1. Flash dasturida taqdimot yaratish. Flash dasturida nazorat testlari yaratish
Shakllar geometriyasini o‘zgarishi (shape tweening) asosida yaratilgan
Download 473.2 Kb. Pdf ko'rish
|
1.docx
Shakllar geometriyasini o‘zgarishi (shape tweening) asosida yaratilgan
animatsiya Shu turdagi animatsiyani yaratish uchun biz boshqaruv kadrlar o‘zgarishi (motion tweening) asosida yaratilgan animatsiya hosil qilamiz. Faqat oxirida ikkinchi qatlamdagi belgini butunlay o‘chirib uning o‘rniga kvadrat chizamiz. Shu harakatimizdan keyin kadrlar rangi normal rangga qaytadi. Keyin birinchi va ikkinchi boshqaruv kadrlardagi grafik tasvir belgisini Ctrl+B yoki «Izmenit» menyusidagi «Razdelit» otdelno (Breack appartack) buyrug‘i yordamida alohida shakllarga bo‘lib chiqamiz. Shundan so‘ng birinchi boshqaruv sichqoncha chap tugmasi bilan tanlab «Svoystva» (Proprties) yoki Ctrl+F3 yoki Okno menyusining shu nomli buyrug‘ini tanlamiz. Natijada, muloqot oynasi hosil qilinadi va unda Tweening sohasida Motions o‘rniga Shape holatini tanlaymiz. SHuning natijasida boshqaruv kadr rangi yashil rangga o‘zgaradi. Endi ikkinchi boshqaruv kadrni ham sichqoncha bilan tanlab animatsiya turini Motions dan Shape ga o‘zgartiramiz va oxirida klaviaturadagi Enter tugmasini bosamiz va biz yaratgan animatsiyani ko‘rishimiz mumkin. Ikkala animatsiyalarda ham ikkita boshqarish kadrlar o‘rtasidagi masofa kadrlarni kompyuter o‘zi avtomatik yaratgan va animatsiya to‘g‘ri chiziq bo‘yicha harakatlanayapti. Ammo agar bizga harakat trayektoriya bo‘yicha bajarilishi kerak bo‘lsa, uholda nima qilish kerak? Bunday animatsiyalarni hosil qilish uchun bizning qatlamimiz ustida maxsus harakat trayektoriya qatlamini yaratish kerak bo‘ladi va shu qatlamda qalam bilan qiyshiq trayektoriya chizig‘ini chizamiz. Natijani ko‘rish uchun klaviaturadagi Enter tugmasini bosamiz. Shu bilan birga avtomatik animatsiyalarda foydalanish mumkin bo‘lgan yana bir natija mavjud - bu maska qatlami. Maska qatlami uchun asosiy qatlam ustida yangi bo‘sh qatlam yaratamiz. Shu qatlamni sichqonchaning chap tugmasi bilan bosib Maska - Mask buyrug‘ini tanlaymiz. Natijada, qatlam ko‘k rangga o‘zgaradi va ikkala qatlamlar o‘zgarishlardan himoyalanadi. Maska qatlamdan shu himoyani o‘chirib, boshqaruv kadrda bir nechta to‘rtburchaklar chizamiz. Keyin yana maska qatlamning himoyasini yoqib klaviaturadagi Enter tugmasini bosamiz va natijani ko‘ramiz. Maska qatlamdagi boshqaruv kadrni motion tweening yordamida animatsiyalashtirilsa harakatlanish natijasi yanada chiroyli bo‘ladi. Download 473.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling