1. Flash dasturida taqdimot yaratish. Flash dasturida nazorat testlari yaratish


Vaqt shkalasining asosiy elementlarini sanab o‘tamiz


Download 473.2 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana19.04.2023
Hajmi473.2 Kb.
#1365608
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1.docx

Vaqt shkalasining asosiy elementlarini sanab o‘tamiz: 
Marker – qizil rang bilan ajratilgan to‘g‘ri burchak bo‘lib, ishchi sohada tasvirlangan 
joriy kadrni bildiradi. 


To‘g‘ri burchakli tur yacheykalari (kadrlar shkalasi) – kadrlarni bildiradi. 
Yacheykalarning birortasi bosilsa, marker avtomatik tarzda o‘sha yacheykaga ko‘chadi va 
ishchi sohada o‘sha kadr tasvirlanadi. 
Qatlamlar – kadrlar chizg‘ichidan chapda qatlamlar joylashgan. Ular ostida qatlamni 
qo‘shish yoki olib tashlash imkonini beruvchi tugmalar joylashgan. Har bir qatlamni 
ko‘rinmas qilish yoki tahrirlashni man qilish ham mumkin. 
Kadrlar shkalasi – oddiy va kalit kadrlarni qo‘shish yoki olib tashlash mumkin 
bo‘lgan maydon. Agar siz birorta kadrda sichqonchaning o‘ng tugmasini bossangiz, 
kontekst menyu chiqadi. Unda siz amalga oshirishingiz mumkin bo‘lgan harakatlar 
ro‘yxati chiqadi. Kadrlar shkalasida quyidagi axborotlar tasvirlangan: 
-Kalit kadrlar qora aylanachalar bilan belgilangan; 
-Harakatlar bilan bog‘liq kadrlarda aylanachalar ustida «a» harfi qo‘yilgan; 
-Belgilangan kadrlarda qizil bayroqcha va belgi nomi qo‘yilgan. 
Rang kadr tipi haqida bildiradi. Kalit kadrlarni (KEYFRAME) takrorlovchi kadr kul 
rang rangiga bo‘yalgan. Binafsha rang yoki yashil rangli kadrlar Flashda qayta ishlangan 
kadrlardir. Oq rangli kadrlar bo‘sh kadrlardir. 
Asboblar palitrasi tavsifi. 
Arrow Tool – ko‘rsatkich asbob. Saxna ob`ektlarini tanlash uchun mo‘ljallangan. 
Subseletion Tool – egri chiziqlarni tahrirlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, egri 
chiziqlarga yangi uzellar qo‘shish va mavjud uzellarni tahrirlash imkoniyatini beradi. 
Line Tool – to‘g‘ri chiziqlarni chizish uchun mo‘ljallangan. 
Lasso Tool – murakkab ob`ektlarni belgilash uchun mo‘ljallangan. Ikkita ishlash 
muhitiga ega-sexrli tayokcha (rangi o‘xshash sohalarni belgilash) va poligonal belgilash. 
Bu ishlash muhitlarini asboblar palitrasining option bo‘limidan tanlash mumkin. 
Pen Tool – egri chiziqlarni chizish uchun mo‘ljallangan. 
Text Tool – matn yozuvlarini yaratish uchun mo‘ljallangan. 
Oval Tool – aylana va ellipslarni chizish uchun mo‘ljallangan. 
Rectangle Tool – to‘g‘ri burchaklarni chizish uchun mo‘ljallangan. Asboblar 
palitrasining option bo‘limida to‘g‘ri burchakning burchaklari darajasini tanlash mumkin. 
Pencil Tool – ixtiyoriy turdagi egri chiziqlarni chizish uchun mo‘ljallangan. Asboblar 
palitrasining option bo‘limida egri chiziqlarning silliqlikdarajasini tanlash mumkin. 
Brush Tool – egri chiziqlarni maxsus shaklli mo‘yqalam bilan chizish uchun 
mo‘ljallangan. Asboblar palitrasining option bo‘limida mo‘yqalamning shakli va 
o‘lchamini tanlash mumkin. 
Free Transform Tool – ob`ektlarni transformatsiya qilish uchun mo‘ljallangan. 
(geometrik o‘lchamlarni o‘zgartirish, aylantirish, siljitish) 
Fill Transform Tool – gradientni transformatsiyalash. 
Ink Bottle Tool – ob`ektlar konturi parametlarini o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan. 


Paint Bucket Tool – ob`ektlarni bo‘yash uchun mo‘ljallangan. Ko‘pincha bu asbob 
Color Mixer palitrasi bilan ishlatiladi. 
Eyedropper Tool – pipetka asbobi. Bo‘yash yoki kontur rangidan namuna olib, 
boshqa ob’yektga ishlatish uchun mo‘ljallangan. 
Eraser Tool – ob`ekt qismlarini o‘chirish uchun mo‘ljallangan. 
Hand Tool va Zoom Tool – ishchi sohaning joylashishini va masshtabini o‘zgartirish 
uchun mo‘ljallangan. 

Download 473.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling