1. Fiziokratizm iqtisodiy ta'limoti vujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari va uning mohiyati
-chizma. F.Kenening iqtisodiy jadvali (birinchi varianti)
Download 114.06 Kb. Pdf ko'rish
|
6-mavzu. Fiziokratizm iqtisodiy ta\'limoti
1-chizma. F.Kenening iqtisodiy jadvali (birinchi varianti)
1-jadval Iqtisodyotdagi uch tarmoqning o’zaro bog’liqligi Ishlab chiqarish X a r i d I II III Ishlab chiqarishning bir yillik hajmi Fermerlar 2 1 2 5 Er egalari 2 0 0 2 Hunarmandlar 1 1 0 2 Yakuniy xarid 5 2 2 9 Bu jadvalda uch tarmoq (sektor)ning o'zaro bog'liqligi ko'rsatib berilgan. Shuni ta'kidlab o'tish kerakki, jadvalning boshqa variantida ham oddiy takror ishlab chiqarish qarab chiqilgan (boshlang'ich va oxirgi holat teng). Hayotda odatda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ro'y beradi. F.Kenening asosiy vazifasi qirol va er egalarini jamiyat asosi sifatida saqlab qolish edi. Ammo u mulkdorlar sinfini birinchi o'ringa qo'ya olmas edi, chunki bu olimning dehqonchilikning ustunligi haqidagi fiziokratik konsepsiyasiga qarshi chiqar edi. Bundan tashqari u asosiy tamoyilni - sinflarning ishlab chiqarish vositalariga munosabatini inkor etadi. Jadvalda F.Kene iqtisodiy ta'limotining asosiy tomonlari: uning «sof mahsulot» va «kapital», unumli va unumsiz sinflar to'g'risidagi ta'limoti aks etgan; unda muallifning kapitalistik ishlab chiqarish usulining himoyachisi sifatidagi sinfiy pozisiyasi ham ko'rinib turibdi. F.Kene takror ishlab chiqarish jarayonini tahlil qilishga kirishganda baholarning o'zgarmasligini asos qilib oladi (bunda almashuv ekvivalentlik tamoyili asosida ro'y beryapti deb faraz qilinadi). Bu jarayon tashqi bozordan abstraksiya qilinadi (ya'ni bu hodisa faqat ichki bozor sharoitida ro'y beryapti deb qarash kerak). Qishloq xo'jalik yilining oxiri hosil yig'ib olish tugallangan davr muomala (aylanish) momentining boshlang'ich punkti qilib olingan. Dehqonchilik yalpi mahsulotining qiymati 5 mlrd livr (1799 yilgacha amal qilgan o'sha davrdagi Fransiya pul birligi) bo'lib (4 mlrd oziq-ovqat, 1 mlrd xomashyo), u unumli sinf vakillariga (fermerlarga) tegishli, shundan 1 mlrd sarflangan asosiy kapital qiymatini qoplaydi. Jami asosiy kapital («boshlang'ich avans») 10 mlrd livrga teng deb qabul qilinsa, u ta'mirlashga (amortizasiyaga) muhtoj, ya'ni har yili o'zining boshlang'ich qiymatiga nisbatan 10 foiz eyiladi (eskiradi) deb hisoblanadi. Aylanma kapital («yillik avans») 2 mlrd, «sof mahsulot» qiymati 2 mlrd, «unumsiz sinf» o'tgan davr mobaynida ishlab chiqilgan 2 mlrd livrlik mahsulotga ega. Shunday qilib, yalpi ijtimoiy mahsulot 7 mlrd livrga teng (5 mlrd + 2 mlrd). Undan tashqari fermerlar qo'lida naqd 2 mlrd livr pul ham bor (5 mlrd + 2 mlrd + 2 mlrd = 9 mlrd), ular bu summani muomala - aylanish boshlanguncha er egalariga ijara haqi, ya'ni renta to'lab qo'ygan edilar. Xo'sh, bu variantda yaratilgan mahsulotning realizasiya va aylanish jarayoni qanday amalga oshadi? «Iqtisodiy jadval»ning shartlariga ko'ra bu jarayon besh aktdan iborat bo'lib, har biri 1 mlrd livrga tengdir. 1. Mulkdorlar «unumli sinf»dan 1 mlrd livrlik oziq-ovqat mahsulotlari sotib oladilar. Natijada bu operasiyada qishloq xo'jaligi mahsulotining 1/5 qismi realizasiya qilinadi, er egalarining mulki muomala sohasidan iste'mol sohasiga o'tadi. 2. Mulkdorlar «unumsiz sinf»dan 1 mlrd livrlik sanoat mahsulotlari sotib oladilar. «Unumsiz sinf» shu bilan o'z mahsulotining yarmini realizasiya qiladi. 3. «Unumsiz sinf» mulkdorlardan olgan puliga «unumli sinf»dan iste'mol uchun kerakli mahsulotni oladi. Shu yo'l bilan qishloq xo'jaligi mahsulotining yana 1/5 qismi realizasiya qilinadi. 4. «Unumli sinf» «unumsiz sinf»dan olgan 1 mlrd livrga uning o'zidan («unumsiz sinf»dan) shuncha pulga ishlab chiqarish qurollarini oladi. Ular asosiy kapitalning eyilgan, ishdan chiqqan elementlarini qayta tiklash uchun kerak. Bu operasiya oqibatida («unumsiz sinf»ning) sanoat mahsulotining ikkinchi yarmi realizasiya qilinadi. 5. Aylanish jarayonining beshinchi, yakunlovchi aktida «unumsiz sinf» «unumli sinf»dan 1 mlrd livrlik qishloq xo'jalik xom ashyosi xarid qiladi. Umumiy ijtimoiy mahsulotning aylanish natijalariga ko'ra sinflar o'rtasida 3 mlrd livrlik qishloq xo'jalik mahsuloti va 2 mlrd livrlik sanoat buyumlari realizasiya qilindi. «Unumli sinf» ixtiyorida qolgan 2 mlrd livrlik mahsulot barcha sinflar o'rtasidagi muomalaga kirmaydi, u faqat shu sinf doirasida aylanadi (jadvalda bunday aylanish berilmagan). Bu mahsulot qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi jarayonida sarflangan urug' va oziq-ovqat mahsulotlari o'rnini qoplaydi. «Unumli sinf» tomonidan sotib olingan sanoat tovarlaridan asosiy kapitalning sarflangan qismini qoplash uchun foydalaniladi. Naqd pul 2 mlrd livrlik muomala (aylanish) natijasida «unumli sinf» qo'liga qaytishi mumkin, ammo bu pul yana keyingi muddat uchun ijara haqi sifatida er egalari qo'liga kelib tushadi. Shunday qilib, yangi ishlab chiqarish siklini boshlash, ishlab chiqarishni joriy etish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratildi. Ammo u ilgarigi hajmda, ya'ni oddiy takror ishlab chiqarish uchun mos keladi. Jadvalda keltirilgan raqamlar haqiqatga yaqin, ularni F.Kene qirol mahkamasidan olgan bo'lishi aniq. Fermerlar Muldorlar Sanoatchilar (unumli sinf) (yer egalari) (unumsiz sinf) 5 mlrd 2 mlrd 2 mlrd Pul Pul Qishloq Xo’jalik mahsulotlari Sanoat mollari 1 mlrd 1 mlrd Pul Qishloq Xo’jalik mahsulotlari 1 mlrd Pul Ishlab chiqarih Vositalari 1 mlrd Pul Qishloq 1 mlrd xo’jalik mahsulotlari Download 114.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling