1. Fizika tarixi fanining predmeti, vazifalari va tadqiqot usullari


Arastuning harakat haqidagi fikrlari


Download 125.17 Kb.
bet8/22
Sana11.07.2023
Hajmi125.17 Kb.
#1659672
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
fizika tarixi javoblari

10.Arastuning harakat haqidagi fikrlari.
Fizika», «Osmon to’g’risida», «Paydo bo’lish va yo’qolish», «Metrologiya», «Muammolar», «Mexanika» “Метафизика”Yer olam markazi, ya’ni barcha samoviy jismlar Yer atrofida aylanadi. Aristotel fizik hodisalarni izohlashda matematik formulalardan vatajribadan foydalanmaydi. Kundalik hayotda og’irroq jismlar Yer markazi tomon, yengilroq jismlar (havo, olov) yuqoriga olam shariga intiladi. Mexanik harakatning sababchisi unga qo’yilgan birinchi turtki. Otilgan jismlar harakatining sababchisini muhit, ya’ni havo bo’lib, jism siljiganda u egallagan joyda bo’shliq (vakuum) vujudga keladi. Bo’shliqni to’ldirish uchun havo jismga turtki beradi va harakat shu zaylda davom etadi. Harakatni tabiiy va majburiy harakatga ajratadi.Tabiiy harakat osmon jismlarining harakati va jismlarning o’z tabiiy o’rniga intilishi, boshqa harakatlar majburiy harakat. Ular majburlovchi sabab asosida ro’y beradi.


11.Arximed gidrostatikasi va statikasi.
Uning asosiy ilmiy ishlari “Statika” elementlarini ifoda etadi. U faqatgina olim bo’lmay, injenerlik sohasida ham ko’p ixtirolar qilgan. Ekin sug’oradigan uskunalar, vintlar ixtiro etgan. Jismlarning suzishi va nihoyat Arximed qonuni. U o’zining Sistiliya orolini rimliklardan mudofa etishda qatnashadi va tosh otar sopqonlar va richaglardan foydala-nishni maslahat beradi. M.a.212 yilda rim askarining qo’li bilan o’ldiriladi. Uning fizika fanini rivojlantirishdagi hissasi quyidagilardir: Tekis figuralarning muvozanatlik shartlari; Kuch momenti, kuchning elkaga nisbatan teskari proporstionalligi;Og’irlik va uzunlik to’grisidagi tushuncha, yerning tortishish kuchini yenguvchi kuch;Suyuqlik tomchisining sharsimon bo’lishiga sabab erning tortish kuchi ekanligi Gaz va suyuqliklar uchun qonuni, jismlarning suyuqliklarda suzishi. Quyosh nurining bir nuqtaga yig’ish va undan harbiy ishlarda foydalanish;Turli muhitlardan o’tgan yorug’lik nurining sinishi va yo’nalishini o’zgarishi;Olam tuzilishi to’g’risida fan tarixida Arximed ikki sistema, geomarkaz va geliomarkaz tushunchasini kiritdi. Arximedning fizika fani rivojiga qo`shgan hissasi sifatida, avvalo, jismning og‘irlik markazi tushunchasini fanga kiritgani, statika va gidrostatikaning nazariy asoslarini ishlab chiqqanligi, fizik tadqiqotlarda matematik usullarni qo`llashni amaliyotga kiritgani, ya’ni, matematik fizika va matematik tahlil yo`nalishlariga asos solganligini, kub tenglamalarni geometrik usulda yechish va ekstremal qiymatlar hisoblash-larni keltirish mumkin. Uning “Tekis shakllar muvozanati haqida” va “Suzuvchan jismlar haqida” asarlarida parallel kuchlarni qo`shish, richag qoidasi va gidrostatikaning nazariy-amaliy asoslari keng yoritilgan. Arximedning asosiy asarlari birinchi marta yunon tili bilimdoni, Sharqda mashhur tarjimon, matematik va astronom Sobit ibn-Qurra (836-901 yy.) tomonidan arab tiliga o`girilgan va ilg‘or Sharq allomalari uning ilmiy-ijodiy merosi bilan tanishish imkoniga ega bo`lganlar. Jumladan, Al-Beruniy va Umar Hayyom metallar va minerallarning solishtirma og‘irligini havoda va suvda o`lchashda Arximed ishlaridan foydalanganlar; Ibn al-Xaytam geometric shakllar o`lchamlarini hisoblashda Arximedning integral hisoblash usulini qo`llagan va unga o`xshash usulni taklif etgan

Download 125.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling