1. Flash dasturida taqdimot yaratish. Flash dasturida nazorat testlari yaratish


Rolik yaratish jarayoni quyidagicha


Download 473.2 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana19.04.2023
Hajmi473.2 Kb.
#1365608
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1.docx

Rolik yaratish jarayoni quyidagicha: 
Avval FLA kengaytmali boshlang‘ich yoki mualliflik fayl (tahrirlab bo‘ladigan 
boshlang‘ich fayl) yaratiladi. Keyin brauzerda kurish mumkin bo‘lgan SWF-faylga 
o‘zgartiriladi. Bundan tashqari, ishingiz natijalarini keng tarqalgan formatlar fayllari AVI, 
animatsion GIF, JPEG va boshqalarga eksport qilish mumkin. 
Animatsiyaning asosiy tushunchalari 
Animatsiya deganda, ketma-ket almashinib turadigan tasvirlar (kadrlar) asosida hosil 
bo‘ladigan harakatlarni tasvirlash tushuniladi. Flashda animatsiyaning 2 xil usuli mavjud. 
Ketma-ket kadrli animatsiya
 
Bu usul oldindan ishlab chiqilgan kadrlarni tez-tez o‘tkazishdan iborat. Mazkur holda 
harakatning paydo bo‘lishi tasvirlarni o‘tkazish tezligi va qo‘shni kadrlarning o‘xshashlik 
darajasiga bog‘liq. Ko‘rilayotgan usul animatsion GIF fayllarni yaratish usuli bilan 
o‘xshash hisoblanadi. 
Interpolyatsion animatsiya 
Bu usulda bir necha tayanch (kalit) kadrlar asosida oraliq kadrlarni yaratish ko‘zda 
tutiladi (tweening animation). Masalan, biror bir figurani ekranning chap qismidan o‘ng 
qismiga 25 ta kadr orqali o‘tkazish kerak bo‘lsin. Birinchi usulda ushbu animatsiyani 
yaratmoqchi bo‘lsak, kadrlarda figurani ketma-ket siljitishimizga to‘g‘ri keladi. Agar 
harakatlanish vaqtida figura yo‘qolib ketishi yoki shaklini o‘zgartirishi zarur bo‘lib qolsa, 
unda kadrlarni ketma-ket chizish juda ham ko‘pish vaqtini talab qiladi. Aynan ana shu 
holatlar uchun ham ikkinchi usul juda ham qo‘l keladi. Oddiy hollarda faqat ikkita kalit 
kadr: boshlang‘ich va tugallovchi kadrlar kerak bo‘ladi. Odatda Flash oraliq kadrlarni 
chiziqli konun asosida yaratadi, lekinfoydalanuvchi eksponentsial qonunni ham qo‘llashi 
mumkin. 
Timelines palitrasi 
Vaqt shkalasi Flash da animatsiya bilan ishlashning asosiy asbobi hisoblanadi. Unda 
qatlamlar haqida va qaysi kadr kalit kadr, qaysilari oraliq kadr ekanligi haqidagi axborotlar 
tasvirlangan. Vaqt shkalasi yordamida qaysi kadrda harakat yoki belgi saqlanishini 
aniqlash mumkin. U kalit kadrlarni va animatsiyaning alohida qismlarini harakatlantirish 
imkonini beradi. Bu asbob yaxshi ishlangan va juda qulay, siz unda ishlashni tezda urganib 
olasiz. 

Download 473.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling