1. Fiziokratizm iqtisodiy ta'limoti vujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari va uning mohiyati


Download 114.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana08.05.2023
Hajmi114.06 Kb.
#1446261
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6-mavzu. Fiziokratizm iqtisodiy ta\'limoti

uchinchisi - unumsiz sinf (hunarmand, ishchi va savdo xodimlari). Bu jarayon
sxematik ravishda «Iqtisodiy jadval»da tasvirlangan. Unda mamlakatda ishlab
chiqarilgan tayyor mahsulotning aylanishi orqali qanday taqsimlanishi ko'rsatilgan,
buning oqibatida ishlab chiqarishning avvalgi hajmida qayta boshlash uchun shart-
sharoitlar yaratiladi. 
«Iqtisodiy jadval»ning bir necha variantlari mavjud, biri Versalda 1758-1759
yillarda chop etilgan. 1894 yilda bu jadvalning boshqa varianti topildi. Birinchi
variant bo'yicha (2-chizmaga qarang) kapital aylanishi quyidagicha ro'y beradi.
Qishloq xo'jaligida yaratilgan jami qimmat 5 mingga teng bo'lib, shundan 3 mingi
erni ishlashga ketgan xarajatdir. Fermerlar etishtirilgan mahsulotning 2/5 qismidan
aylanma kapital uchun foydalanadilar, 1/5 qismi unumsiz sinfga sotiladi va unga
asosiy kapitalni (asbob-anjomni) ta'mirlash uchun kerakli asbob-uskuna olinadi.
Bu erda fermerlar faqat «boshqarish uchun haq olganliklari» sababli unumdor
narsa fermer mehnati emas, balki erdir. Qoldiq esa er egasiga renta sifatida
to'lanadi. 
Yer egalari o'zlarining 2 minglik daromadining yarmini sanoat tovarlari olishga
sarf qiladilar, «unumsiz sinf» 2 mingga xom ashyo va qishloq xo'jaligi
mahsulotlari sotib oladi. Bu jarayon natural ko'rinishda ham namoyon bo'lishi
mumkin. Bunda 3/5 qism mahsulot muomalaga kiritiladi, undan xuddi pul shaklida
ham foydalanish mumkin. Unda jarayon boshidan fermerlar iqtisodiyotdagi 2 ming
pul massasiga ega bo'ladilar. Erdan foydalanish huquqiga ega bo'lish uchun bu
summa egalariga (er ularniki) beriladi, ular esa bu summani oziq-ovqat
mahsulotlari (1 ming) va sanoat tovarlari (1 ming) olish uchun sarflaydilar; endi
fermerlar olingan 1 mingni asosiy kapitalni qoplash uchun hunarmandlarga
(unumsiz sinfga) beradilar, ular esa olingan 2 mingni qishloq xo'jalik mahsulotlari
olish uchun sarflaydilar. Oqibatda fermerlar 3 ming oladilar va 1 mingni
sarflaydilar (qoldiq 2 ming); shu yo'l bilan boshlang'ich holatga qaytadilar. 
«Unumsiz» sektorning sof mahsuloti 0 ga teng, yangi ishlab chiqarish sikli
boshlanishi bilan 2 ming pul shaklida yana er egalariga (renta) beriladi. 
Barcha aytilgan fikrlar bir yil uchundir, lekin uni oylar bo'yicha ham tahlil etish
mumkin. Bu hozirgi davrdagi taniqli iqtisodchi V.Leontevning «xarajatlar -
chiqarishlar» jadvalini eslatadi. Xuddi Leontev tizimidek ma'lum boylikni yaratish
uchun kerakli barcha omillardan cheklangan aniq nisbatda foydalaniladi, mazkur
sektorning mahsulot qiymati boshqa sektorning umumiy to'lovlari bilan to'la
qoplanadi.
"Yillik Yer egasi Unimsiz sinf
boo'nak" daromadi bo'naklari
2 ming2 ming 
1 ming
1 ming 
1 ming
1 ming 
Yer egasi daromadi va bosh-
Langich bunak foizlarini tulash
uchun foydalaniladigan summalar


1 ming 
1 ming 
Yillik bo’naklarining 
2 ming 
qoplanishi
Yakun
5 ming 
2 ming 
Izoh. Strelkalar xarajatlar-
Bundan bir ming kelasi yil
ning yunalishini kursatadi
aylanma kapital sifatida 
reinvestitsiya kilinadi

Download 114.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling