1. Fiziokratizm iqtisodiy ta'limoti vujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari va uning mohiyati


Download 114.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana08.05.2023
Hajmi114.06 Kb.
#1446261
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6-mavzu. Fiziokratizm iqtisodiy ta\'limoti

QISQACHA XULOSALAR
XVIII asrning o'rtalarida Fransiyada iqtisodiy ta'limotlar tarixida fiziokratizm
yo'nalishi yuzaga keldi. Bu ta'limot klassik iqtisodiy maktabning tarkibiy, butun
zanjirning ajralmas qismi sifatida muhim ahamiyatga egadir. Bu oqimning asosiy
vakillari F.Kene va A.Tyurgo mamlakatdagi o'sha davr iqtisodiy holatini har


tomonlama tahlil etib, iqtisodiyotning muhim kategoriyalari bo'yicha qimmatli
fikrlarni berdilar. Ular fermerlarni himoya qilgan holda avvalo merkantilizmdan
voz kechib, boylikning asosiy manbai mehnat va er ekanligini ko'rsatdilar. «Tabiiy
tartib» konsepsiyasi asosida «unumli mehnat», «sof mahsulot», kapital to'g'risidagi
ta'limotlar ilgari surildi. Kapitalistik munosabat, xususiy mulk, erkin baholar, erkin
raqobat, davlatning iqtisodga kam aralashuvi «tabiiy hol» deb tan olindi. 
Ularning fikricha, qiymat iste'mol qiymati bo'lib, hatto tabiat, er in'omi sifatida
talqin etiladi. Shundan dehqonchilikdan boshqa sanoat, savdo va xizmat tarmoqlari
unumsiz soha deb qaraladi. Bunday noto'g'ri fikrning paydo bo'lishi Fransiyaning
o'sha davrdagi iqtisodiy ahvoli (agrar mamlakat) bilan bog'liqdir. Kapital
tushunchasining kiritilishi va uning boshlang'ich va yillik bo'nak kabi ikki qismga
bo'linishi iqtisodiyot tarixida muhim qadamdir. Shundan doimiy va aylanma
kapital g'oyalari ham kelib chiqadi. 
F.Kenening asosiy «Iqtisodiy jadval» asarida jamiyatdagi sinflar masalasi
ko'tariladi, ammo bunda ba'zi kamchiliklar bor, uni A.Tyurgo rivojlantirib, o'sha
davr uchun to'g'ri qisqacha xulosalarlar chiqaradi. Takror (uzluksiz) ishlab
chiqarish jarayoni va yalpi ijtimoiy mahsulot muomalasi birinchi bor kun tartibiga
qo'yiladi. Oddiy takror ishlab chiqarish chizmasi beriladi va tayyor mahsulotning
aylanish tamoyillari ko'rsatiladi, bu o'sha davr uchun katta kashfiyot edi.
Tarmoqlar, ya'ni sektorlararo taqsimotning aniq proporsiyalari bo'lishi zarurligi
qayd etiladi, ma'lumki bu tamoyil hozirgi davrda ham muhim. 
Olim va davlat arbobi A.Tyurgoning iqtisodiy g'oyalari ancha mukammal bo'lib,
o'sha davrdagi jamiyat va iqtisodiyotdagi jarayonlarni ancha izchil tahlil etadi va
sanoatda kapitalistlar va yollanma ishchilar mavjudligi hamda beshta sinf borligi
e'tirof etiladi. Bu qisqacha xulosalar to'g'ri qisqacha xulosalardir. 
A.Tyurgo sanoat va xizmat sohalariga ijobiy yondashadi. U kapital va qo'shimcha
mahsulot (qiymat) masalalarini ancha mukammal hal etadi, sanoat, ssuda va
kapital haqida fikr yuritadi, lekin oxir-oqibatda fiziokratizm qobig'idan chiqa
olmaydi, qo'shimcha mahsulotning asosiy shakli yana erga, er rentasiga qaytadi.
A.Tyurgo davlat chinovnigi, aniqrog'i moliya vaziri sifatida ham bir qancha
iqtisodiy islohotlarni o'tkazishga erishadi. Ammo mamlakatdagi ijtimoiy tuzum bu
islohotlarga to'siq edi. Hozirgi davr tili bilan aytganda, fiziokratlar sof bozor
munosabatlarini qo'lladilar, ammo ularning g'oyasi asosan qishloq xo'jaligi bilan
cheklab qo'yildi, barcha fikrlarda mukammallik etishmas edi. Bu vazifalar esa
keyingi olimlar tomonidan hal etildi. 
Asosiy tushuncha va iboralar
Fiziokratizm; F.Kene; tabiiy tartib konsepsiyasi; erkin bozor munosabatlari;
unumli va unumsiz mehnat; sof mahsulot; kapital; «Iqtisodiy jadval»; oddiy takror
ishlab chiqarish; A.Tyurgo; qiymat tarkibi; sof bozor iqtisodiyoti; sinflar;
E.Kondilyak; sub'ektiv o'lchovi. 
Nazorat va mulohoza uchun savollar


1. Fiziokratizm so'zining mazmuni va bu ta'limotning asosi nima, uning muhim
xususiyatlari nimadan iborat? 
2. F.Kene hayoti va ijodining o'ziga xos tomonlarini ko'rsatib bering. U qaysi sinf
manfaatlarini himoya qiladi? 
3. «Tabiiy tartib» konsepsiyasi, «sof mahsulot», «unumli» va «unumsiz» mehnat,
«unumli» va «unumsiz» sinf, «qo'shimcha mahsulot» tushunchalariga
xarakteristika bering. 
4. F.Kenening asosiy asari qanday nomlanadi, u qachon yozilgan va uning asosiy
mazmuni nimani ko'rsatadi? Takror ishlab chiqarish jarayoni qanday sikllardan
o'tadi? Jadvalni izohlab bering. 
5. Kapitalga qanday izoh beriladi, uning bo'laklari jadvalda nimani bildiradi? 
6. Nima uchun va qanday sabab bilan sanoat sohalari «unumsiz» deb sanaladi? 
7. F.Kenening qaysi g'oyalari hozirgi davr iqtisodchilari tomonidan
foydalanilmoqda? 
8. A.Tyurgoning hayoti va ijodidagi asosiy xususiyatlar nima? Uning bosh asari
qanday nomlanadi va u qachon yozilgan? 
9. A.Tyurgo jamiyatni qaysi sinflarga bo'ldi? Uning F.Kenedan farqi nimada
namoyon bo'ladi? Sizningcha qaysi olimning fikri to'g'riroq? 
10. A.Tyurgo tomonidan kapitalning izohi, ishlab chiqarishga qo'yilgan kapitalning
o'z-o'zidan o'sib borish qobiliyati qanday tushuntiriladi? 
11. Olim davlat xizmatchisi sifatida qanday islohotlarni amalga oshirmoqchi
bo'ldi? 
12. Fiziokratizm ta'limotining kamchiliklari nimadan iborat, buning sabablarini Siz
qanday izohlaysiz? 
13. Fiziokratizmning ahamiyati va tarixiy taqdiri to'g'risida nima deya olasiz?
E.Kondilyakning dastlabki marjinalistik g'oyalari nimalardan iborat?

Download 114.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling