1. Fizika tarixi fanining predmeti, vazifalari va tadqiqot usullari
Download 125.17 Kb.
|
fizika tarixi javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14. O’rta asr sharq, arab mamlakatlarida fizikaning rivojlanishi
13.Yevkild optikasi.
Optika faniga yangicha usul bilan yondashadi, «Optika» va «Katoptrika» nomli asarlarini yozadi. optika hodisalarini geometriya asosida tushuntiradi. birinchi postulati: «Ko’zdan chiqqan nurlar to’g’ri chiziq bo’ylab tarqaladi». Ikkinchi postulati: «Ko’zdan chiqqan nurlar hosil qilgan tasvir konus shaklida bo’lib, konus balandligi ko’zda bo’lib, asosi esa jismlarda bo’ladi. Yevklid o’ndan ortiq postulatlar yordamida jismlar tasviri,soya hosil bo’lishini tushuntiradi. «Katoptrika» asarida yassi va sferik ko’zgularda tasvir hosil bo’lishini ko’rsatib beradi. «Kotoptrika» asarida yorug’likningsinishiga doir tajribani keltiradi. Agar biror idish tubiga kichikroq buyumni qo’yib,u ko’rinmay qolguncha egilsak va idish suvga to’ldirilsa buyum yana ko’rinadi. U «Botiq ko’zgu bilan quyosh nuri yordamida alanga hosil qilish mumkinligi»ni aytadi. Aleksandriya maktabining birinchi mashhur matematik va astronomi, to‘g‘ri chiziqli geometriya va geometrik optika asoschisi. Olimning 15 jildlik shoh asari “Boshlanish” ( lotinchada “Elementa”), “Optika haqida”, “Katoptrika”, “Xodisalar” va yana 10 dan ortiq asarlari 2000 yil davomida keyingi avlod olim-lari uchun qo‘llanmaga aylangan. Shu o‘rinda, Yevklidning “Optika” asarida keltirilgan jismlarni ko‘rish va ko‘zda ularning tasviri hosil bo‘lishi, nurning to‘g‘ri chiziqli cheksiz tarqalish xususiyati, jismlar tasvirining o‘lchami ularga qaysi burchak ostida qarashga bog‘liqligi haqidagi g‘oyalari qadimgi yunon olimlari (Arximed, Aleksandriyalik Geron) ning optika sohasidagi qarashlariga katta ta’siri ko‘rsatganligini qayd etish lozim. Fikrimizning isboti tariqasida, Yevklidning “Elementlar” asari o`rta asrlarda 400 yil ichida 2500 marta nashr etilgani, undan ko`plab nusxalar olingani va barcha asosiy jahon tillariga tarjima etilganligini keltirish mumkin 14. O’rta asr sharq, arab mamlakatlarida fizikaning rivojlanishi Aristotel va Ptolemeydan keyin Yunonistonda fan va madaniyat inqirozga uchraydi. Fan va madaniyat markazi Sharq mamlakatlariga Xitoy, Hindiston VII asrlardan boshlab musulmon sharqi: Bog’dod, Damashk„ Xorazm, Urganj, Samarqandga ko’chdi. Arab xalifaligi davrida arab tili yagona ilmiy til bo’lib shakllandi. Ushbu davrda asosan mexanika va optika fanlari keng rivojlandi. O’rta asrlardagi fizika fani taraqqiyotini quyidagi davrlarga bo’lib o’rganish mumkin: l. Musulmon sharqida fan taraqqiyoti (VII — XI asr) 2. Yevropada feodal fani rivoji (XI — XV asr) 3. Tabiatshunoslikda tajriba — kuzatish davrining yuzaga kelishi (XV— XVIII asr). 1) O’rta Osiyo va Sharqda musulmonchilik o’rnatilishi bilan bu davlatlar o’rtasida savdo-sotiq fan va madaniyat rivojlandi. Tabiiy fanlar rivojiga avvalo iqtisodiy va ijtimoiy omillar sabab bo’ldi. Dexqonchilik uchun yil fasllarini aniqlash, sug’orish inshootlarini qurish, ilmi nujum, astrologiya, savdo-sotiq uchun tarozi, suv chiqarish uchun chig’iriq ulkan imoratlar, maqbaralar qurishda mexanik moslamalar ixtiro etishni taqozo etardi. Bizning Ona Vatanimiz zaminidan yetishib chiqqan allomalarimiz: al-Xorazmiy, al-Farg’oniy, al-Beruniy, Ibn Sino, Forobiy, Ulug’beklar matematika, fizika va astronomiyaga doir ko’plab ilmiy asarlar yaratishdi. Xorun al-Rashid (785-809 yillar) va uning o’gli Ma`mun (813 - 833) xalifalik qilgan zamonlarda xalifalikda iqtisodiy va madaniy xayot ancha jonlandi. Bogdod sharqning yirik ilmiy va madaniy markaziga aylandi, ilm fan ravnaq topib, falsafa, matematika, tabiyot va boshqa fanlar rivojlandi. Arab xalifaligi davrida Bagdod, Samarqand, Xorazm, Buxoro kabi yirik shaxarlardg qatnagan savdogarlar ilmiy va madaniy aloqalarni o’rgatishda xam muxim rol` o’ynadi. Arab xalifasi va keyingi davrda O’rta Osiyo allomalari xam tabiiy, astronomiya, matematika va falsafa fanlari bo’yicha tadqiqot ishlari bilan mashgul bo’lganlar va bizlar uchun boy meros qoldirdilar. Bular jumlasiga Muxammad al-Xorazmiy, Axmad al-Fargoniy, Abu Nasr al Farobiy , Abu Ali ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Umar Xayyom, Abu Maxmud, Xamid al Xo’jandiy, Nasiriddin at – Tusiy, Mirzo Ulug’bek, Fiyosiddin Koshiy kabi yuzlab O’rta Osiyoning mashhur siymolari o`z ijodlari va ilmiy meroslari bilan faqat O’rta Osiyo xalqlarinigina emas, balki dunyo xalqlarining boyligiga aylanib, ularning nomlari bugun jaxonning barcha xalqlari orasida hurmat bilan tilga olinadi. Download 125.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling