdagi tarixiy-geografik ta’riflari keltirilgan va 13 shaharning geografik koordinatalari ko’rsatilgan.Beruniy yerning sharsimonligini o’zining Hindiston asarida quyidagicha izohlaydi. Beruniy astronomiyaga doir asarlari bilan geliosentrik nazariyani olg’a suradi. Ekliptikaning og’maligini aniqlab, bir yilda 52 sekundga kamayishini (hozirgi natija 47 sek.) aniqladi. U kvadrant astralyabiga o’xshash asboblar ixtiro qiladi. Yer aylanasi 40000 km ekanligini topadi. O’z asarlarida Yerni shar shaklida ekanligini e’tirof etib, Yer sharining bizga teskari tomonida ham materiklar mavjud ekanligini isbotlab, Kolumbdan bir necha yuz yil oldin Amerika qit’asini mantiqiy ravishda ochadi. Beruniy fizikaning mexanika, akustika, issiqlik, yorug’lik, elektr va magnetizm masalalariga doir fikrlarni olg’a suradi. Materiya, o’lchov birliklari, tezlik, chiziqli va burchak tezlik, og’irlik va solishtirma og’irlik, tutash idishlar, vodoprovod, buloqlar, fontan, artezian quduqlari, bo’shliq, atmosfera bosimi, konveksiya, suyuqlik zarrachalari orasidagi tortishish kuchi, inersiya, erkin tushish hodisalari, oddiy mexanizmlar g’oyasini boyitadi. U yorug’likni moddiy zarrachalar dastasi deb qaraydi. Yorug’lik tezligini tovush tezligi bilan taqqoslaydi. Yorug’likning qaytishi va sinishi, ranglarga bo’linishini tushuntirishga urinadi
Xorazmiy geografik asarining yozilgan yili aniq ma’lum emas. Akademik V. V. Bartold bu asar 836—847 yillar orasida yozilganligini aniqlagan. Asar 1037 yili ko’chirilgan yagona arabcha nusxasida bizgacha etib kelgan bo’lib, bu nusxa Strasburg universiteti kutubxonasida saq-lanadi. Kitobda shaharlar, tog`lar, dengizlar, orollar va daryolardagi 2402 ta geografik joyning koordinatlari keltiriladi. Shahar-lar, daryolar, tog`lar, orollar va boshqa ob’ektlar iqlimlar bo’yicha taqsimlangan. Iqlim so’zi aslida yunoncha klima — "og`ish" so’zi-dan kelib chiqqan bo’lib, uni fanga Gipparx (eramizdan oddingi II asr) kiritgan. Gipparx Erning odamlar yashaydigan qismini 12 ta iqlimga ajratgan. Undan so’ng Ptolemey iqlimlarning sonini 8 tagacha kamaytiradi, lekin o’z "Geografiya"sida u iqlimlar nazari-yasiga to’la rioya qilmaydi, chunki geografik joylarni mintaqalar va eparxiyalar bo’yicha taqsimlaydi. Geografiyani iqlimlar nazariyasiga to’la rioya etgan holda bi-rinchi marta Xorazmiy bayon qiladi. U erning ma’mur, ya’ni in-sonlar yashaydigan obod qismini etti iqlimga ajratadi. Xoraz-miy qadimgi yunon olimi Ptolemeydan farqli o’laroq, mintaqa-lar, mamlakatlar va ulardagi geografik joylarni emas, balki 1-iklimdan to 7-iklimgacha joylashgan joylarni tavsif etadi. Xorazmiyning geografik risolasi o’rta asrlardagi eng birin-chi geografik asar edi. Shuning uchun uning iqlimlar nazariyasi keyingi davrlarda geografiyaning rivojlanishida katta ahamiyat kasb etdi. Xususan, uning iqlimlar nazariyasi Erning ma’mur qis-mini iqlim mintaqalari bo’yicha o’rganishni osonlashtirdi. Xorazmiy ham Ptolemey kabi uzunliklarni Kapar orollaridan boshlab hisoblaydi. Xorazmiy ekvatordan janubda 8 shahar, 1-iqlimda 64-shahar, 2-iklimda 54 shahar, 3-iqlimda 59 shahar 4-iqlimda 146 shahar, 5-iqlimda 79 shahar, 6-iqlimda 63 shahar, 7-iqlimda 25 shahar va 7-iqlimdan shimodda 40 shaharning koordinatlarini keltiradi. Risolaning ikkinchi bobida iqlimlardagi tog`lar tavsiflanadi. Tog`larning boshi va oxirining koordinatlari keltiriladi. Xorazmiy Yaqin va O’rta Sharqdagi hamda Kavkaz va Markaziy Osiyodagi tog`larni ham u erlardagi shaharlar kabi batafsil bayon qiladi.SHunga qaraganda olim u erning geografiyasi bilan shaxsan tanish bo`lgan ko`rinadi.Risolaning uchinchi bobida Xorazmiy dengizlarni,to`rtinchi bobida orollarning qirg`oq chiziqlari va ulardagi nuqtalarni beshinchi bobda esa daryolar va buloqlarni tavsiflaydi.Xorazmiyning bu asari ko`p olimlar tomonidan o`rganilgan.Lekin shu paytgacha to`laravishda tarjima qilinmagan.
Umar Xayyom 50 ga yaqin kitoblar yozgan, ammo bizgacha yetib kelmagan. U binomial teoremani Nyutondan 550 yil avval ixtiro qilgan. «Arifmetikaning qiyin savollari», «Algebra va al-muqobala masalalarining isboti to’g’risida» asarlari mashhurdir. Navro’z bayramining 22 martda nishonlanishini va u 33 yillik sikl bilan bo’lishini ko’rsatgan. 33 yildan 25 yili oddiy, 8 yili kabisa yili deb ataladi. U Balx, Buxoro, Samarqand va boshqa shaharlarda o’qib ulg’ayadi, 1074 yildan boshlab Isfahon rasadxonasiga rahbarlik qiladi. Umar Xayyom kalendari 1079 yildan boshlab qo’llanila boshlangan. Yevropaga qabul qilingan Grigoryan kalendaridan 500 yil oldin u o’zining kalendarini ixtiro qilgan edi. Uning «Navro’znoma» asarida oy nomlari, bayramlar, turli xil afsonalar keltiriladi. U Beruniyning moddalarning solishtirma og’irligini aniqlash usulini takomillashtirib, gidrostatik tortish usuli yordamida aralashmali qotishmalar tarkibini aniqlashning tajriba va matematik usullarini yaratdi. U o’zining «Aql tarozisi» asarida oltin va kumushdan tashkil topgan qotishmadagi oltin va kumush miqdorining proporsiya va algebraik usulini bayon qildi.

Download 125.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling