1. Flash dasturida taqdimot yaratish. Flash dasturida nazorat testlari yaratish
Rolik yaratish jarayoni quyidagicha
Download 473.2 Kb. Pdf ko'rish
|
1.docx
- Bu sahifa navigatsiya:
- Animatsiyaning asosiy tushunchalari
- Timelines palitrasi
Rolik yaratish jarayoni quyidagicha:
Avval FLA kengaytmali boshlang‘ich yoki mualliflik fayl (tahrirlab bo‘ladigan boshlang‘ich fayl) yaratiladi. Keyin brauzerda kurish mumkin bo‘lgan SWF-faylga o‘zgartiriladi. Bundan tashqari, ishingiz natijalarini keng tarqalgan formatlar fayllari AVI, animatsion GIF, JPEG va boshqalarga eksport qilish mumkin. Animatsiyaning asosiy tushunchalari Animatsiya deganda, ketma-ket almashinib turadigan tasvirlar (kadrlar) asosida hosil bo‘ladigan harakatlarni tasvirlash tushuniladi. Flashda animatsiyaning 2 xil usuli mavjud. Ketma-ket kadrli animatsiya Bu usul oldindan ishlab chiqilgan kadrlarni tez-tez o‘tkazishdan iborat. Mazkur holda harakatning paydo bo‘lishi tasvirlarni o‘tkazish tezligi va qo‘shni kadrlarning o‘xshashlik darajasiga bog‘liq. Ko‘rilayotgan usul animatsion GIF fayllarni yaratish usuli bilan o‘xshash hisoblanadi. Interpolyatsion animatsiya Bu usulda bir necha tayanch (kalit) kadrlar asosida oraliq kadrlarni yaratish ko‘zda tutiladi (tweening animation). Masalan, biror bir figurani ekranning chap qismidan o‘ng qismiga 25 ta kadr orqali o‘tkazish kerak bo‘lsin. Birinchi usulda ushbu animatsiyani yaratmoqchi bo‘lsak, kadrlarda figurani ketma-ket siljitishimizga to‘g‘ri keladi. Agar harakatlanish vaqtida figura yo‘qolib ketishi yoki shaklini o‘zgartirishi zarur bo‘lib qolsa, unda kadrlarni ketma-ket chizish juda ham ko‘pish vaqtini talab qiladi. Aynan ana shu holatlar uchun ham ikkinchi usul juda ham qo‘l keladi. Oddiy hollarda faqat ikkita kalit kadr: boshlang‘ich va tugallovchi kadrlar kerak bo‘ladi. Odatda Flash oraliq kadrlarni chiziqli konun asosida yaratadi, lekinfoydalanuvchi eksponentsial qonunni ham qo‘llashi mumkin. Timelines palitrasi Vaqt shkalasi Flash da animatsiya bilan ishlashning asosiy asbobi hisoblanadi. Unda qatlamlar haqida va qaysi kadr kalit kadr, qaysilari oraliq kadr ekanligi haqidagi axborotlar tasvirlangan. Vaqt shkalasi yordamida qaysi kadrda harakat yoki belgi saqlanishini aniqlash mumkin. U kalit kadrlarni va animatsiyaning alohida qismlarini harakatlantirish imkonini beradi. Bu asbob yaxshi ishlangan va juda qulay, siz unda ishlashni tezda urganib olasiz. Download 473.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling