1. Flash dasturida taqdimot yaratish. Flash dasturida nazorat testlari yaratish
Simvollar: roliklar, tugmalar, tasvir
Download 473.2 Kb. Pdf ko'rish
|
1.docx
- Bu sahifa navigatsiya:
- Actions palitrasi. Interaktiv effektlar. Action Script
Simvollar: roliklar, tugmalar, tasvir
Simvol – Flash dagi asosiy tushunchalardan biridir. Simvol oddiy figura, bir necha figuralar birlashmasiva hatto animatsiya(movie)ham bo‘lishi mumkin. Masalan, «g‘ildirak», «kuzov», «fara»simvollarini yaratish mumkin, keyin esa buning hammasini («avtomobil» simvoliga) birlashtirish mumkin. So‘ngra bu «avtomobil» ning «yurish» sahnasini ham yaratish mumkin. Siz g‘ildirakni (uning aylanayotganini sezish uchun) animatsiyalangan simvolga aylantirishingiz mumkin. Siz xohlagan vaqtingizda simvol tipini va tarkibini o‘zgartirishingiz mumkin. Boshqacha qilib aytganda, simvol bu ob`ekt. Ob`ekt termini odatiy bo‘lsa ham, lekin Flashda aynan simvol termini ishlatiladi. Simvollarning uch xil ko‘rinishi mavjud: rolik(MovieClip), tugma(Button) va tasvir (Graphic). Tasvir (Graphic) faqatgina bitta kadrdan iborat simvoldir. Uning statik nomi ham shundan kelib chiqqan. Agar simvol haqiqatdan ham statik ob`ekt (animatsiya mavjud bo‘lmasa) bo‘lsa, uni tasvirga (Graphic) aylantirish maqsadga muvofiq. Tugma (Button). Bu simvol Flash da maxsus funktsiyalarni o‘z ichiga olgan simvol hisoblanadi. Unda to‘rtta kadr mavjud: Up, Over, Down, Hit tugmaning quyidagi holatlarini saqlaydi: -Up – tugmaning odatiy holati; - Over – sichqoncha kursori tugma ustida bo‘lgandagi holati; - Down – kursor tugma ustida va sichqoncha tugmasi bosilgan holati; - Hit – sichqoncha ko‘rsatkichidan ta`sirlanadigan sohani aniqlaydi (figurali tugmalar uchun foydalidir); Animatsiya(MovieClip) bu simvolning eng «mukammal» tipi. Bu tipdagi simvol Action Script da (Flash ning o‘rnatilgan tili) Movie tipidagi ob`ekt sifatida qabul qilinadi. Actions palitrasi. Interaktiv effektlar. Action Script– Flash dasturida o‘rnatilgan dasturlash tili bo‘lib, Flash- roliklarida interaktiv effektlarni yaratish uchun mo‘ljallangan. Masalan, biror bir kadr namoyish qilinayotganda qandaydir harakatlar bajarilishi mumkin, klavish bosilganda. Bu til Java Script tili bilan juda o‘xshash. Action Script tilida foydalaniladigan bir necha terminlar quyidagilar: Download 473.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling